Oquvchan suyuqlik sotish, aktivlarni pul mablag‘lariga aylantirishning


Bankning likvidli zaxiralarini boshqarish strategiyasi



Download 68,53 Kb.
bet2/9
Sana01.07.2022
Hajmi68,53 Kb.
#722803
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13.4. Bankning likvidli zaxiralarini boshqarish strategiyasi

Likvidlilik bank portfelini, ya’ni aktivlar va passivlarni bosh- qarishga bog‘liq bo‘lib, u banklar faoliyatining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlovchi likvidlilik, foydalilik va to‘lovga layo- qatlilikka erishishni ko‘zda tutadi. Portfelni boshqarish tavvakkal- chilik darajasini hisobga olgan holda doimiy ravishda muvozanat- lash zarurati bilan bog‘liq. Shu ma’noda aktivlarni tavakkalchilik darajasi bo‘yicha tasniflashning ahamiyati katta. O‘zbekistonda tijorat banklarining likvidliligini baholash uchun aktivlar, bank qo‘yilma- lari va ular qiymatining bir qismi yo‘qotilishi tavakkalchiligi darajasiga ko‘ra to‘rtta guruhga bo‘linadi. Yuqorida bayon qilin- ganlardan kelib chiqib va aktiv operatsiyalar tavakkalchiligi omi- lini hisobga olgan holda shuni qayd etish zarurki, I guruh aktivlari birlamchi zaxira bank aktivlariga kiradi. Birlamchi zaxiralarni boshqarish ularni bankning qarz majburiyatlarini o‘z muddatida ijro etish uchun yetarli bo‘lgan miqdorda saqlab turishdan iborat.

Keyingi guruh aktivlarining tavakkalchilik darajasi kichik va kam daromadli, biroq ularning likvidlilik darajasi yetarli darajada yuqori va ozgina kechikish bilan hamda o‘z qiymatini ozgina yo‘qotgan holda pul mablag‘lariga aylantirilishi mumkin. Ushbu guruh aktivlarining vazifasi majburiy zaxiralar darajasi pasayganda birlamchi zaxiralarni to‘ldirish manbayi bo‘lib xizmat qilishidir.

III guruhga yuqori daromadli, shuningdek, tavakkalchiligi katta va kam likvidli aktivlar kiradi. Oxirgi guruh kichik, biroq eng daromadli aktivlardir. Bank bo‘sh binolarni ijaraga berish yoki as- bob-uskunalarni sotishdan daromad olishi mumkin. Likvidlilikni sifatli baholash, bankning moliyaviy ahvolini tahlil va nazorat qilish uchun koeffitsiyentlar uslubidan foydalaniladi. U deyarli barcha davlatlarda qo‘llaniladi, biroq me’yoriy qiymatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi likvidli­likni tahlil qilishning quyidagi tamoyillarini taklif etadi. Ularga muvofiq likvidlilikning oltita koeffitsiyentlari mavjud. Dastlabki ikki koeffitsiyent Markaziy bank talablari bajarilishini nazorat qi­lish uchun, qolgan to‘rttasi likvidlilik bilan bog‘liq ahvolning yo‘nalishlarini tahlil etish uchun hisob-kitob qilinadi.


215



  1. Naqd pul zaxiralariga doir talablarga rioya qilish koeffi­tsiyenti. Bazel bitimi maxrajda likvidlilikning zarur darajasini, suratda esa bankning muayyan sanadagi naqd pul zaxiralarini ko‘rsatishni taklif etadi. Agar ushbu koeffitsiyent qiymati birga teng bo‘lsa, Markaziy bank talablari qat’iy bajarilayotgan bo‘ladi. Agar ko‘rsatkich birdan kam bo‘lsa, bankda likvidlilikning yetish- masligi yoki teskari vaziyat bo‘lishi mumkin.


  2. Likvid aktivlarga doir talablarga rioya qilish koeffitsiyenti.


Uning maxrajida likvidlilikning talab etiladigan darajasini qo‘-

yish, suratda esa likvid aktivlarning muayyan sanadagi amaliy miq­dorini ko‘rsatish zarur. Tushuntirish oldingi koeffitsiyentdagi kabi.

  1. Kreditlar-depozitlar. Mazkur koeffitsiyent likvidlilik bilan bog‘liq ishlarning ahvolini ko‘rsatadi va uning kichik qiymati lik- vidlilik yetarli darajada ekanligidan dalolat beradi.


  2. Aylanma mablag‘lar/aktivlar.


  3. Aylanma mablag‘lar/depozitlar.


  4. Aylanma mablag‘lar/depozitlar+qarz mablag‘lari.


4-koeffitsiyent bankning barcha aktivlaridagi likvid aktivlar

ulushini ko‘rsatadi. Keyingi koeffitsiyent likvid aktivlari bilan qop- langan depozitlar ulushini aniqlaydi. 6-koeffitsiyent aylanma mab- lag‘larning depozitlar va qarz mablag‘lariga nisbatini ko‘rsatadi. Mazkur uch koeffitsiyent muayyan sanadagi likvidlilikni aniq­laydi. Ularning qiymati qancha katta bo‘lsa, banklardagi likvidlilik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Likvidlilik koeffitsiyentlari tahlil maqsadiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda lik­vidlilikning quyidagi umumiy formulasi beriladi:


Download 68,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish