O’quv va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari V v. b


Malakaning shakllanish shartlari



Download 2,61 Mb.
bet51/84
Sana24.02.2022
Hajmi2,61 Mb.
#210008
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
УМК КФП

Malakaning shakllanish shartlari. Malakaning muhim unsuri – vazifa turini bilib olish, uning echimi uchun zarur bo‘lgan vazifa tarkibiy qismi va munosabatlarini aniqlashdir. Malakaning shakllanishi. Mavjud bilim, ko‘nikmalar asosida yangi harakatlar amalga oshiriladigan paytdagi echim va faoliyatning o‘zginasi. Bu harakat natijasida yangi bilim va ko‘nikma shakllanadi.
Мавзу 10. Касбий фаолиятда ривожлантирувчи таълим.
Mashhur donishmand, chex pedagogi YAn Amos Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida ta’limining mazmuni va vazifasini materialga qarab emas, balki shakli bilan farq qilishi lozim deb uqtirgan edi. Uning insoniyat oldidagi buyuk xizmati shundaki, u yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash haqidagi fan-pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki pedagogika ilmining poydevorini ham yaratdi, uning keyingi rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Xo‘sh, bugungi kunda yosh avlodning bilim olishga, ya’ni kitob o‘qishga ishtiyoqi bormi? Bugun ta’lim maskanlarida o‘qiyotgan yoshlarimiz bilim manbai – kitob haqida qanday tushunchaga ega bo‘layaptilar. Ushbu savollarni yoshlarga, ya’ni o‘qiyotgan farzandlarimizga berishdan avval o‘zimiz mushohada qilsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Darhaqiqat shunday ekan, shaxsning shakllanishida, uning kamolga etishida kitoblar, unda marvariddek terilgan harflar, so‘zlar, gaplar ularning qalbiga o‘qituvchining ta’lim harakatlari orqali kirib borishini biz hammamiz yaxshi bilamiz. Ilm insonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Inson bolasi onadan dono-yu donishmand bo‘lib ham, aql-idrok, tafakkur, qobilyat va iste’dod egasi va yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lib ham tug‘ilmaydi. Insondagi bunday tushuncha, xususiyatlar amaliy faoliyat jarayonida xilma-xil badiiy, tarixiy, siyosiy kitoblarni tirishqoqlik bilan o‘qib o‘rganish asosida shakllanib, rivojlanib boradi. O‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, H.H.Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy, Ozod SHarofiddinov, S.Radjabov, Z.Mirtursunov, M.Ochilov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq. Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy ma’noni anglatadi. YA’ni bu o‘quvchilarda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarini shakllantirish, o‘quvchilarning muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali chin inson bo‘lishiga erishish, ularning qobilyatlarini o‘stirishdan iborat.
Dars jarayonida halq pedagogikasidan samarli foydalanishning samaradorligini ta’minlovchi quyidagi shart-sharoitlarga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. Darsda foydalanish uchun halq pedagogikasi tajribasidan o‘quv materialini tanlab olish aniq ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topgan mezonlar negizida amalga oshirilishi zarur.

  2. Qo‘llaniladigan halq ta’limi vositalari darsning har bir bosqichida hal etilayotgan didaktik vazifalarga, o‘quvchilarda shakllantirilayotgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarning xususiyatiga mos kelishi lozim.

  3. Darsda milliy, ma’naviy, axloqiy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirish.

  4. Halq didaktik g‘oyalari va tarbiyasining tarbiyaviy vazifalarini ro‘yobga chiqarish hisobiga o‘quvchilarning milliy o‘zligini anglashni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni o‘rganishga ehtiyoj va zaruriyatni shakllantirish.

Ta’lim jarayonida halq pedagogikasi vositalaridan ilmiy asosda foydalanish yuqorida keltirib o‘tilgan pedagogik shart sharoitlarni birgalikda amalga oshirishni talab qiladi. Halq pedagogikasidan foydalanish birdan bir to‘xtam bo‘lib qolmasligi, balki u har bir o‘quv predmeti bo‘yicha o‘quvchilarning ta’lim o‘lchovlari darajasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlariga yordam berishi muhimdir.
Ko‘nikma – bu mashq qilish natijasida hosil bo‘ladigan harakat yig‘indisidir. Malaka esa iqtidor, ko‘nikma - mashq qilish va takrorlash orqali paydo bo‘ladi. Ma’lumot – ta’lim – tarbiya natijasida olingan va bitta yo‘nalishga solingan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar yig‘indisidir.
Komil insonni tarbiyalashda milliy istiqlol g‘oyasini oliy ta’lim tizimida o‘qitish har bir yoshning ma’suliyatni anglashga yordam beradi. G‘oya – bu inson tafakkurining mahsulidir. Milliy g‘oya – milliy tafakkurning mahsulidir. Lekin, inson tafakkuri yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarining ijtimoiy ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalari, ularni amalga oshirish usul va vositalar tizimidir.
Pedagogik texnologiyalar – ta’lim berish va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash yordamida talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkoniyatini beruvchi o‘quv vositalari bo‘lib, o‘ziga xos didaktik va uslubiy asoslarga egadir.
Islom qadriyatlarini, shu jumladan, tasavvuf ta’limotini keng va batafsil o‘rganishimiz zarur, chunki bu ta’limot ma’naviyatimizning tarkibiy qismi sifatida bizga – insonga, halqqa, jamiyatga kuch-quvvat va tayanch sifatida xizmat qiladi. Islom tushunchasi ostida, avvalo, ta’lim-tarbiya masalalari, madaniyat, ma’rifat va ilm-fan yotadi. Islomda Qur’oni Karimdan keyin mo‘‘tabar sanalgan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning “Hadisi” SHariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishlarini orzu-qilib, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, o‘zaro ahil-inoq bo‘lish, mehr-oqibatli, diyonatli, sadoqatli,vijdonli, sabr-toqatli, kamtarlik, poklik kabi insoniy fazilatlar haqidagi pand-nasihatlari va yaxshi fazilatli bo‘lish yo‘llari bayon etilgan. Islom oqko‘ngilli, toza qalbli va vijdonli, haq-huquqlarini tushunadigan insonni yaratishda tarbiyaning ikki vositasini qo‘llaydi: ilmga asoslangan e’tiqod va ibodat. Islom insonni tana va ruhdan iborat deb ta’riflaydi. Tananing o‘sishi, rivojlanishi, sog‘lom bo‘lishi uchun qanchalik e’tibor kerak bo‘lsa, ruhga ham shunchalik e’tibor zarurdir. SHuning uchun islom insoniylikning ana shu ikki pallasiga bir xil tosh qo‘yadi. Zotan, insoniy komillik sog‘lom tan va ruh majmuasidir. Pokiza ruh uchun birinchi navbatda botiniy ozuqa bo‘lishi kerak. Botiniy ozuqa esa ilm va tarbiyadir. Mashhur sharqshunos olim Frans Rouzental islom va ilm munosabatlariga bog‘liqlangan “Ilm tantanasi” nomli yirik asarida “Islom dini mag‘iz-mag‘zigacha ilm olishga da’vatdan iborat”, - deb ta’kidlaydi. Ilm - ulug‘ hikmat, ilm-iymon, e’tiqod. Ilmlarni o‘rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o‘rganishdan murod maqsad emas, avval o‘qigan ilmiga o‘zi amal qilib, so‘ng halq va vatan oldidagi burchni ado etishdir. Umuman, islom dini musulmon olami tarixida va ilm-madaniyatida juda katta o‘rin tutgan ta’limotdir.
O‘tmishda Iso Muhammad at-Termiziy, Ahmad YAssaviy, Ahmad YUgnakiy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Davoniy, Koshifiy kabi mutafakkir allomalar va ulardan keyingi ijod ahllari islom ta’limotini, Qur’oni Karim, Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarini yaxshi bilganlar, ularning ta’sirida ijod qilib, kelgusi avlodlar uchun juda katta ma’naviy meros qoldirganlar.
“Tasavvuf nima?” – degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin. Tasavvufga doir maxsus kitob va risolalarda ko‘p bor qo‘yilgan javoblar ham, tabiyki, bir necha xil bo‘lgan. Rus olimi I.M.Petrushevskiyning guvohlik berishicha, ingliz sharqshunos olimi R.Nikolson XI asrgacha bo‘lgan yozma manbalarda tasavvuf, ya’ni so‘fizm tushunchasining etmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan. Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, tasavvuf, so‘fizm-arabcha “suf” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “jun” ma’nosini anglatadi. “Suf” so‘zidan so‘fiy so‘zi yasalgan. So‘fiylar – aksar jundan to‘qilgan chakmon yoki po‘stin kiyib yuruvchi darveshlardir.
So‘fiylarda Xudoni anglashning asosiy yo‘llari to‘rt bosqichdan iborat: shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat.

  1. Birinchi bosqich – shariatda: diniy rasm – rusumlarni, shariat qoidalari va hukumlarini amalda qo‘llash, xudoga ibodat qilish bilan belgilanadi. Tasavvufchilar uchun shariat asl maqsadga – haqiqat holatiga, ya’ni Olloh rahmatiga etishish uchun vosita hisoblanadi.

  2. Ikkinchi bosqich – tariqatda: o‘zini har tomonlama tarbiyalash maqsadida pir yoki shayxga shogird tushish, yorug‘ dunyoning huzur halovatidan voz kechish, nafsni tiyish nazarda tutiladi. Tasavvufdan, tavbadan keyin tariqat yo‘liga kiradi.

  3. Uchinchi bosqich – ma’rifatda: solik (yo‘lovchi) botiniy-ilohiy ilmni egallashi lozim, busiz karomat va irfonga, ya’ni ilohiy ma’rifatga erisha olmaydi. U vaqti – vaqti hol (so‘fiylarni ibodatga o‘zidan ketishi) holatida bo‘ladi. “Yo‘lovchi” uzoq davom etuvchi aql – idrok va qalbni tarbiyalash jarayonida pir yoki orif martabasiga erishadi. Demakki, u pastki darajada (pallada) turuvchilarga nisbatan ustoz-murshid bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.

  4. To‘rtinchi bosqich – haqiqatda: Olloh dargohiga etish, hatto unga singib ketish va natijada abadiylikka erishishdir. Ana shu bosqichda so‘fiy Ollohning haqiqiy mohiyatini qalbdan his qiladi. Haqiqat bosqichiga faqat mumtoz so‘fiylar erishishi mumkin.

Xo‘ja Ahror Valiy hazratlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy – axloqiy qarashlarida vatanparvarlik, halqparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari o‘z aksini topgan.
CHunonchi, u zot insonparvarlik haqida quyidagi hikmatli so‘zlarni keltirgan: “Ulug‘lar aytganlarkim, qaysi yurakda halq g‘ami bo‘lmasa, uni kesib olib, itlar oldiga tashlash lozim. CHunki unday qalb (yurak) oddiy go‘sht parchasidek, hayvon yuragidan hech qanday farqi bo‘lmaydi”.
Umuman olganda, inson hayoti umrbod ma’naviy poklanish va komillanish jarayonidan iborat. SHunday ekan, mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash sohasida har bir odam, har bir oila, butun jamiyat jiddiy ishlar olib borishi lozim. «Tarbiya, degan edi mashhur yunon faylasufi Diogen, - yoshlarimizni toqatli qiladi, mo‘ysafidlarni yupatadi, kambag‘allarni boyitadi, boylarni ko‘rkam qiladi. Sog‘lom ota – onalardan sog‘lom bolalar tug‘iladi. Erkin, komil, mustaqil ota-onalardan erkin, komil, mustaqil farzandlar dunyoga keladi».
O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganligi tufayli va prezidentimizning sa’i harakatlari o‘laroq, dinga yo‘l ochilgani bois, bu tabarruk madaniy qadriyatlar hozirgi davrda ham kishilarni, yoshlarni iymon va e’tiqodli, go‘zal axloq-odobli, insoniy fazilatli qilib kamol toptirishga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu mavzu talaba yoshlarimizni har tomonlama komil inson bo‘lib etishishida, buyuk alloma va islomshunos olimlardan qolgan ma’naviy merosni chuqur egallash, mutafakkirlarimizning pedagogik g‘oya va fikrlaridan bahramand bo‘lish, tasavvuf ta’limotidan qisqacha tushuncha olish va hozirgi zamon pedagogikasining asosiy yo‘nalishlarini tushunishga turtki beradi, degan umiddamiz. Ushbu mavzuni chuqur egallash uchun Prezident asarlari, buyuk alloma va mutafakkirlarning asarlari, axloq-odobga oid hadis namunalari, hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.1
Oliy o‘quv yurtlarida talabalarga bilim berish ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish, jahon andozalariga mos keladigan mutahassislarni tayyorlashga ulkan hissa qo‘shadi. Texnologik yondashuv bajariladigan faoliyat turlarini aniq loyihalashtirishni, uning barcha jihatlarini hisobga olishni, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyalar qo‘llanilish darajasiga ko‘ra, falsafiy asoslariga ko‘ra, ruhiy taraqqiyotda etakchi omilga ko‘ra, o‘zlashtirilish konsepsiyasiga ko‘ra, shaxsning tuzilishi orientatsiyasiga ko‘ra, mazmun, tuzilish mohiyatiga ko‘ra, tashkiliy shakllariga ko‘ra, bilish faoliyatlarini boshqarish tiplariga ko‘ra, bolaga munosabatga ko‘ra, etakchi belgilariga ko‘ra, an’anaviy ta’lim tizimini modernizatsiyalash yo‘nalishiga ko‘ra hamda ta’lim oluvchilarning kategoriyalariga ko‘ra turlarga bo‘linadi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish