O’quv yili 3-kurs uchun.) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5120300- tarix


Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat



Download 2,38 Mb.
bet115/130
Sana12.06.2022
Hajmi2,38 Mb.
#660500
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
Bog'liq
2021-2022 MAJMUA UM PED PSIX

Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo'linishi, diqqat ko'lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi. Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar.
Tayanch tushuncha - Diqqat ,diqqatning turlari. Diqqat va ong.
Diqqatning mexanizmlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat,
ixtiyoriydan so’nggi diqqat, diqqatning xususiyatlari, diqqat
kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi
1.Diqqat haqida tushuncha.
DIQQAT – psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo`lgan ob’ekt ustida to`planishdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o`z diqqatini etishish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo`ladi. O`quvchining biror boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zexn qo`yib o`tirishida uning diqqatini yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo`llab – quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatining yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishini taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi – mazkur faoliyatga xech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalgitish demakdir.
Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi ko`pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Diqqat xar qanday faoliyatning muxim shartidir. Diqqatsiz xatto eng oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mexnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, o`qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi», - deb yozgan edi.
O’quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo’ladi.
Diqqatda psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi.
Qandaydir bir suratli kitobni tez ko’rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqa’ztning to’planishi kuchli bo’lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o’zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o’qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to’planishi juda kuchli bo’ladi.
Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o’tirgan o’quvchi ba’zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to’planishi kuchli bo’ladi.
2.Diqqatning nerv-fiziologik asoslar.
Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha orientirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko`zgolishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog`liqdir.
3.Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
Diqqat uch turli bo`ladi:
ixtiyorsiz diqqat,
ixtiyoriy diqqat,
ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiklashgan diqqat.
Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday xollarda faoliyat marokliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo`lishligi bilan o`ziga jalb qiladi. Odam o`ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, xodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.
Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch yordamida keraqli ob’ektga yunaltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni karatish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va xar qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga karatamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shugullanishga qaror qilar ekanmiz, diqqatimizni xatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin biz shugullanishni lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Demak, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jixatdan farq qiladi.

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish