127-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur norma ma’nosidan shuni anglash mumkinki ko’p qavatli turar joyda yashovchi aholi uy-joyga tutash hududlardan o’zaro kelishuvga ko’ra foydalanadi.
Tuman hokimining yer berish to’g’risidagi qarori ma’muriy hujjat hisoblanadi, va uni o’zgaritirish tartibi “Ma’muriy tartib taomillar to’g’risida”gi qonunning 59-moddasida keltirilgan. Unga ko’ra:
Ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish zaruriyati qonunchilikdagi o‘zgartishlar,
jamoat manfaatlariga bo‘lgan tahdidning oldini olish,
ma’muriy hujjatning qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda
va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy hujjatni o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.
Tuman hokimining o’z qarorini o’zgartirishga vakolati bor ammo bunga asoslar qonunda belgilab qo’yilgan.
Yuqorida mavjud asoslardan kelib chiqib Tuman hokimining chiqargan qarori “Ma’muriy tartib taomillar to’g’risida”gi qonunnning “qonuniylik”, “Mutanosiblik” , “Manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi” prinsiplariga mos emas deya olamiz. Mazkur qonunnig 19-moddasiga ko’ra: Ma’muriy hujjatlar va ma’muriy harakatlar ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi.
12-Kazus
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.ning Davlat xizmatlari markaziga bergan arizasi asosida unga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma berildi. Biroq ruxsatnomada ko‘rsatilgan tadbirkorlik faoliyati arizachi tomonidan ma’muriy organga berilgan arizada nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyati sohasidan farqli tarzda bayon etilganligini guvohi bo‘ldi.
Fuqaro unga nisbatan chiqarilgan ma’muriy hujjat yuzasidan ma’muriy shikoyatni qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga taqdim etdi.
Ma’muriy organ shikoyat berish muddati o‘tib ketganligi vaji bilan uni qabul qilishni rad etdi. Fuqaro esa ma’muriy organga 10 kun davomida xorijda safarda bo‘lganligini aytib, xizmat safari uchun chiqarilgan buyruq nusxasini taqdim etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |