O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Matematika ta’lim yo‘nalishi 4- bosqich 184-matematika guruhi talabasi Ismoilova Dinaraning
2021 - 2022 o‘quv yilida o‘tkazgan pedagogik amaliyot
yakuni yuzasidan yozgan
HISOBOTI
Urganch-2021
Kirish
Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Biz ham olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo‘llab ko‘rish maqsadida o‘quv rejasiga asosan 2021 yil 6-sentabrdan 2021 yil 6-noyabrgacha pedagogik amaliyotda bo‘ldik.
Pedagogik amaliyotga ketishdan oldin 2021 yil 6-sentabr kuni Fizika-matematika fakultetida 4-kurs talabalarini pedagogik amaliyotga yuborish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada fizika-matematika fakulteti pedagogik amaliyot rahbari G.Komiljanova, “Matematik tahlil” kafedrasi mudiri R.A.Sharipov, “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi mudiri B.Bobojanov, “Fizika” kafedrasi mudiri U.Qutliyev va fakultet professor-o‘qituvchilari qatnashdi. Ular bizga pedagogik amaliyot davrida nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi haqida ma’lumot berdi. So‘zga chiqqan ustozlar bizga o‘qituvchilik murakkab kasb ekanligini va sharafli ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Shundan keyin hamma talabalar berkitilgan metodisti bilan maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarga ketishdi.
Menga “Matematik tahlil” kafedrasi o’qituvchisi G.Komiljanova amaliyot rahbari qilib berkitildi. Shu kuni biz pedagogik amaliyot o‘tash uchun Gurlan tumanidagi 4- son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bordik. U yerda bizni maktab o‘quv tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Saparbayeva kutib oldi va bizni maktab jamoasi bilan tanishtirdi. Maktabdan menga matematika fani o‘qituvchisi Madaminov Temurmalik berkitildi. U meni bir qancha hujjatlar bilan bilan tanishtirdi. Menga maktabning 8-“A” sinfi biriktirildi.
Amaliyotni boshlashdan oldin shaxsiy ish rejamni tuzib oldim. Reja asosida amaliyotning dastlabki haftasi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, kuzatish haftasi bo‘lib bunda faqat darslarga kuzatish uchun kirdim. Keyingi haftadan boshlab dars jadvali asosida menga biriktirilgan sinfga darslarga kirdim. Pedagogik amaliyot davrida har kungi ishlarimni reja asosida olib bordim, qilgan ishlarimni va o‘qituvchilar darslarini qanday metodlarda olib borilganini, darsda qanday ko‘rgazmali qurollardan foydalanilganligini har kuni shaxsiy kundalik daftarga yozib bordim.
Do'stlaringiz bilan baham: |