Vaziyatga huquqiy baho bering.
JAVOB...
https://kun.uz/uz/news/2020/03/08/zdes-budet-park-toshkent-markazidagi-bosh-yerda-kop-qavatli-uylar-qurilishi-norozilikka-sabab-bolmoqda?q=%2Fnews%2F2020%2F03%2F08%2Fzdes-budet-park-toshkent-markazidagi-bosh-yerda-kop-qavatli-uylar-qurilishi-norozilikka-sabab-bolmoqda
2021-yil 30-noyabr holatiga ko’ra Vazirlar mahkamasining "2011-2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini yanada mustahkamlash to‘g‘risida"gi qarori bugungi kunda o’z kuchini yo’qotgan va Mirobod tumani hokimi tomonidan ushbu yer ko’p qavatli uy qurilishi uchun “Silk road group investment” ixtiyoriga berilgan. Demak barcha ekspertiza xulosalari ijobiy tus olsa, MCHJ o’z binolarini qurishi mumkin.
Lekin yana bir masala shundan iboratki, ushbu ko’p qavatli uylarning qurilishi natijasida shu hududda yashovchilar tomonidan ularning uyiga quyosh tushmay qolishi natijasida e’tirozlar kelib tushishi mumkin. Aynan shu holat aynan kazusda ham ko’rsatib o’tilgan. Bu masala ma’muriy huquq predmeti doirasida hal qilinmaydi. Agarda shunday holat mavjudl bo’lsa va yoki mavjud bo’lish ehtimoli yuzaga kelsa fuqarolar tadbirkorlik subyektiga nisbatan negator da’vo bilan sudga murojaat etishlari mumkin. Fuqarolik kodeksi 231-modda.
6-Kazus:
6-Kazus
2017-yil Toshkent shahrida metro qurilishi munosabati bilan “Bahromxon” MChJga tegishli oshxona buzildi. “Bahromxon” MCHJ raisining aytishicha, “buzilgan oshxonamiz joyiga teng joy berishmayapti. Beramiz, deb va’da qilishadi. Lekin qachon berishi noma'lum. Biz loyihani 1849 m.kv. joyga moslab tayyorlaganmiz. O‘sha joyni bersa, keyin qurilish ishlarini boshlar edik. Hokimiyatga ekspertizadan o‘tkazilib, xulosasi olingan 1,6 mlrd so‘mlik qiymat bahosini ham berganmiz. Lekin haligacha javob olmadik”. Hokimlikning ma'lum qilishicha, “Bahromxon” MChJga Yashnobod tumanidagi davlat zaxirasidagi bo‘sh er maydonlari taklif qilingan, lekin tashkilot rahbariyati ushbu ko‘rsatilgan joylarni ma'qullamasdan, balki Toshkent shahar “Rohat” aylanasi atrofida o‘z mijozlariga egaligi, boshqa joydan er olib qurgan taqdirda mijozlarini yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlab, Toshkent shahar hokimligiga murojaat qilgan va arizasi qanoatlantirilgan. Tadbirkorga “Rohat” avtosaloni orqasidan 0,12 gektarli er maydoni ajratib berish to‘g‘risida shahar hokimining qarori qabul qilingan. MChJga tegishli oshxona buzilishidan oldin, 2018-yil 3-dekabrda Yashnobod tuman hokimi vazifasini bajaruvchisi X.Tillashayxov imzosi bilan berilgan kafolat xatida “tuman hokimiyati qoshida tuzilgan komissiya xulosasiga asosan buzilayotgan mulkingiz qiymatidan kam bo‘lmagan kompensasiya turi ajratilishi kafolatlanadi” deb va’da berilgan. Lekin hokimlik bergan ma’lumotnomada kompensasiya puli haqida esa hech narsa deyilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |