Bobina aylanishini tormozlash
Ma’lumki, ipni qayta o‘rash avtomati ipni o‘rash jarayonida ipdagi yo‘g‘on, ingichka va nuqsonli joylarini kesib tashlaydi. Ip kesilishi bilan yoki uzilgandan keyin bobina tormozlanib aylanishdan to‘xtaydi. Bunda o‘rov kallagini hisoblash mexanizmi U 80 elektr magnitli klapanni ishga tushiradi (ulaydi), klapan ochilgach bobinani o‘ng tomonidagi qisqichga exu 1 orqali siqilgan havo beriladi. Natijada tormozlovchi kolodka tormozlanuvchi halqa 2 ni siqadi, siqish Xoll datchigi bobinani to‘xtagan holatini sezmagunga qadar davom etadi. So‘ngra siqilgan havo chiqib ketadi, prujina tormoz kolodkasini o‘z holatiga qaytaradi va tormozlash tugaydi. Bobinani tormozlash moslamasining sxemasi 3.4-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |