O‘quv yili kuzgi semestr uchun “Ma’muriy huquq” fani bo‘yicha yakuniy nazorat kazuslar


-modda. Ma’muriy shikoyatni berish muddati



Download 78,91 Kb.
bet21/48
Sana14.01.2022
Hajmi78,91 Kb.
#361024
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Bog'liq
Ma'muriy Yakuniy Kazus javoblaru barchasi

64-modda. Ma’muriy shikoyatni berish muddati

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy shikoyat ma’muriy hujjat, protsessual hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga ma’muriy harakat haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.

Ma’muriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib chiquvchi ma’muriy organ tomonidan tiklanishi mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun:

22-modda. Murojaatlarni berish muddatlari

Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxslarining murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.



(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tiklanadi.
14-Kazus

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi “Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini borishi to‘g‘risida”gi 01-06/124-7-sonli sayyor yig‘ilish bayonnomasiga asosan “Ochiq osmon” MChJga Toshkent shahar Yunusobod tumani, 31-mavze, 45-uy oldida joylashgan temir garajlarni buzish va yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash sharti bilan, tarkibida yordamchi bino va savdo majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun maydoni 0,15 gektarli yer doimiy foydalanish uchun ajratilishi belgilandi.

Shunga ko‘ra, mazkur bayonnomaning ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tuman hokimining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qarori bilan “Ochiq osmon” MChJga Toshkent shahar Yunusobod tumani, 31-mavze, 45-uy oldida joylashgan temir garajlarni buzish va yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash sharti bilan tarkibida yordamchi bino va savdo majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun maydoni 0,15 gektarli yer (chegara rejasiga muvofiq) doimiy foydalanishga ajratib berildi.

Toshkent shahar prokurori tomonidan 2019-yil 16-yanvarda mazkur qaror noqonuniy qabul qilingani bois, uni bekor qilish haqida protest kiritildi.

Protestda, Yunusobod tuman hokimining 14.03.2018 yildagi 200-sonli qarori bilan “Ochiq osmon” MChJga Toshkent shahar Yunusobod tumani, 31-mavze, 45-uy oldida joylashgan 0,15 gektarli yer maydonini doimiy foydalanishga ajratib berishda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi sayyor yig‘ilish bayonining 2-ilovasida Yunusobod tumani 31-mavze, 45-uy oldida 0,05 gektarli yer maydoni ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lsada, shaharsozlik normalari va qoidalarining 2.07.01-03 qismi 21.1 bandiga zid ravishda boshqa yer maydoni ajratilgani, “Iskovot” mahallasida yashovchi aholi bilan ushbu hududda yordamchi bino va savdo majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish rejasi keng muhokama qilinmagani, ushbu obyektni haqiqatdan ham zarurligi haqida fuqarolar fikri olinmagani, qurilish loyihasi va investor haqida tegishli ma’lumotlar to‘planib, keng aholi e’tiboriga yetkazilmagani vaj qilib keltirildi.

Yunusobod tuman hokimiyati tomonidan Toshkent shahar prokurorining tuman hokimining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qarorini bekor qilish haqidagi protesti mazkur qaror bilan yerdan foydalanish huquqi belgilangan manfaatdor “Ochiq osmon” MChJning ishtirokisiz, Toshkent shahar prokurorining protesti nusxasi manfaatdor shaxsga taqdim etilmagan holda, bir taraflama va tegishli tartibda bayonnoma yuritilmagan ko‘rib chiqilib tuman hokimining 2019-yil


25-yanvardagi qarori bilan tuman hokimining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qarori bekor qilinadi.


Download 78,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish