VMQ 911-sonli. ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya to‘liq taqdim etilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi; Mana qoida buzilish holati.
7-Kazus:
7-Kazus
Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 72-uyda yashovchi fuqarolarning ayrimlari “dom” oldidagi maydonda yangi ko‘p qavatli uy qurilayotganidan noroziligini bildirishdi. Mazkur norozilik 5 yildan buyon davom etayotgani, quruvchilar tomonidan qurilish ishlari noqonuniy amalga oshirilayotgani, bolalar maydonchasi o‘rnidan uy qurish mumkin emasligi, bu mikrorayon o‘z vaqtida barcha narsa hisobga olinib barpo etilganini aytishdi. Qurilish ishlarini olib borayotgan “Nurli kelajak ishonch servis” MCHJ vakili B. A. va ish boshqaruvchisi Shavkat Aslamovlarning ma’lum qilishicha, mazkur 10 sotixcha er qurilish ishlarini olib borayotgan shaxslarga bir paytlar 110 kvadrat metr maydonga ega do‘konlari buzilgani evaziga tovon tariqasida berilgan. Bu shahar hokimi qarorida ham o‘z aksini topgan. Qo‘shni “dom”lardagi aholining aksariyati qurilishdan roziligi, MCHJ tomonidan mahalla hududi asfaltlanib, obodonlashtirib berilishini ta’kidlab o‘tishdi. Aholi vakillari qurilish ishlari sobiq shahar hokimi F. R. tomonidan ikki bor to‘xtatilgani, avvalgi hokimning er ajratish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinganini ham aytib berishdi. Biroq, qurilish ishlarini olib borayotgan “Nurli kelajak ishonch servis” korxonasi mas'uli B. A. sud orqali 2015-yilda qurilish boshlashga ruxsat berilgan shaharning avvalgi hokimi Akbar Shukurov tomonidan imzolangan qaror tiklanganini aytib o‘tdi. O‘sha qaror bo‘yicha dastlabki loyiha-qurilish hujjatlari bajarilgan. Loyihaga ko‘ra 62-, 64-, 66- va 68-domlarga yana bittadan pod'ezd qurishga ruxsat berilgan.
Barcha hisob-kitoblar va chizmalar shu loyiha bo‘yicha qilingan. Biroq bugunga kelib, aholi noroziliklaridan so‘ng loyiha o‘zgartirilgan. Endi avvaldan mavjud “dom”larga taqab emas, 3 podezli ikkita dom alohida quriladi va ulardan biri hozirgi bolalar maydonchasi o‘rnida qad rostlaydi. Bu quruvchilarning qo‘lidagi bosh reja bo‘yicha va qazilayotgan kotlovan ana shu yangi quriladigan domlarning birinchisiniki. Eski loyiha bo‘yicha barcha hujjatlar qilingan. Biroq quruvchilar aholi noroziligidan so‘ng yangi reja bo‘yicha qilingan loyihani ko‘rsata olishmadi. Ya'ni, qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Nurobod tuman ma’muriy sudi tomonidan qayta tiklangan qaror bor, lekin loyiha-qurilish hujjatlari va tegishli organlardan ruxsat yo‘q.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |