O‘quv yilida o‘tkazgan pedagogik amaliyot yakuni yuzasidan yozgan hisoboti urganch-2021 Kirish


Sinfdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar



Download 19,27 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi19,27 Kb.
#309882
1   2   3   4
Bog'liq
Hisobot dinara

Sinfdan tashqari va olib borilgan ma’naviy-marifiy ishlar.

Haftaning har juma kunlari tarbiya soatlarini o‘tkazdim. Har bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin alohida shug‘ullandim va har kuni qo‘shimcha topshiriqlar berib nazorat qilib bordim. Tarbiya darslarini o‘tkazishda butun dunyodagi va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan o‘quvchilarni tanishtirib bordim.

Har kungi dars jadvali bo‘yicha 7- “A” sinfiga o‘qituvchilarning darslariga kirdim va har bir dasr jarayonini diqqat bilan kuzatdim. O‘quvchilarni fanga qiziqishlarini oshirish uchun qanday metodlardan foydalanish kerakligini o‘rganib shaxsiy kundaligimga yozib bordim.

Maktabda har oyda o‘tkaziladigan fan oyliklariga bag‘ishlangan tadbirlarni kuzatib bordim. O‘quvchilarning iqtidorlarini bilgan ustozlar har xil qiziqarli va o‘yin kulgugiga boy tadbirlarni uyushtirishdi. Bundan tashqari o‘qituvchilarning har bir sinfda o‘tkazgan ochiq darslariga kirib kuzatdim. Boshqa o‘qituvchilarning o‘zlashtirishi pastroq bo‘lgan o‘quvchilar bilan shug‘ullanadigan qo‘shimcha to‘garaklariga kirdim. Bunday to‘garaklarning o‘quvchilarga bilim olishlari uchun yana bir imkoniyat ekanligi va fanni yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun juda samarali ekanligini bilib oldim.

2021 yil 2-noyabr kuni 7-“A”, 7-“B” va 7-“D” sinflar o‘rtasida “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli bellashuv kechasini uyushtirdim. uchala sinfning ham tayyorgarlik jarayonlarida qatnashib, yordam berdim. Tayyorgarlik jarayonida dars vaqtidagiga qaraganda o‘quvchiar xarakterini o‘rganish osonroq bo‘ldi. Tayyorgarlik jarayoni menga sinf va alohida o‘quvchi uchun yoziladigan tafsifnoma yozishda yordam berdi. O‘quvchilar bilan samimiy va do‘stona munosabat hamma narsadan muhim ekanini tushunib yetdim. Ayniqsa, o‘quvchi qizlar bilan opa-singildek munosabatda bo‘ldik.

Bellashuv 4 shartdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1-shart Tanishtiruv. Bu shartda o‘quvchilar o‘z guruxlariga nom tanlagan holda guruxlarini matematik tarzda tanishtirdilar, matematik she'rlar aytishdi

2-shart Masala yechish. Bu shartda o‘quvchilarga 7- sinfda o‘tilgan mavzularga doir 4 ta misol va masala berildi. Masalalarni yechish uchun 5 daqiqa kifoya qildi.

3-shart Mantiqiy savol-javob sharti bo‘lib, bu shartda o‘quvchilar mantiqiy, qiziqarli, hayotiy savollarga javob topishdi.

4-shart Erkin mavzu sharti bo‘lib, bu sharda o‘quvchilar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lagan sahna ko‘rinishlarini namoish etishdi.

Bellashuvda Ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Qurbonov, matematika o‘qituvchisi R.Ramonova, ona tili va adabiyot o‘qituvchisi U.Abdullayevalar hakamlik qilishdi.

Men pedagogik amaliyot jarayonida shu kungacha universitetda o‘rgangan bilimlarni amaliyotda qanday tadbiq qilish kerakligini, xato va kamchiliklarimni maktabdagi ustozlarning ko‘rsatma va amallariga quloq solib o‘rganib bordim. Sinf rahbarining tarbiya soatlari darslarini qanday o‘tishligini, sinfdagi jurnal va boshqa xujjatlarni qanday yuritish kerakligini va bu xujjatlarning o‘z vaqtida yuritish zarurligini o‘rgandim.

Menga berkitilgan 7-“A” sinfida jami 23 nafar o‘quvchi bor. Sinf faollari har kuni darsdan oldin sinf tozaligiga e’tibor bilan qarab, o‘qituvchi darsga kirishidan oldin hammasi dars mashg‘ulotlariga qatnashar ekan. Bu sinfda 23 nafar o‘quvchi ham dars mashg‘ulotlariga va qo‘shimcha to‘garaklarga o‘z vaqtida qatnashadi. Men bu sinfdagi o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashib turli xil tushunmagan savollariga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berishga harakat qildim.

Har hafta juma kuni universitetga amaliyotdan keyin menga berkitilgan amaliyot rahbari yoniga borib amaliyot bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar olib bordim.

Maktab psixologi bilan har bir o‘quvchining psixologik xarakterlarini o‘rganib oldim. Har chorakda o‘quvchilarning psixologik bilimlarini bilish uchun turli xil testlar olib borildi. Natijalarga ko‘ra fikrlashida va ongida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan sinf rahbari va psixologlar tushuntirishlar va ularning ota onasiga farzandi tarbiyasiga oid tushuntirishlar berib borishdi. Maktabda asosiy narsa o‘quvchilarning psixologiyasini bilish va ularning yot narsalarga aralashib o‘qishlarida uzilish bo‘lmasligi uchun tez-tez o‘quvchilar bilan suhbatlar olib borish zarurligini maktab psixologidan o‘rganib oldim va uning tavsiyalariga quloq soldim.

Sinf rahbari bilan maslahatlashib va maktab ma’muriyatining ruhsati bilan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun "Zakovot" klubini tashkil qildik va haftada bir marta yuqori sinf o‘quvchilarida tuzilga jamoalar bilan "Zakovot" o‘yinlarini o‘tkazdik. Ota-onalar farzandlarining bo‘sh vaqtlarini bilim o‘rganishga sarflayotganini ko‘rib maktab ma’muriyatgiga minnatdorchilik bildirishdi.




Download 19,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish