Odam irqlari. Zamonaviy odamlarning hammasi bitta «homo sapiens sapiens» turiga mansub. Insoniyatning birligi, uning kelib chiqishining umumiyligi, tuzilishining o‘xshashligi turli xalqlar orasidagi nikohdan sog‘lom avlod tug‘ilishi bilan tasdiqlanadi. Homo sapiens sapiens turining ichida yirik sistematik guruhlar – irqlar mavjud. Irqlar bir-birlaridan, terisining rangi, ko‘zining, burnining, labining shakli, tanasining proporsiyasi, ba’zi biokimyoviy
ko‘rsatkichlari, ekologik, xulq-atvor va boshqa biologik xususiyatlari bilan farq qiladilar. Hozirda odamlarning 3 ta katta irqlari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |