T/r
|
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Muddati
|
Moliyalash-tirish manbasi
|
Mas’ullar
|
1
|
Maktab bo’yicha o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashish tizimini yo’lga qo’yish, dars berish sifatini oshirish.
|
Maktab bo’yicha o’qituvchilarni o’zaro tajriba almashish tizimi yo’lga qo’yiladi, doimiy ochiq darslar tashkil etiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
105-maktab pedagog xodimlari
|
2
|
Oliy va 1-toifali o’qituvchilar salmog’ini oshirish
|
1.O’qituvchilarning o’z ustlarida ishlashlari uchun sharoit yaratiladi.
2.O’z yo’nalishidagi tajribali o’qituvchilar bilan “Ustoz-shogird” tizimi yo’lga qo’yiladi.
|
2021 yil oktyabr oyidan boshlab
|
|
Maktab ma’muriyati
|
3
|
Tajribali o’qituvchilar hamkorligida fanlar kesimida metodik tavsiyalar ishlab chiqish, uni ijrosini ta’minlash.
|
1.Maktab bo’yicha barcha fanlardan tajribali o’qituvchilar kengashi tashkil etiladi.
2.Darslikdagi o’zlashtirishi qiyin bo’lgan mavzular ustidan metodik tavsiyalar tayyorlanadi, ilg’or o’qituvchilar ishlari tuman, viloyat va respublika bo’yicha ommalashtiriladi.
|
2021 yil oktyabr oyidan boshlab
|
|
Maktab ma’muriyati
|
4
|
Ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini inobatga olib Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 15 iyundagi 144-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida tajriba-sinov tariqasida 7-sinfdan boshlab 12 ta yo’nalishda variativ (o’zgaruvchan) sinflarni tashkil etish.
|
1. Maktablarda iqtidorli o’quvchilar sinflari tashkil etiladi.
2.Malakali o’qituvchilar salmog’i ortadi. O’qituvchilarni o’zaro tajriba almashish tizimi yo’lga qo’yiladi.
3. O’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash tizimi yo’lga qo’yiladi.
|
2021 yil
15 oktyabrgacha
|
|
Maktab ma’muriyati
|
5
|
Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini har chorakda belgilab beruvchi reyting tizimini ishlab chiqish.
|
Yuqori reytingga erishgan maktab xodimlarini rag’batlantirish, reyting parametrlari bo’yicha past natijaga erishgan rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash
|
2021-2022 o’quv yili
|
|
Maktab O’TIBDO’ (A.BURHONOV)
|
6
|
Maktabda ilg’or ish tajribalar bilan ishlayotgan o’qituvchilar tomonidan “Onlayn” videoroliklar yaratishni davom ettirish.
|
1.Tajribali va malakali fan o’qituvchilari tanlanadi. Ular yordamida fanlar kesimida “Onlayn” videoroliklar yaratiladi.
2.Eng yaxshi videoroliklar tanlovi tashkil etiladi.
3.Ijodkor va izlanuvchan o’qituvchilarning ishlari tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab ma’muriyati
|
7
|
O’qituvchilarning AKT savodxonligini oshirish maqsadida umumta’lim maktab o’qituvchilari o’rtasida “Eng yaxshi videodars”, “Eng yaxshi dars ishlanma” ko’rik- tanlovlarini tashkil etish.
|
Eng yaxshi deb topilgan video dars va dars ishlanmalarni ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda ushbu o’qituvchilarning ishlarini ommalashtirib va rahbatlantirish.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
Homiylar hisobidan
|
O’qituvchilar
|
8
|
2022 yil PIZA halqaro tanloviga tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish maqsadida, tumanda tanlangan 128-maktab “Tayanch maktablari”da ta’lim sifat- samaradorligini oshirish mexanizmini joriy etishni o’rganib kelish.
|
1.”Tayanch maktablar” bazasini mustahkamlashga erishish.
2.Tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish bo’yicha malakali o’qituvchilar bilan ta’minlash.
3. Mahoratli pedagoglar dars o’tishi yo’lga qo’yiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
Homiylar hisobidan
|
Maktab O’TIBDO’ (A.BURHONOV)
|
9
|
Oliy ta’lim muassasalariga bitiruvchilari eng ko’p kirishi uchun mexanizmni yo’lga qo’yish.
|
1.Barcha ta’lim muassasalarida “Abiturient-2021” shtablari tashkil etiladi.
2.Maktabga malakali, oliy toifali o’qituvchilar jalb etiladi.
3. 10-,11-sinf o’quvchilarini OTM ga tayyorlash mexanizmi yo’lga qo’yiladi.
4.”Tayanch maktablar”da haftada bir marta muntazam o’quv-seminarlarida ishtirok etiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab O’TIBDO’ (A.BURHONOV) 10-11 sinf fan o’qituvchilari
|
10
|
O’quv yili davomida 11-sinf bitiruvchilari uchun Davlat test markazi tomonidan tayyorlangan materiallar asosida repititsion testlar tashkil etib borish.
|
1.11-sinf bitiruvchilarida malaka paydo bo’ladi va o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlar ustida ishlash tizimi yo’lga qo’yiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab O’TIBDO’ (A.BURHONOV) 11 sinf fan o’qituvchilari
|
11
|
Davlat test markazi Sirdaryo viloyat bo’limi bilan hamkorlikda "E-sinov" dasturi orqali bitiruvchi sinf o’quvchilarini tanlagan yo’nalishlari bo’yicha OTM ga tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish.
|
1.10-,11-sinf o’quvchilarining kasb tanlashlari uchun “Kasbiy so’rovnomalar” o’tkaziladi va ularning qobiliyatlari aniqlanadi.
2.Tanlagan yo’nalishlariga qarab sinov testlari o’tkazib boriladi.
3.Test natijasiga ko’ra aniqlangan bo’shliqlar ustida ishlash tizimi yo’lga qo’yiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
Homiylar mablag’i hisobidan
|
Maktab Psixologi I.Davronov
|
12
|
Maktabdagi Kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda hududlarda “O’quv markazlari” da 11-sinf bitiruvchilarini qo’shimcha Repititorlarga borishini tashkil etish.
|
1.Repititorlar tomonidan alohida reja asosida 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlanadi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab O’TIBDO’ (A.BURHONOV)
|
13
|
Maktabda oliy o’quv yurtiga kirish istagini bildirgan 11-sinf bitiruvchilari ro’yxatini shakllantirish.
|
Ro’yxat asosida bitiruvchilarning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha fanlar kesimida taqsimlanadi va fanlar bo’yicha bitiruvchilarga qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab ma’muriyati
Fan o’qituvchilari
|
14
|
Maktabda oliy o’quv yurtiga kirish istagini bildirgan 11-sinf bitiruvchilari uchun yo’nalishlar bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar jadvalini ishlab chiqish va uning monitoringini olib borish.
|
11-sinf bitiruvchilari uchun yo’nalishlar bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar jadvali asosida yo’nalishlar bo’yicha darslar tashkil etiladi va sinov testlari asosida bitiruvchilar bilimidagi o’zgarishlar montoringi olib boriladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab ma’muriyati
Maktab ma’muriyati
Fan o’qituvchilari
|
15
|
Fan o’qituvchilari o’rtasida “Ko’rgazmali qurollar” tanlovini tashkil etish.
|
Tanlov asosida fan o’qituvchilari moddiy va ma’naviy rag’batlantiriladi hamda eng namunali ko’rgazmali qurollar tuman, viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
Homiylar mablag’i hisobidan
|
Maktab ma’muriyati
|
16
|
“Ustoz shogirt” bo’yicha fan o’qituvchilariga noan’anaviy dars o’tish metodikasi va o’quvchilar bilan yakka tartibda shug’ullanish bo’yicha metodik yordam ko’rsatish.
|
Fanlar kesimida Ustozlar ishtirokida doimiy ravishda fan o’qituvchilariga metodik yordam ko’rsatiladi
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
|
17
|
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha to’garaklar faoliyatini jonlantirish.
|
Fanlar bo’yicha to’garaklar faoliyatini jonlantirish orqali fanlarni o’zlashtirish samaradorlgini oshirishga erishiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab MMIBDO’ (B.BOTIROV)
|
18
|
8-9-10-sinflar bo’yicha ham maktab kesimida iqtidorli o’quvchilar bankini yaratish va ular bilan alohida ishlash
|
8-9-10-sinflar bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan alohida ishlash orqali o’quvchilarning oliy o’quv yurtiga kirish samaradorligi oshiriladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab ma’muriyati, fan o’qituvchilari
|
19
|
Milliy baholash reytingida o’quvchilar savodxonligi past ko’rsatkichda bo’lganligi sababli barcha umumta’lim maktablarining 7-, 8-, 9-, 10-sinf o’quvchilari uchun har oyda bir marotaba ona tili va adabiyot fanidan diktant va matematika fanidan yozma ish olishni tashkil etish.
|
Ta’lim sifati oshiriladi, ona tili va adabiyot, matematika fanlaridan o’quvchilar savodxonligi oshishiga erishiladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab O’TIBDO’ (A.BURHONOV)
Maktab MMIBDO’ (B.BOTIROV)
|
20
|
Maktabdagi ilg’or o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash va moddiy rag’batlantirish maqsadida “Metodik g’oyalar festivali”ning maktab va tuman bosqichini o’tkazish.
|
Maktablarda iste’dodli o’qituvchilar aniqlanadi, tuman bosqichida tuman miqyosidagi eng ilg’or g’oyali o’qituvchilar aniqlanadi hamda moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Maktab ishchi guruxi
|
21
|
Maktablarda ishlayotgan nomutaxassis psixologlarni qayta tayyorlov kurslariga jalb etish.
|
Psixologlar malaka oshadi va o’quvchilar hamda bitiruvchilar bilan ishlash samaradorligi oshadi.
|
2021-2022 o’quv yili davomida
|
|
Psixolog
|