Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam – homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm3 bo‘lgan. Pitekantroplar toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500–300 ming yil avval yashagan. Sinantroplar miyasining hajmi 850–1220 sm3, bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan. Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |