Odam – biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy mavjudot sifatida fi krlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish, ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin. Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi. Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fikrlar asosan molekular biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fiziologiya, embrio ogiya va paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi.
Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud: 7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l va oyoq skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari, alveolalar; diafragma, 4 kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi va chap aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi. Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin do‘mboqchasi va boshqalar kiradi.
Odamsimon maymunlar bilan odam skeleti va ichki organlar tuzilishida o‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘ tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi. Odam uchun xos to‘rtta qon guruhi gorilla, shimpanze, orangutanglarda ham uchraydi. Xromosomalarni maxsus usul bilan bo‘yash orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘n da lang chiziqlari ham o‘xshashligi ma’ lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat. Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va ka salliklar (gripp, chechak, vabo, qorin tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odam simon maymunlarda ham mimika muskullari yaxshi rivojlangan. Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar, tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh barmog‘i boshqa barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha kengaygan.
|
|
1. Darslikdagi mavzuni o‘qib, tayanch so‘zlarni tahlil qiling.
2. Darslikdagi mavzu so`ngida berilgan savol va topshiriqni bajarib.
|