O‘quv-uslubiy



Download 1,05 Mb.
bet19/74
Sana03.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#481379
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 18-18. 2018

Sintoizm (sinto - xudolar yo‘li demakdir). YAponiyada keng tarqalgan, an’anaviy milliy xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug‘chilik, qabilachilikka xos animistik va Shomonlik marosimlari yig‘indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm ta’limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va o‘zgarmasligiga, quyoSh tangrisi - Amaterasuning‘ naslidan deb hisoblangan yapon imperatori - Mikado hokimiyatining iloxiyligiga iShoniSh, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan oliSh, ajdodlar Sharafiga tayinlangan oila-urug‘ marosimlarini bajarish kabilar asosiy o‘rin egallaydi. Sintoizmning puxta iShlangan aqidalari yo‘q. Diniy marosimlarni kannuShlar deb ataladigan aloxida koxinlar ijro etadi. KannuShlik vazifasi nasldan-naslga o‘tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning yarmidan ko‘pi sintoizm bilan buddizmni teng ko‘rib, xar ikkalasiga e’tiqod qiladilar; hayotiy marosimlar - tug‘iliSh, nikoh kabilar sintoizm ibodatxonalarida bajarilsa, dafn etish va marhumni xotirlaSh marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o‘tkaziladi.
Sintoizm bilan buddaviylikning bir-biriga ta’siri kuchli. Sintoistlar buddaviylik dini uchun ibodatxonalar quriSh bilan cheklanmadilar, balki o‘rta asrlarga kelib sinto-budda qo‘Shma ibodatxonalari vujudga kela boShlagan. Sintoizmning o‘ziga xos xususiyati o‘zi targ‘ib qilgan xudoga sig‘iniSh, boShka millat kiShilarining bu dinga sig‘iniShini man etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo‘lmagan, ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og‘zaki diniy afsonalar asosida "Kodziki" (qadimgi iShlar to‘g‘risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo‘ldi. Unda asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqiShi ilohiylaShtirilgan. VIII-X asrlarda sig‘iniSh qoidalari iShlab chiqilgan va xudolar nomi ro‘yxatga olingan edi.
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha sintoizm YAponiyaning davlat dini hisoblanar edi. Natijada dinning strukturasi ham o‘zgara boShladi, ilohiy ruxdar o‘rniga imperator Shaxsi ulug‘landi. Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko‘plab kurildi. XIX asrning ohirlariga kelib mohiyatini yo‘qota boShlagan sintoizm 1945 yilda davlatdan ajratildi. Xozirga paytda sintoizm tarafdorlari unchalik ko‘p emas, ammo uni zamonga moslaShtiriShga uriniShlar davom etmoqda.
Iudaizm - eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda Yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘Sha davrda mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‘liShi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqiShi markazlaShgan Yahudiy davlatining tashkil topiShi bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan Shug‘ullangan ko‘chmanchi Yahudiy qabilalari yaShagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga sig‘iniSh hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas’’ kitoblar to‘plamida hayvonlarni va o‘simliklarni, tabiatdagi dahShatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boShqalarni e’zozlaSh izlari bor.
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tariSh maqsadida Yahudiylar "mumtoz xalk.", unga dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman Shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan ulkan ijtimoiy o‘zgariShlar iudaizm ta’limotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, Shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa Yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy Sharoitiga muvofiq iudaizm, boShka dinlar kabi, Shakl va mazmunini bir necha bor o‘zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boShdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana Shu tarixiy davrda Yahudiy qabilalarn ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto Shaharning o‘z xudosi bo‘lgan, Shuningdek moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening Shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolarning Shahri ham Shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar xisoblanmiSh Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Avraam), IShoq (Isaak) YOqub (Iakov), YUsuf (Iosif) va boShqalar. Bular boShqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan.
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm Yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalaniSh ro‘y beriShi va quldorlik munosabatlarining vujudga keliShi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida Shakllangan.
Ammo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlaniShi qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. Chunki qabilaviy xudolar evolyusiyasi natijasida yagona xudo Yuzaga kela boShlagan edi. Bu jarayon o‘Sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniShga asoslaniShi muqarrar edi. RivojlaniShning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boShqa qabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boShlagan. Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro‘si juda oShib ketgan, uning xudosi YAxve esa barcha xudolardan Yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda YAxve tog‘-toSh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. quldorlik davlatining barpo etiliShi va rivojlaniShi Yahudiy qabilalarini yaqinlaShiShi va birlaShiShiga olib kelgan. Yahudiy davlati vujudga keliShi bilan Yahudiy qabilalari o‘zlarini erda hukmdor deyiSh bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida tan oliShgan.
Shu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qiliShga barham berilgan. Ilgarigi qabila xudolaridan biri bo‘lgan Yaxve yakka deb e’tirof etilgan. qudus (Ierusalim) Shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va Yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. Yahudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan.
Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podSho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini mustaqkamlagan, hamda podShoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. Yahudiy ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qaraShlarni, urf-odat, marosimlarni hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta iShlaSh orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o‘zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar.
Shunday qilib, iudaizmning rivojlaniShi va bu din ta’limotining vujudga keliShi uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan. Shulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya tekstlari bir necha Yuz yillar davomida Yuzaga kelgan. U ikki qismdan - qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va Yangi axdnoma (Novy zavet) dan iborat. Iudaizm ruhoniylari Yangi axdnoma tannax deb ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo - Yaxve "mukaddas yozuvlar" sifatida Yahudiylarga Yuborgan. Aslida esa Yangi axdning mualliflari uni yoziShda qadimgi SHarq xalqlarining turli diniy e’tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va diniy-falsafiy qaraShlar, muhabbat kissalari va boShqa Shunga o‘xShaSh manbalardan foydalanganlar.
quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va Yunonlar tomonidan bir necha bor bosib oliniShi tufayli Yahudiylar Falastinni taShlab ketishga majbur bo‘ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar Yahudiylarning diniy markazi Kuddus Sharif ibodatxonasini buzib taShladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan Yahudiylar turli joylarda mahalliy yig‘iliShlar – sinagoglar tashkil etdilar.
Yahudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. Yahudiy dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida Shakllangan 5 ta kitobdan iborat. Tavrotni SharxlaSh natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo bo‘lgan. Ularni qo‘ShiShdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va boShqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan.
Yahudiy dinidaga asosiy aqida yakka xudo - Yaxvega e’tiqod qiliShdir. Diniy aqidalardan birida zamona oxir bo‘lgach, Yaxve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni Yuborib, "mumtoz xalq" ni dunyoga hukmron qilarmiSh. Iudaizmda maxdiylik g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso xudoning amrini erga etkazib turuvchi payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunoxdan saqlaSh maqsadida xudo erga Yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan.
Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta’limotining muhim akidalaridan biri kiShilarni azob-uqubatlardan qutqariSh bilan Yurtda adolat o‘rnatib, olamni yangilovchi Maxdiyning keliShini kutiShdir. Iudaizm ta’limoti inson hayotini 600 turdan zied toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi.
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘naliShari paydo bo‘lgan. Iudaizmda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni zamonaviylaShtiriShga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o‘z sistemasiga ba’zi tuzatiShlar kiritiShga majbur etdi.
Iudanizmning asosiy aqidalaridan orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona xudo bo‘lmiSh Yaxvega e’tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan Yuboriladigan xaloskor Mahdiga iShonch; bu xaloskor dunyoni qayta qurar va butun Yahudiylarni falastindan Sinion (quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to‘plaShi va ularning duShmanlarini jazolaShi, narigi dunyoga iShonch, oxiratda har kimning o‘z qilmiShiga yaraSha ajrini topiShi, jannat va do‘zaxlarning mavjudligiga, dunyoning oxiri borligiga, muqaddas kitoblarning benuqsonligiga iShoniShdir.
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliyaning birinchi besh kitobi bo‘lmiSh Tavrot (aynan tarjimasi qonun, Musoning beSh kitobi) Yahudiylarga etkazish uchun Muso payg‘ambarga xudo Yaxvening Shaxsan o‘zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boShqa qismlari esa (Qadimgi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita pand-nasihatlari ta’siri natijasida Yahudiylarning boShqa turli payg‘ambarlariga Yuborilgan deb tushuniladi. Shunday qilib Bibliyani ShakllaniShi uzoq davrni o‘z ichiga oladi.
Odatda iudaizm Shartli raviShda ikki davrga bo‘linadi. Birinchisi, qadimiy (quldorlik davri bo‘lib, u milodning II asrigacha bo‘lgan bu davrda Bibliyaning qadimiy ahd qismi Yuzaga kelgan. Ikkinchisi, XIX asrgacha davom etgan O‘rta asr feodal, ravvin, talmud, an’anaviy davrlarga bo‘linadi. SHu davrlarda diasporalarda (Yun. tarqoq falastindan tashqaridagi Yahudiy masqanlarining nomi) Tavrotni talqin etish natijasida iudaizmning yangi bir mukaddas kitobi Talmud (qadimgi Yahudiy tilida o‘rganiSh) Shakllangan. Unda iudaizmning aqida va marosimlari batafsil yoritilgan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boShlarvda iudaizmda yangi bosqich- isloh qilingan iudaizm vujudga kelgan. Bu davrlarda yangi burjua Sharoitiga moslaShiSh maqsadida aqidalarni yangilaSh va Talmudda belgilangan bir qator yo‘l-yo‘riqlardan, ibodatlardan voz kechiShlar ro‘y bergan.
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal (sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo‘lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo‘naliShdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Utgan asrning 20-30-yillarida g‘arbda rekonstruksionizm deb nom olgan, go‘yoki Shaxsiy milliy mansubligini belgilaydigan iudaizm "Yahudiylar revolYusiyasidir" deb e’lon qilgan yangi yo‘naliShlar ham kiradi.
Markaziy Osiyoda yashayotgan Yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal Shakldagi iudaizm mavjud va ular Shartli raviShda etnik ko‘riniShlar tartibiga muvofiq to‘rt xil, bo‘lib ular evropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat Yahudiylariga bo‘linadi.
Bu joylardagi Yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro Yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va eron orqali kirib kelgan bo‘lsalar kerak. Bunga ularning qadimgi Fors lahjalarining tojik Shevasidan biri bo‘lmiSh tili, Shuningdek, ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib qolgan elatlar madaniyatining birgina obidasi - Yahudiylarning lug‘ati 1327 yil Urganchda yozib tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro Yahudiylari o‘zlarining etnik xislatlarini hammadan ko‘proq anik saklab qolgan Yahudiylardir. Bularga Bibliya iudaizmining asoslari oilaviy-maiShiy tartibdagi patriarxal odatlar bo‘lmiSh "xalitso"-"to‘rt tirsak", "ketuba", "kadiSh" o‘n kiShidan kam bo‘lmagan dindoShlar iShtirokida vafot etgan ota-onaga bag‘iShlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, ko‘p asrlar mobaynida ular yo‘qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda saqlanib qolgan va juda oz, tor darajadagi kiShilar -ravvinlargina biladigan, qadimgi Yahudiy tili bo‘lsa kerak. Tat Yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganidek, Dog‘iston, SHimoliy Kavkazda yaShovchi "tog‘lik Yahudiylar" eron lahjalari Shevasidan biri bo‘lgan tat tilida so‘zlaShganliklari uchun ham eroniy tilda so‘zlaShuvchi xalq hisoblanadi. CHamasi, ular V-VI asrlarda Darbantga erondan ko‘chib kelgan bo‘lib, avval Zardushtiylikni, keyin esa ikki asrlik Hazar kogonlarining hukmronlik davrida iudaizm ta’siriga o‘tganlar. Iudaizmda markaziy diniy tashkilot yo‘q, Moskvadagi xoral sinagogi va Shibatda (o‘quv Yurti) ruhoniy xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boShqalar tayyorlanadi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish