MITRA (avesto, do‘stlik, keliShuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
MOBAD – diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qoliSh mas’uliyatini olgan, ruhoniylar oilasi, o‘rta maqomli ruhoniy.
MONASTIR – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan Shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
MONIYLIK - 3-asrda eronda vujudga kelgan psevdo oqim. Asoschisi Moniy ibn Fatak. M. koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxShilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kuraShni e’tirof etishga asoslanadi.
MORMONLAR -1830 yili NYu-YOrk (AQSH) Shahrida Jozef Smit (1805-1844) ismli Shaxs tomonidan asos solingan. Iso Masihning qayta tiriliSh joyi Amerika qit’asi, YAngi Quddus Amerikada quriliShi, unda mormonlar najot topiShini ilgari suruvchi oqim.
MOTURIDIYLIK - movarounnahrlik olim, buYuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos solgan. Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
MUBOH – islom Shariati qiliSh yoki qilmaslikni kiShilar ixtiyoriga qo‘ygan amallar.
MUJTAHID - so‘zi lug‘atda intilganiga etish uchun butun kuch quvvatini sarflovchi ma’nosini bildiradi. Istilohda Shar’iy hukm chiqariSh salohiyatiga ega faqih mujtahid deyiladi.
MUQADDAS YOZUV, XUSHXABAR– xristianlikning muqaddas kitobi «Injil»ga nisbatan iShlatiladigan nomlar.
MUQADDAS RIVOYATLAR – «Bibliya» tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan qabul qilingan hujjatlar va nomalar.
MUQADDAS RUH – xristianlikda Xudoning uch ko‘riniShidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaraliShida iShtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga xomilador bo‘lgan.
MUSANNAF – hadis to‘plamlarining muayyan mavzularga ajratilgan turi.
MUSNAD – 1. Isnodi muttasil raviShda o‘z nihoyasiga etgan hadis, ya’ni sanadi bilan rivoyat qilingan hadis. 2. Sanad, isnod so‘zlarining sinonimi. 3. Hadis to‘plamlarining turi.
MUTAASSIBLIK -ma’lum bir mafkura va qaraShlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, ko‘r-ko‘rona va hissiyotlarga berilib ergaShiSh va ularga amal qiliSh. Qandaydir tuShunchalarga, e’tiqodga yoki dunyoqaraShga sodiqlikning eng so‘nggi darajasi.Mutaassiblikning eng keng tarqalgan ko‘riniShi bu - diniy mutaassiblik.
MUTAVOTIR – yolg‘onga yo‘l qo‘yiShi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan kiShilarning boShdan oxirigacha o‘zlari kabi kiShilardan naql qilgan rivoyati.