Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Psixologiyaning yo’nalishlari
Tayanch tushunchalar- mexnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiyasi, muxandislik psixoloiyasi, xarbiy psixoloiyasi, sport psixoloiyasi, kosmik psixologiya, savdo psixoloiyasi,yosh davrlari psixologiyasi, maxsus psixologiya
Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari, determinizm tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili
Psixologiyaning asosiy tamoyillari, determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo’lib hisoblanadi.
1. Determinizm - belgilayman ma’nosini bildiradi tamoyili tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik xodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi hakidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug’i xisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o’zgarishiga mutanosib ravishda u ham o’zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o’lcha-nadi. Hayvonlardan farqli o’laroq insonda ong shakllanishining paydo bo’lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiy hususiyatiga) ga ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog’liqligi hakidagi ham tabiaqhunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir.
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas, b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o’xshash xam emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning xukm suri-shi mexanizmidir (E.G.). Faoliyat o’zining tuzilishi bo’yicha ichki va tashqki tarkiblariga ega bo’lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo’lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o’zgaruvchan (rivojlanishni anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrof muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo’ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo’l qo’ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o’z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi variaqiyalar, invariantlar turtki vazifasini o’taydi.
Ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o’yin faoliyatiga bog’lik ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o’zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mus-tahkam zamin xozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S. Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo’naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o’yinlar bilan, o’spirinlik yoshida o’kish bilan bog’liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L. Rubinshteyn; ong faoliyatda paydo bo’lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov; qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo’ladi, lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo’la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |