O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020


-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot



Download 3,35 Mb.
bet32/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot.

Reja:


  1. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e'tibor.

  2. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarninig qayta tiklanishi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati

  4. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi.

  5. Beshta tashabbus va uning yuksak ma'naviy madaniyatni ta'minlashdagi o‘rni.

  6. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta'minlash borasidagi davlat siyosati.

Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e`zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma`naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta`bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bunday keng ma`noli tuigunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qiladi deyish mumkin.

Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, milliy g’oyaning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqishga harakat qilindi. Shu maqsada ijtimoiy fanlar sohasidagi yetakchi olimlar siyosatshunos va iqtisodchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik e`tiborini ana shu muhim masalaga qaratildi. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yetishning asosiy omili — avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash bilan bog’liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g’oyaning ma`no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘yildi va bu borada bir qancha e`tiborga loyiq ishlarni amalga oshirildi.

Ayni paytda hozirgi murakkab va taxlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bilan bog’liq maqsadlarga uyg’un va hamohang ravishda hayotning o‘zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Tabiiyki, milliy g’oya shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

Butun insoniyat tarixi, xalqimizning necha ming yillik o‘tmishi achchiq saboq va xulosalar asosida bir haqiqatni isbotlab bermoqda. Ya`ni, biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo‘lida o‘z oddimizga qanday reja va dasturlarni qo‘ymaylik, barcha olijanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi — bu tinchlik va osoyishtalik-bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xonadonga kirmang, qanday yig’in yoki ma`raka bo‘lmasin, fotihaga qo‘l ochilganda, yoshu -qari, erkagu ayol-barchamiz yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so‘rab duo qilamiz.

Ma`lumki, insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri — bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat. Bu huquqni amalga oshirish-davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. Demokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda ana shu mezon bilan o‘lchanadi.Prezidentimiz respublika rahbarligiga tayinlangan dastlabki kunlardanoq yurtimizning madaniy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish vazifasini o‘z oldiga buyuk maqad qilib qo‘yadi.

Islom Karimov o‘z asarida mamlakatimizda milliy ma'naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustivor vazifa ekanligiga e'tiborni qaratib quyidagi kontseptual g’oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‘ngra ma'naviyat tto‘g’risida o‘ylash kerak deydiganlar haq bo‘lmasa kerak. Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi...»

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu kontseptual g’oyaning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki: birinchidan, bu bilan muallif sobiq sho‘rolar davrida ma'naviyatni rivojlantirishga uchinchi darajali omil sifatida qaralishining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy inqirozining sabablarini ham ko‘rsatib beradi. Ikkinchidan, ma'naviyatni rivojlantirmasdan, shaxsning ma'naviy-ruhiyatini o‘zgartirmasdan turib jamiyatda ko‘zlangan maqadni amalga oshirish mumkin emasligiga asosiy qaratgan.

Islom Karimovning milliy-ma'naviy tiklanishga bag’ishlangan kontseptsiyasida vatanparvarlikning shaxs ma'naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berish alohida o‘rinni egallaydi. haqiqatan ham o‘z Vatanini sevmagan, uning har qarich yeri uchun mas'ulligini his etmagan har bir inson ma'naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi. Muallim talabalar diqqatini xuddi mana shu g’oyaning mohiyatini tushunib yetishga qaratishi lozim.

Prezidentimiz mazkur asardagi milliy-ma'naviy tiklanish vazifasini amalga oshirishga bag’ishlangan kontseptsiyalarini o‘zining boshqa asarlarida ijodiy rivojlantirgan, yangi mazmun bilan boyitgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish ehtiyojlariga mos ravishda uning yangi yo‘nalishlarini belgilab bergan.

Xususan, ular «O‘zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «O‘zbekistonnning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin», «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz («Turkiston» gazetasining muxbiri savollariga javoblar)», «Olloh halbimizda, yuragimizda («Turkiston press» axborot agentligi muxbirining savollariga javoblar)», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqadimiz», «Milliy mafkura-kelajak poydevori», «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman («Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar)» kabi asarlari, nutqlari va muxbirlar savollarida o‘z ifodasini topgan.

I.Karimovning yuqoridagi asarlarida ilgari surilgan kontseptual g’oyalarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ular quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

· ma'naviy meros va diniy qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirish, millatimizning o‘z-o‘zini anglashiga erishish, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini izchillik bilan mustahkamlash;

· mustaqillik sharoitida milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish;

· ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish asosida barkamol avlodni shakllantirish, sog’lom avlod dasturini amalga oshirish asosida jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar avlodimizni shakllantirish;

· milliy-ma'naviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini tiklash va bugungi kunda ma'naviyat, ma'rifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini chuqur o‘zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon ma'naviyati tizimi rivojiga hissa qo‘shish;

· yoshlar ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyalari bilan boyitib borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

· insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarini milliy-ma'naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantirish kabilardir. Ma'ruzachi I.Karimov asarlarida ilgari surilgan ana shu kontseptual g’oyalarni asarlar bo‘yicha mukammal bayon qilib berishi zarur bo‘ladi.

Islom Karimov milliy mafkuraning milliy ma'naviy tiklanish va mamlakatimizda demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati va rolini ilmiy asoslashga katta e'tibor qaratadi. Milliy mafkura-millatni birlashtiradi, mafkurasiz odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘llini yo‘qotadi.

I.Karimovning milliy-ma'naviy tiklanishni amalga oshirishga xizmat qiluvchi yana bir kontseptual g’oyasi sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish zaruriyatini ilmiy asoslanganligidir. Uning sog’lom avlod kontseptsiyasida shaxsning jismonan, ruhan baquvvat bo‘lishi, yuksak bilim, ma'naviyat, tafakkur va fidoyi vatanparvar bo‘lishi kabi talablarga javob beradigan avlodni nazarda tutiladi. Shuning uchun ham u «...farzandlari sog’lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog’lom bo‘ladi»[11] - degan g’oyani ilgari suradi.

Milliy-ma'naviy tiklanishimizda yoshlarimiz ma'naviyatini yuksak darajaga ko‘tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur o‘zlashtirishlari katta omil ekanligi I.Karimov tomonidan ilmiy asoslangan.

Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko‘rsatib turibdiki, qaysi mamlakat yoshlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissalari shunchalik samarali bo‘ladi, ma'naviyat yuksaladi va mamlakatning hozirgi zamon jahon sivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi.

I.Karimov ishlab chiqqan milliy-ma'naviy tiklanish kontseptsiyasida insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarini milliy ma'naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirish ham asosiy o‘rinni egallaydi. Jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri bergan savollariga bergan javoblarida dunyo xalqlari ma'naviy mulkiga aylangan faylasuflarning asarlari haligacha o‘zbek tilida yoshlarimizga yetib bormaganligini qattiq tanqid qilib shunday ta'kidlaydi: «Dunyo tan olgan qattiq ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o‘zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar, xususan, yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas Sokrat va Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning hozirgi zamon chet el faylasuflarining kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o‘zbek tilida chop etish nahotki mumkin bo‘lmasa?»[12].

Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki Prezidentimiz milliy-ma'naviy rivojlanishimizni jahon xalqlarining ilg’or ma'naviyat tafakkuri taraqqiyoti bilan uy?un ravishda rivojlantirish vazifasini kun tartibiga qo‘ymoqda.

I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma'naviy tiklanishning ilmiy-nazariy kontseptsiyasi juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Bu mustaqillik yillarida ma'naviy taraqqiyotimizda qo‘lga kiritilgan yutuqlar misolida o‘z tasdig’ini topdi.

Mustaqillikka erishishimizdan avval: kim Imom al-Buxoriy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Imom at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Marg’inoniy, Fazzoliy, Naqshband kabi allomalarimizning nomini tilga olar, ular joldirgan boy ma'naviy merosni o‘rganish imkoniyatiga ega edi?;

Kim Qur'oni Karimni, hadislarni, dinu-islomni erkin o‘qiy va o‘rgana olardi?;

Kim Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo singari ma'naviy madaniyatimizning yulduzlari bo‘lgan buyuk zotlar nomini erkin-emin tilga olar edi?;

Kim Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Fitrat, Behbudiy kabi ma'rifatparvar, millatparvar bo‘lgan ulug’ zotlarni eslay olardi?;

Bu kabi savollarning son-sanog’i yo‘q. Mana shularning o‘zi ham milliy ma'naviyatimizning naqadar toptalganligini ta'kidlovchi misollardir.

Faqat mustaqillikni qo‘lga olishimiz sharofati tufayligina ma'naviy merosimizni, ko‘hna va navqiron tariximizni o‘rganish, jahon sivilizatsiyasidagi munosib o‘rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo‘ldik.

Bunday imkoniyatlarni qo‘lga kiritishimizda xalqimizning sevimli farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar inson Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o‘ynadi.

Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o‘tib bormoqdamiz, milliy ma'naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.

Prezidentimizning milliy ma'naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritganda, ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta'kidlash lozim bo‘ladi. Jumladan, 1994 yildayos respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tuzish tto‘g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida hamxo‘rlik ko‘rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma'naviy merosimiz rahnamolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi va etilmoqda. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi; Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda Imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilliklari, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi, A.Qahhorning 100 yilligi nishonlanishida bosh-qosh bo‘lganliklarini ta'kidlash lozim.

Mustaqillik yillari Qur'oni Karim o‘zbek tiliga tarjima qilinib ko‘p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‘rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‘plami chop etildi. Ko‘plab Qur'oni Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bo‘layotganligining guvohi bo‘lib turibmiz.

Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‘z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‘plab masjid va madrasalar ta'mirlandi.

Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi.

Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqa larning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta'minlash yo‘llida qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar hiyoboni barpo etildi.

Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma'naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‘ylari 1997 yilda katta tantanalar bilan nishonlandi. Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan xalqimizning milliy qahramoni buyuk vatanparvar Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalqimizning buyuk merosi hisoblangan «Alpomish» dostonining 1000 yilligi, milliy-ma'naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi, fan homiysi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘qli Ogahiyning 190 yilliklari 1999 yilda keng nishonlandi.

O‘zbek tilining davlat tili darajasiga aylanishi borasida bir qator ijodiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlat idoralarida ish yuritish, shaharlarda ko‘chalar va joylarni nomlashda tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma'naviy merosimiz sanalgan ko‘plab asarlar o‘zbek tiliga tarjima etilmoqda. Xullas, mustaqillik yillari biz uchun o‘zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o‘rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi, maktablar va oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilini rusiyzabon yoshlarning o‘rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Mustaqillik yillari ma'naviyatimizning muhim elementi hisoblangan ta'lim va tarbiya tizimiga milliy bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida «Ta'lim to‘g’risida qonun», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Sog’lom avlod dastur»ining qabul qilinishi milliy ma'naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, millatimizning obro‘-e'tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezident Sh.Mirziyoev taklif etgan tashabbusda yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg’u berildi.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

Prezidentning muntazam ravishda barcha viloyatlarga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma'rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi.

Taniqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Musiqa va san'at sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e'tibor qaratildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta'lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qorahalpog’istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Yiq’ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag’lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.

Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruktsiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun'iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta'kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobahalarda holib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qyidagilardan iborat:

chet mamlakatlar bilan do‘stona alohalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuharolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan do‘stona alohalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg’usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga mu?abbat va sado?at ruhida tarbiyalash, fuharolarning teng huquqliligini ta'minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘ll qo‘ymaslik;

millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashharida fuharolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona alohalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori va imijini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqadlarini, ilg’or xorijiy tajribani e'tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish tahlil, rejalashtirish, prognozlashtirish printsiplari asosida amalga oshiriladi va ularda ?uyidagilar nazarda tutiladi:

a) chet mamlakatlar bilan do‘stona alohalarni yanada rivojlantirish va millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuharolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:

millatlararo munosabatlar sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar masalalari bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va fuharolik jamiyatining institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash;

fuharolarning etnomadaniy talablarini o‘rganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga ko‘ra ehtimol tutilgan mojarolarning oldini olishga ko‘maklashuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik alohalari qo‘mitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi rolini kuchaytirish;

millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yorituvchi ommaviy axborot vositalarini rag’batlantirish;

turli millatlar va elatlarning tillarida nashr etiladigan ommaviy axborot vositalari rivojini qo‘llab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo bag’rikenglik mavzularidagi, oilaviy qadriyatlarni, millat va elatlarning O‘zbekistonda yashab o‘tgan va istiqomat qilayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qo‘shgan atoqli namoyandalari ma'naviy-madaniy va ilmiy merosini targ’ib qiluvchi materiallarni yoritish amaliyotini kengaytirish;

millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg’unlashtirishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ushbu sohadagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishni tashkillashtirish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, fuharolik jamiyati institutlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

b) millatlararo munosabatlar va chet mamlakatlar bilan do‘stona alohalarni yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish sohasida:

fuharolarning milliy mansubligi va ona tilidan qat'i nazar ularning barchasi uchun mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida teng huquqli ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta'minlash printsipini amalga oshirishga ko‘maklashish;

fuharolarning milliy mansubligidan qat'i nazar ularning barchasi uchun mehnat qilish, kasbni va ish joyini erkin tanlashda teng huquqlarni ta'minlash choralarini amalga oshirish;

viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, ijtimoiy adolat va fuharolarning teng huquqliligi printsiplarini amalga oshirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni ta'minlash uchun ularning salohiyatidan oqilona va samarali foydalanish;

joylarda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish, ayniqsa, qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda, turli millat va elat vakillari zich yashaydigan joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik rivojini qo‘llab-quvvatlash;

O‘zbekistonning yagona iqtisodiy, axborot va madaniy-ta'lim makonini rivojlantirish maqsadida davlat kommunikatsiya va axborot tizimlarini yanada takomillashtirish;

fuharolar uchun ona tilida ta'lim olish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlash;

v) jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg’usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuharolarning teng huquqliligini ta'minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘ll qo‘ymaslik sohasida:

respublikamizda yashovchi millat va elatlarning tarixiy merosini, milliy madaniy qadriyatlariga izzat-hurmat muhitini saqlash, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash;

ishga qabul qilishda, kadrlar zaxirasini shakllantirishda fuharolarning teng huquqliligi printsipi amalga oshirilishini ta'minlash;

jamiyatda millatlararo muomala madaniyatini, bag’rikenglikni, fuharolarning sha'ni va milliy qadr-qimmatini hurmat qilishni shakllantirish maqadida pedagog kadrlar ta'limi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, o‘quv adabiyotlari va ta'lim dasturlarini takomillashtirish;

aholi, ayniqsa yoshlarni fuharolik mas'uliyatini his etish, vatanparvarlik va ona-Vatanga mehr-muhabbat, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining tarixiy o‘tmishi va an'analariga hurmat ruhida tarbiyalash;

O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi salbiy tendentsiyalar, tahdidlar, ziddiyatlar va mojarolarning barvaqt oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish, ularning siyosiy tus olishiga yo‘ll qo‘ymaslik yuzasidan davlat darajasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;

millatlararo munosabatlar madaniyatini oshirish, jamiyatda ekstremizm va turmushdagi millatchilikning har qanday shakl va ko‘rinishiga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, boshqa etnik guruhlarning milliy qadriyatlariga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish holatlariga barham berish;

mamlakatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni buzishga va millatlararo adovatni avj oldirishga qaratilgan tashqi buzg’unchi axborot-mafkuraviy ta'sirga samarali harshi kurashish sohasida davlat organlari va fuharolik jamiyati institutlari bilan doimiy asosda o‘zaro hamkorlik qilish;

millatlararo toqatsizlik yoki bolalar va yoshlar orasida dushmanlik ko‘rinishlari profilaktikasi bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishga fuharolik jamiyati institutlarini, shu jumladan bolalar va yoshlar jamoat tashkilotlarini jalb etish;

O‘zbekistonda yashovchi millat va elatlarning tili, madaniyati va an'analarini saqlab holish hamda rivojlantirish bo‘yicha faoliyat jarayonlariga yosh avlod vakillarining jalb etilishini kengaytirish choralarini ko‘rish;

ommaviy axborot vositalarida millatlararo nafrat yoki dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan materiallar yoritilishiga yo‘ll qo‘ymaslik, shuningdek, millatlararo munosabatlarni yoritish masalalarida umuminsoniy va professional etika normalariga rioya etish maqadida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

g) millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashharida fuharolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do‘stona alohalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi o‘zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O‘zbekistonning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori va imijini oshirish sohasida:

«xalq diplomatiyasi» mexanizmlaridan foydalanish orhali xorijiy mamlakatlarning fuharolik jamiyatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlash;

Buzg’unchi millatchilikdan kelib chiqayotgan tahdid va xavf-xatarlarni borasida umumiy tushunchalarni ishlab chiqish, uning ko‘rinishlariga harshi kurashish yo‘lllarini izlash va birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, millat va elatlarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, millatlararo totuvlik va millatlararo bag’rikenglikni mustahkamlash maqadida xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yo‘llga qo‘yish va mustahkamlash;

xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalari bilan «xalq diplomatiyasi» asosida aloqa o‘rnatish va uni izchil rivojlantirish;

fuharolarning maqbul etnomadaniy talab-ehtiyojlari qondirilishini kafolatlaydigan demokratik davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi obro‘-e'tibori va imijini oshirish hamda mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ko‘rish;

chet ellarda o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishga ko‘maklashish;

O‘zbekistondagi millat va elatlarning madaniy va tarixiy merosi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi uchun uning roli va ahamiyati ommalashtirilishini ta'minlash;

monitoring, tahlil va prognozlashtirish vositasida O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlar holatiga ta'sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan xalqaro munosabatlardagi salbiy tendentsiyalarni aniqlash;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida O‘zbekiston fuharolari va xorijda yashovchi vatandoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash;

chet ellardagi o‘zbek diasporasi bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish;

mintahalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, etnomadaniy alohalarni yo‘llga qo‘yish va qo‘shni mamlakatlarda istiqomat qiluvchi oilalar va harindoshlarning erkin bordi-keldisi uchun shart-sharoit yaratish maqadida chegaraoldi hamkorligi mexanizmlarini qo‘llash;

d) O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilg’or xorijiy tajribani e'tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida:

mamlakat fuharolarining irqiy, milliy va diniy mansubligidan qat'iy nazar ularning teng huquqliligini ta'minlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, millatlararo munosabatlarda toqatsizlikning har qanday shakl va ko‘rinishlarining oldini olish va ularga chek qo‘yish maqadida millatlararo munosabatlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

davlat boshqa quvi tizimida, davlat ahamiyatiga moyil normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda O‘zbekistondagi millat va elatlarning manfaatlari va milliy-madaniy talab-ehtiyojlari hisobga olinishiga ko‘maklashuvchi huquqiy shartlarni ta'minlash;

davlat va jamiyatning yaxlitligi va birligini mustahkamlash, fuharolarning o‘zligini anglashi, O‘zbekistondagi millat va elatlarni etnik-madaniy rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirish, millatlararo muloqotni yaxshilash va mojarolarning oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog’liq qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish, ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish, xalqaro shartnomalarni tuzish;

millatlararo ziddiyat va mojarolarning oldini olish va ularga barham berish sohasida turli darajalardagi davlat organlari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari va javobgarligini aniq belgilash va chegaralash;

millatlararo adovat, nafrat yoki dushmanlikni avj oldirish yo‘lli bilan davlat xavfsizligini izdan chiqarishni maqad qilib olgan buz?unchilik faoliyati profilaktikasi va uning oldini olish bo‘yicha huquqiy va axborot tusidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari

O‘zbekistonni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga, uning madaniy, ilmiy, ma'naviy merosi va zamonaviy yutuqlarini saqlash va ommalashtirishga ko‘maklashishga intilayotgan milliy madaniy markazlar o‘z faoliyatini amalga oshirishida O‘zbekiston har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Millatlararo munosabatlarni yanada uyg’unlashtirishni ta'minlash, mamlakatda millatlararo tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning madaniyati, tili va an'analarini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, hamkorlik ko‘lamlari va shakllariga harab milliy madaniy markazlarga davlat tomonidan quyidagi qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirish choralari ko‘rsatilishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odatlari va an'analarini o‘rganish, shu jumladan badiiy, teatr jamoalari va klublari uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuharolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag’lari hisobidan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar taqdim etish;

milliy madaniy markazlar negizida yoshlar bo‘linmalarini tashkil etishga ko‘maklashish;

O‘zbekistonning rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan milliy madaniy markazlar faollarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish;

davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirishning boshqa choralari ko‘rilmoqda.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish