Javob...
Yer Kodeksi. 37-modda.
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yishga yer uchastkasi egasining roziligi yoki yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi bilan kelishuv bo’lgan taqdirda viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlarining yoki Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yo’l qo’yiladi. Bizga taqdim etilgan masaladagi yer uchastkasi metropoliten qurilishi maqsadida olib qo’yilgan va allaqachon buzib tashlangan.
Ushbu modda qoidalariga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishga faqat olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk mulkdorlari bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, foyda va xarajatlar baholanganidan, shuningdek tegishincha Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma bilan majburiy ravishda kelishilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Norma talablaridan kelib chiqadigan bo’lsak, hokimiyat buzish jarayonlari boshlanmasidan oldin, tadbirkorlik subyekti bilan barcha masalalarni aniq kelishib olgan bo’lishi zarur va shart. Lekin kazusda bizga oshxona allaqachon buzilgan lekin qayerdan yer berish, qachon berilishi va boshqa masalalar hamon muammoligicha qolgan edi. Bu protssesning dastlabki bosqichidan yo’l qo’yilgan xatolar.
Xo’sh avvalboshda hokimlik tomonidan ajratilgan yer uchastkasidan norozi bo’lib murojaat qilgan tadbirkorning arzni qanoatlantirilgani va unga ma’qul yer berilgani ijobiy holat. Lekin avvalgi yerni olib qo’yish maqsadida tadbirkorning imorati buzilishi natijasida yetkazilgan zararning qoplanish masalasi hali hamon ochiq qolmoqda. Bu esa qonun hujjatlariga zid. Chunki Yer Kodeksi 37-moddasi 4-qismi talablariga ko’ra “Yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining buzilishiga turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar, ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa bino va inshootlar amalda to‘liq bo‘shatib qo‘yilganidan, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati, ko‘chirish, yuridik, jismoniy shaxslarni yangi joylashgan yeri yoki yashash joyiga, shu jumladan vaqtinchalik olingan ko‘chmas mulk obyektiga ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foyda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘ng ruxsat beriladi.” Demak aslida avval kompensatsiya to’lanib keyin imorat buzilib, yer olib qo’yilishi mumkin edi. Ushbu talab talab tegishli organ tomonidan buzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |