o`quv yili 230-maktabning 1-«V»-sinf o`qituvchisi Mavlyanova Dilfuzaning



Download 0,51 Mb.
Sana22.06.2017
Hajmi0,51 Mb.
#11214







фото2190.jpg 2016-2017 – o`quv yili

230-maktabning 1-«V»-sinf

o`qituvchisi Mavlyanova Dilfuzaning

«Alifbe bayrami» ishlanmasi

``Alifbe bayrami’’ ishlanmasi.

Maktab zali o`rmon ko`rinishida bezatilgan.Archalar….Voqea 31.12 dan 1.01 ga o`tar kechasi yuz beradi.Atrof jim-jit va qorong`u.



Ertakchi momo: Assalomu alaykum, azizlarim. Bugun men sizlarga juda qiziq bir ertak aytib bermoqchiman.Bu voqea yangi yil arafasida 31.12 dan 1.01 ga o`tar kechasi yuz beribdi.Qorbobo bilan qorqiz o`rmondan bolajonlarga sovg`a axtarib yutishgan ekan.Birdan ….

(Ertakchi momo chiqib ketadi,yengil musiqa yangrab sahnaga Qorbobo va Qorqiz kirib keladilar).



Qorbobo: (xirgoyi qilib chiqadi)

Xayr ,xayr eski yil,

Xursand qilding bizlarni.

«4» va «5» la siylading

Yaxshi o`g`il –qizlarni.

(Qorqiz esa qo`lida qopchasi bilan boboning oldiga chiqib keladi, u yoq bu yoqqa qarab bolalar uchun sovg`alarni qopchasiga soladi).



Qorqiz : lye,bobojon ,kimdir yig`layaptimi ?

Qorbobo: Yo`g`-ey ,shunday kunda kim ham yig`lashi mumkin .Axir bugun yangi yil kiradigan kechaku.

Qorqiz: Quloq soling , bobojon ,yig`I tovushi xuv anovi archaning tagidan kelyapti.

Qorbobo : Xoy –xoy-xoy, nima bo`ldi? lya , axir bu «Alifbe» kitobi-ku! Ha ,Alifbejon nega yig`layapsan? Nima bo`ldi o`zi ?

-2-


Alifbe : Bobojon , mening harflarim qochib ketdi.Endi ichim bo`shab qoldi.Birorta ham harfim qolmadi.(yig`lashga tushadi)

Qorbobo :Bunday tushuntiribroq gapir, nima bo`ldi o`zi,nega harflaring qochadi?

Alifbe: Bolajonlarga Yangi yilga sovg`a qilib «o`qish kitobi»ni olib bormoqchi edim.lchimdagi harflarim ham «Biz ham sovg`a yig`amiz» deb har yoqqa tarqab ketishdi.Axir o`rmonda yirtqichlar ko`pku.Endi ular hammasi nobud bo`ladi.men esa harflarsiz qolaman.(yig`laydi)

Qorbobo: Xoy-xoy-xoy ,``Ayrilganni ayiq yer, bo`linganni bo`ri yer ” degan maqolni harflaringga uqtirib qo`ymagan ekansan-da.

Qorqiz: Xafa bo`lma, «Alifbejon», biz albatta harflaringni topamiz.Tong otgunga qadar «o`qish kitobi» ni ham topib ,bolajonlarga sovg`aga olib boramiz .(Shu payt sahnaga asalni qo`ltiqlagancha arilardan qochib ,ayiq polvon yugurib kiradi).

Ayiq : Menman –ayiqpolvonman,

Sardor Asalga ko`p to`yganman.

Oromim buzilmasa ,

Bahorgacha uhlarman.

Po`stinim bor xo`p qalin ,

Sovuq menga pisandmas.

Kimki oromim buzsa ,

Sira jazosiz qolmas.



Qorbobo : Ana ayiqpolvon ham uyg`onib ketibdi.Kelaqol,polvonjon.Alifbejon mana sening «A» harfing.

Qorqiz: Bobojon qarang ,ana u archaning tagida nimadir qimirlayaptimi? (borib ko`rishadi).

Qorbobo: Axir, bu mitti quyonchalarku:

-3-


Quyon : Katta harfli kitobni,

(R.Xadicha) Xech qiynalmay o`qiyman.

Sabzi haqida ertak,

Hamda she`rlar to`qiyman.



Qorbobo: Quyonchalar ,sizlarga bir topshiriq bor. Alifbe kitobining harflarini topishga yordam berasizlar.

Quyon: Oppoq ,momiq jonivor ,

(R.Soliha) Quyonchalar bizlarmiz.

Ayoz bobo aytganin,

Tez-tez ,chaqqon qilamiz.

Sahiy o`rmon bag`rida ,

Dikillashib chopamiz.

«Alifbe»ga o`rmondan ,

Harflarni topamiz.

(Quyonchalar chopib ketadilar. Ularning ketidan tulki tushadi va quyonchalarni yemoqchi bo`ladi.)

Tulki-1 : Sovuq qishning kunida ,

Mushtariy Yugiramiz , yelamiz.

Oppoq quyonchalarni’

Tutsak ,yamlab qo`yamiz.



Tulki-2; Agar farqiga borsang,

A.Xadicha Quyon yeish mazza-da.

Go’shtlari yumshoqqina,

Yunglari ham toza-da.

(Tulkilar quyonchalarni tutib yemoqchi bo’ladilar. Quyonlar qochib Qorboboning oldiga boradilar) -4-

Qorbobo : O`zidan kichiklarni xafa qilish yaxshimas . Shu qilmishingga senlarni bir jazolay.

Tulki : Biz ularga ozor bermoqchi emas edik.Yordam beramiz desak,

O`zlari qochib ketishdi .



Qorbobo : Shundaymi ?

Quyonlar : Yo`q….

(O`rmon ichidan sher chiqib keladi.)



Sher : Tulkidan do`st chiqmaydi ,

Bilol. Gapni quyon gapirsin .

So`zimni uqmaganlar,

Ishni darhol topshirsin.

Ahir derlar meni shoh

So’zim ikki qilmanglar.

Nimjon va kichiklarga,

Sira ozor bermanglar.



Qorbobo: Bu yolg’onchi, tulkivoylarga qanday jazo bersam ekan. Ha, topdim….Ularni yaxlatib qo’yamiz.

Jazosiga tulkilar o’ynab beradi…(‘’Duxtari’’ raqsi).



Qorqiz: Bobojon kechiraqoling. Ular endi bunday qilishmaydi. Mana «sh», «T» hamda «Q» harflari ham topildi.

(Sahnaning narigi boshida echki o`tlab yurib maraydi va qo`shiq boshlaydi. Bo`ri esa uni archa ortidan kuzatib turgan bo`ladi.)



Echki : Me-me-eee…..

X.Marjon Barra o`t ,yem bo`lsa bas .

Oq sutini ayamas ,

Echki bo`laman o`zim .

Bo`ri bo`lsa dushmanim ,me-e-e -5-

Bo`ri : O`rmon mening makonim ,

Diyor Tulki esa dugonam .

Qo`y –qo`zi jonu-dilim .

Bo`ridir mening ismim.

Hozir shu echkini mazza qilib yeyman .

(Echkiga tashlanadi,uesa marab qochadi va Qorboboning oldidan chiqib qoladi).



Qorbobo : Mana echki ham kelib qoldi. U bir o`zi emasga o`xshaydi. Ha, zo`ravon, haliyam shu odatingni tashlamadingmi ?

Bo`ri Qorboboni ko`rib to`xtaydi va salom beradi va Qorbobodan ,kechirim so`raydi.(«E» va «B» harflari osiladi).

Hayvonlar ahillik bilan bu qolgan harflarni qidirib ketadilar.

Musiqa :

(Sahnaga Fil chiqib keladi)



Fil : Xartumum favoradir,

OdiI Quloqlarim naq soyabon .

Kuchlidirman hammadan,

Afsus dumum kaltadir.

Fil kelayotib Dinozavrni ko`rib qo`rqib ketadi va o`zini panaga oladi.

Dinozavr : Uzoq asrlar osha ,

Akrom Yetib keldim bayramga

Hayvonlar ajdodiman,

Eng bahaybat mahluqman.



Fil : Sen kimsan ?

Dinozavr : Men Dinozavrman .O`tmushdan sening o`rmoningga mehmon bo`lib keldim. -6-

Fil : Men hayvonlar ichida eng bahaybati o`zimman deb o`ylardim .Mendan ham bahaybat hayvonlar ham bor ekan-da ?

Qorbobo va Qorqiz kelib qolishadi va fil va Dinozavrga «F» va «D» harflarini ilib qo`yishadi.Yengil musiqa chalinadi va qushlar ovozi keladi.

Qushlar yig`ilishib bazm uyushtiriladi.

Raqs``Tovus raqsi’’



Hakka : Qamishzorlar ichidan ,

Shahnoza Sizga qarar bolajon .

Teraklarning uchidan ,

Bizga qarab qolasiz .

Charos Ola qanot hakkalar ,

Shohdan shohga qo`nasiz .

Chug`ur-chug`lab nimanidir ,

Izlab topgan bo`lasiz.



Laylak : Tog`lar oshib , bog`lar oshib ,

Dilafruz Dil sog`inchin dilga tugub .

Uchib kelaman atay ,

Sizni sog`insam ,netay ?



Qorqiz : Bobojon , qarang ,qushlar ham uyg`onib ketishibdi.(ularga harflar osiladi)

Ninachilar : Sovuqni xushlamaymiz ,

Issiq jonu –tanimiz.

Q.Marjona Rayhon hamda gullarni,

Hididan tez topamiz. -7-



Ninachilar : Rayhon bo`y taratibdi,

Sarvinoz Yer yuziga shoshibdi

Balki hali ertadir,

Bir o`zi sovqatadir.

Ninachilar uchib ketishadi . Qorbobo va qorqiz ularning ketidan borishadi .Ninachilar borib rayhon uchiga qo`nadilar va patlari bilan uni sovuqdan asrashga harakat qiladilar .

Qorbobo : Bay-bay –bay.Qizalog`im ,buni qara ,rayhon bo`y cho`zibdi-ku. Ninachilar qayerga shoshishdi desam ,o`zlari sovqatsalarda rayhonni sovuqdan qutqargani kelibdilar-da.

Rayhon : Eng go`zal gul bo`lsamda ,

X.Marjona Meni juda sevishadi.

Jannat guli deb ,erkalab ,

Chakkalariga taqishadi.

G`ala g`ovurni eshitib ,

Men ham quruq qolmay dedim.

Sovuq ekan endi balsam,

Nima qilay , shoshib qoldim.

(Qayerdandir bulbul uchib keladi va chiroyli sayrab beradi.)

Qushlar sayrog`I yangraydi.Bulbul qo`shig`i.)



Bulbul: Bu ne sirdir ,ne asror ,

Muslima Tabiat uyg`onibdi.

Yoz va qishning farqi bor,

Rayhon ham bo`y cho`zibdi.

Meni derlar jannat qushi,

Men ham sayrab berayin.

Kerak emas ko`p olqishu, Dildan kuylab berayin. -8-

Hamma o`yinga tushadi . O`yin-kulgi bo`ladi.(Harflar osiladi)

Ashula :Birdan vahima qush uchib keladi va bezovtalanib sayray boshlaydi.

Vahima qush : Xoy nima gap, nima bo`ldi ?

Voy dod ,o`rmon vayron bo`ldi.

Shahnoza Xech zamonda ,sovuq qishda,

Ayoz bobo davrasida

Bulbul kuylab , sayraganmi ?

Rayhon o`ynab yayraganmi,

Voy , endi nima bo`ladi ?

Nahot qishda gul unadi ?



Qorbobo: Axir bu vahima qush-ku.Odatiga ko`ra vahima qilayapti . Buncha vahima qilmqsang. Bugun sehrli bayram kechasi, Yangi yil kiradigan kecha . Hamma narsa bo`lishi mumkin .Sen vahima qilaverma, ertalab tong otsin ,hamma narsa o`rniga tushib qoladi.(Harf osiladi)

Oppoq qor raqsi



Qorbobo va qorqiz yana yo`lga tushadilar.

Sichqon chopib chiqadi va mushukdan qocha boshlaydi.

Mushuk uni quvlaydi.

Mushuk : Sutni ichib qochaman ,

Javohir Sichqonlarni quvaman.

Qo`lga tushsa mittivoy ,

Dumlarini o`ynayman .

Quvlab ketadi.Sichqon iniga (bolalardan tuzilgan) kirib oladi

-9-


Sichqon : Mushuk quvlar ortimdan ,

Muhammad Panohim bir teshikdir .

Mushuk qo`li yetmaydi,

Dumlarimdan tutmaydi..

Mushuk-sichqon o`yinini o`ynaydilar.

Qorqiz ularni kelishtirib , harflarni ilib qo`yadi. Shu payt it vovullab qoladi . Qo`rqqan mushuk dumini xurpaytirib , sichqonni ham esidan chiqarib qochib qoladi.



It: Uylarni qo`riqlayman ,

Abubakir Dushmanni yo`latmayman.

Qitmir bolalarni ko`rsam ,

Orqasidan quvlayman.



Qorqiz : Yo`q-yo`q.Sen adashding. Unaqa bolalar umuman ichimizada yo`q . Agar sen mushukvoy-Baroqvoyni nazarda tutayotgan bo`lsang , u allaqachon sichqondan kechirim so`rab , yarashib ketdi.Biz «Alifbe kitobi» ning harflarini qidirib yuribmiz.

Mana sen orqali ``l’’ harfini ham topdik .Kel ,endi qolgan harflarni topishfa bizga yordam ber.



lt :Xop, bo`ladi,vov-vov.

Musiqa yangraydi: «Jo`jalarim»



Xo`roz : Jo`jalarning otasiman ,

Sardor Boshim taroq , dumim o`roq.

Kurashda xech bo`sh kelmayman ,

Sababsiz xech urishmayman.



Jo`ja: Men jo`jaman ,jo`jaman ,sap-sariq.

Q.Marjona Men jo`jaman ,jo`jaman ,yosh tovuq. -10-



O`rdak : Suvni juda sevaman ,

A.Xadicha Quruqda ham yashayman .

lnsonlarga ham foydam bor.

O`rdak degan nomim bor.



G`oz : O`rdak bilan yaqinmiz ,

Shirin Tovuqlarga qo`shnimiz.

Qanot qoqib «g`o-g`o»lab

Hovlida qo`riqchimiz.



Qorbobo : Mana bu hovlida ham katta bazm bo`lyapti shekilli. (Parandalar qorboboni ko`rib salom berishadi)

Qorbobo : Barakalla ,Xo`rozvoy . Kichkintoylarga juda yaxshi tarbiya beribsan .Ular kattalarni ko`rganda salom berishni yaxshi bilishar ekan.

Orqiz : Bobojon , menimcha o`rmonimizdagi barcha bolalar salom berishishni bilsalar kerak-a .Mana keying harfimiz ham topildi .Tong otgunga qadar qolgan harflarni ham albatta topamiz.

Qorqiz va Qorbobo yana yo`lga tushadilar.

Raqs: Andijon po`lkasi.

Olmahon ko`rinadi . U daraxt tagiga tushib ,yong`oqlarni o`ynay boshlaydi.



Olmahon : Daraxtga in quraman,

R.Xadicha Yong`oqlarni sevaman.

Dumum o`zimdan uzun,

Ismim esa olmahon.

Shu payt o`rmon ichidan katta maymun Gorilla chiqib keladi va qo`lidagi gugurtni yoqib o`ynaydi.

Olmahon : Nima qilyapsan ,axir gugurt senga o`yinchoq emas-ku !

Hoziroq tashla. -11-

Gorilla esa quloq solmasdan o`ynayveradi

Gorilla : Voy qo`lim ,voy-voy, qo`lim

Akrom Gorilla degan maymun ,

Gugurt o`ynabdi bir kun.

Oqibatni o`ylamay,

Kuydirib olibdi qo`lin.

Qorqiz : Bobojon ,tezroq keling ,o`rmonimizdan yong`in hidi kelyapti .(U yoq bu yoqni hidlaydi. )

Qorbobo : Bu kimning ishi ?

Olmahon : Gorillaning qulog`iga gap kirmadi. Shuncha aytsam ham gugurtni tashlamadi .Oqibatda qo`lini ham kuydirib oldi.

Qorqiz borib uning qo`lini bog`lab qo`yadi.



Qorbobo : Endi tushungandirsan ,gugurt o`yinchoq emas.Bolalar xech ham gugurt o`ynashlari mumkin emas.

Gorilla : Kechiring meni bobojon. Men boshqa bunday qilmayman.

Raqs: O`yna –o`yna.

Cho`chqa : Balchiqda yotaverib ,

Abdubakir Asta boshni qashladim.

O`ylab-o`ylab oxiri,

Kir yurishni tashladim.



Qorqiz : Barakalla, Cho`chqavoy , sen yaxshi o`ylabsan .Irkit ,kir bolalar bizning oramizda bo`lmasligi kerak.

Cho`chqa : Assalomu alaykum , bobojon ,assalomu alaykum Qorqiz.

Men hozir yo`lda kelayotib bir hayvonni ko`rdim . Otmisan desam jahli chiqib «yo`q» dedi.



Qorbobo : Qani bizga ham ko`rsat-chi , biz ham ko`raylik , Qanday hayvon ekan ?(Yurib ketishadi.Nariroqda zebra o`tlab yuribdi). -12-

Qorbobo : Ahir bu bizning zebra-ku. Qiziq , nega bu tomonga o`ta olmayapti ekan-a? Balki birorta zo`ravon bormikan-a?(u yoq bu yoqqa qarab ,zebra tomon yurishadi).

Zebra : (Qorboboni ko`rib unga yaqinlashadi).

Sarvinoz Otga o`xshaydi shaklim,

Yo`l-yo`l kiygan kostyumim.

Sherni ko`rsam qochaman,

Pichan o`tni sevaman .

Zebra : Xuv anavi tepalikni orqasida yo`lbars meni yemoqchi bo`lib poylab yotibdi. Shundan qo`rqib bora olmadim.

Qorbobo: Qo`rqma biz seni hafa qildirib qo`ymaymiz .(Yo`lbarsni chaqiradi)Yo`lbarsvoy ,xoy yo`lbarsvoy ,qani bu yoqqa kel-chi (sahnaning ustida archaning orqasida berkinib yotgan yo`lbars o`rnidan turib chiqib keladi).

Yo`lbars : Ustimda yo`l-yo`l to`nim ,

Juda kuchli hayvonman .

Yo`lbarsdir mening ismim ,

Shohim sherga ukaman.



Qorbobo: Nega zebrani o`tkazmay turibsan ?

Yo`lbars : Men u bilan do`st bo`lmoqchi edim (Ular do`stlashadi)

Raqs : Andijon polkasi



Pingvin : ( Shu payt pingvin kirib keladi).

Qanotim bor , qushmasman,

Osmonlarda uchaman.

Muzliklarda makonim ,

Baliqlar jonu-dilim. -13-

Alifbe kitobi :Rahmat sizga ,bobojon .Menga harflarimni qaytarib berdingiz .Lekin tong ham otay deb qoldi-yu bitta harfim bilan O`qish kitobidan darak yo`q.

Qorqiz : Bilasanmi , Alifbejon ,O`qish kitobining topilishi ucun bolalar

Albatta she`r va maqollarni yoddan aytishlari kerak.

Qani bolajonlar , o`z mahoratingizni bir ko`rsating-chi.

O’quvchi: Hayotga kalit kitob,

Kitobchi «A» dan, «B» dan.

Boshlanar Alifbedan,

Harflardir so’z koni.

Hamma: Maktab bilim makoni,

«A» dan «Ng» gacha sendan

O’qib bo’ldim bilag’on.

Senga dildan tashshakur

Hamma: Unutmaymiz hech qachon.

O’quvchi: Daftarni ochdik,

Harflarni sochdik.

Terildi munchoq,

O’qidik shu choq.

Qorbobo: Quvnoq bolalar, Gulu-lolalar!

Bolalar: Katta chiziq, kichik chiziq,

Biz yozamiz uzuq-uzuq.

Katta chiziq, kichik chiziq,

Yozuvlarim juda qiziq.

Aylantirib «O» deymiz, -14-

Ilmoq qo’shib ‘’a’’ deymiz

No yozib No deymiz,

N ni qo’shib (Hamma) NON deymiz.

Mushtariy: Buyuk orzu ko’ngilda,

Ixlosim olib dilda.

Orzu tebratib,

Sizga o’hshagim kelar.

Sizdek yashagim kelar.

Xadicha

Vatan deganim bu-

Yurak deganim,

Yurakka Vatanim

Kerak deganim

Vatan deganim bu-

Yurak deganim,

Birov-biroviga

Kerak deganim.

Aslida Vatan bu-

Tug’ilgan joyim,

Birinchi qadamim

Yetgan qo’rg’onim.

Alifbe : _Jajjilarim , mening sizga

O`qish kitobi tuhfam .

Toza tuting xuddi menday ,

Bilim oling mustahkam . -15-

Davraga «O`qish kitobi» kirib keladi.

O`qish kitobi : -Bilimdon bolajonlar ,

Sizga dildan assalom !

Ilm olib charchamang ,

Ilmla yorug` olam .

Hamma : -Ey kitobim ,oftobim .

Seni toza saqlaymiz .

A`lo o`qib hammamiz

Ishonchingni oqlaymiz.

«Alifbe» bolalar bilan xayrlashib turib deydi :

Xayr , deyman baxt va shodlik ,

Hamda tilab saodat .

Ulg`ayinglar , olim bo`lib , Sizga yor bo`lsin omad ! Bilimlarning sirli-sirli, Xazinasin ochinglar . Johillikdan yiroq bo`ling , Yomonlikdan qochinglar. -

O`quvchilar ham sevimli kitobi bilan xayrlashadilar

Navbat: Raqslarga tushadilar

«Zumrad va Qimmat» ertagidan lavhalar.

O`qituvchi : Mana, bugun o`quvchilarimizning nechog`li savodxonligini ko`rdik . Endi esa davraga ota –onalrimizdan olti nafarini taklif etamiz .Ular quyidagi shart bo`yicha o`zaro bellashadilar : Ishtirokchilar o`zlariga berilgan sharlarni yorib ,ichidagi savollarga javob beradilar.



Savollar quyidagicha : -16-

  1. Qanday idishni sira to`ldirib bo`lmaydi?

  2. Nega odam orqaga o`girilib qaraydi?

  3. Dengiz ostida qanday tosh bo`lmaydi?

  4. Dengiz ostida qanday tosh bo`lmaydi ?

  5. «Qo`g`irchog`im Natasha» she`rini aytib bering .

  6. 5 xil musiqaga raqsga tushing.

Bellashuv g`olibi bo`lgan ota-onalarga sovg`alar beriladi.

O`qituvchi : Hurmatli ota –onalar hamda qadrli mehmonlar , shu bilan bugungi bayram tantanamiz o`z nihoyasiga yetdi.E`tiboringiz uchun rahmat , sog` va omon bo`ling.Sho`x musiqa yangraydi , barcha raqsga tushadi va bayramga yakun yasaladi .
Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish