O’quv yili 3-kurs uchun.) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5120300- tarix



Download 2,38 Mb.
bet117/130
Sana12.06.2022
Hajmi2,38 Mb.
#660500
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130
Bog'liq
2021-2022 MAJMUA UM PED PSIX

11-seminar mashg’uloti


Mavzu: Xotira xaqida umumiy tushuncha


Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Xotira haqida tushuncha. Xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xotira nazariyalari. Xotira turlari, faoliyatga ko‘ra xotira turlari, maqsadiga ko‘ra xotira turlari, muddatiga ko'ra xotira turlari. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash, unutish. Xotirani o‘rganish metodlari. Xotiraning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar
Tayanch tushunchalar-Xotira. Xotiraning nazariyalari. Xotira jarayonlari: esda
olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va uno`tish.Xotira
turlari.. Xotira tasavvurlari.
1. Xotira haqida tushuncha, xotiraning nerv-fiziologik asosi,
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va uno`tish kabi asosiy jarayonlar mavjud bo`ladi. SHu jarayonlarning xar biri aloxida mustaqil psixik xususiyat xisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o`sha faoliyat bilan belgilanadi.
Muayyan bir materialni esda olib qolish xayot faoliyati jarayonida indiviual tajriba orttirishga bog`liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyatda qo`llanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog`liq bo`ladi. Chunki xar bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun xayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira psixologiyaning eng ko`p o`rganilgan bo`limlaridan biri bo`lib xisoblanadi. Lekin xozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada o`rganilishi uni fanning tag`in ham muximroq muammosiga aylantirib qo`ydi.
Xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir.
Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jixatdan eng eski nazariya bo`lib, u fanda ko`p va turli – tuman nazariyalarning olg`a surilganligi bilan mashxurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol o`ynashligi va bunda faollikning moxiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baxolash mumkin.
Nazariyaning birinchi guruxi assoo`iativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko`ra, muayyan psixik xosilalar ongda bir vaqtning o`zida yoki bevosita birin-ketin paydo bo`lsa, u xolda xosilalar o`rtasida assoo`iativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo`lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assoo`iao`iyalar uch turli bo`ladi: o`xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assoo`iao`iyalari.
Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari xaqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog`liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqida» gi ta’limotining eng muxim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko`ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada xosil bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog`lanishlar qanchalik mustaxkam bo`lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo`ladi. Ana shu muvaqqat bog`lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so`nib, yo`q bo`lib ketishi esa unitishga sabab bo`ladi.
Bioximik nazariya. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o`rganishning neyrofiziologik usuli bioximik Tadqiqotlar darajasiga tobora yakinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning o`zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko`plab tadqiqotlarda o`z tasdigini topdi.
Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat.
Birinchi bosqichda (ko`zgovchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga qaytuvchi fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi.
Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb xisoblaydilar. Xujayralarda qaytarilmaydigan o`zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi xisoblanadi.
Bu nazariya tarafdorlari tashkqi qo`zgovchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ro`y beradigan o`ziga xos ximiyaviy o`zgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.
2.Xotira turlari, faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari, muddatiga ko’ra xotira turlari.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo`ladigan faoliyatining xususiyatlariga bog`liqligi xotiraning xar xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo`lib xizmat qiladi. Bunda xotira uchta mezonga muvofiq bo`linadi:
Psixik faollik xususiyatiga kura xarakat, emoo`ional obrazli va so`z-mantiqli turlariga bo`linadi.
Faoliyat maqsadiga ko`ra ixtiyorli va ixtiyorsiz turlarga bo`linadi.
Materiallarni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga kura,qisqa muddatli, o`zoq muddatli va operativ xotira turlariga bo`linadi.
Xarakat xotirasi – turli xildagi ish-xarakatlar va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emotsional xotira – xis – tuyg`uga hos xotiradir. Xis – tuyg`ular hamisha bizga extiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak – atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo`lga qo`yilganligi xaqida xabar berib turadi. SHuning uchun ham xissiy xotira xar bir kishining xayoti va faoliyatida muxim ahamiyatga egadir.
Obrazli xotira tasavvurlarni, tabiat va xayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, xidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira xisoblanadi. U ko`rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilishga oid xotiradir.



Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish