Konfutsiychilik. Bu oqim qadimga Xitoyda eramizdan avvalgi VI-V asrlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta’limotga ma’rifatparvar Konfutsiy (Kun-Szi, 551-479 yillar) asos solgan.
Konfutsiychilik ta’limotida dunyoqaraSh masalalariga emas, balki ijtimoiy axloq muammolariga ko‘proq o‘rin berilgan. Unda "axloqli kiShi" bo‘liSh, doniShmandlardan ta’lim oliSh haqidagi goyalar ilgari suriladi. Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatda hukm surgan "jen" insonparvarlikka rioya qilmog‘i lozim. Bu esa kamtarlik, onglilik, vazminlik, mehribonlik, odillik, saxiylikdan iborat. Inson "jen" qonunini o‘zlaShtiriSh uchun jamiyatda tutgan o‘rniga qarab "li" me’yorlarini bajariShi talab etiladi. An’analar, urf-odatlar Shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning "axloqiy ulug‘" boShliqlarga itoat qiliShi zarurligi Shu bilan oqlangan.
Konfutsiychilikda kiShilarni Yuqori va quyi tabaqalarga ajratiShda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib chiqiShi asosiy rol’ o‘ynamagan, balki bunda Yuksak axlokiy fazilatning xizmati katta deb hisoblangan. Biroq bu hukmron va qaram tabaqalarga ajratShp butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfutsiyning fikricha, tabaqalarga ajratiSh tartibi eski an’analarga asoslaniShi va uni davlat boShqariShi lozim. Nomlarning to‘g‘rilaniShi, CHjen-min siyosati bu tartiblarni amalga oShiriSh quroli qilib belgilangan. CHjen-min siyosati bo‘yicha hamma narsa va hodisalar o‘z ismiga mos keliShi kerak. Ana Shunda hamma o‘z huquqi va majburiyatini biladi.
Eramizning boShida konfutsiychilikka diniy g‘oyalar kiritilgan va u diniy ta’limot sifatida talqin qilina boShlangan. Konfutsiyning qabri yoniga ko‘plab ibodatxonalar qurilgan, unga qurbonliklar qilina boShlangan. SHu tarika Konfutsiy xudo darajasiga ko‘tarila boShlagan. XX asr boShlariga kelib, Konfutsiy Sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni tobora ko‘paya bordi.
Konfutsiychilikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy hukmroni esa xudolar bilan insonlar o‘rtasidagi vositachi, "osmon o‘g‘li", deb talqin qilina boShlagan. Xitoy imperatorlarini hatto xudo darajasiga ko‘tariShgacha borib etilgan.
Konfutsiychilikda ajdodlarga va ruxdarga sig‘iniSh muhim o‘rin egallaydi. SHu boisdan qurbonlik qiliSh, tug‘iliSh, oila quriSh, dafn va boShqa marosimlar tantanali rejimda o‘tkaziladi. Bularni davlat hokimlari, oila yoki urug‘ boShliqlari boShqaradilar.
Konfutsiychilikda koxinlar bo‘lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali ta’limot ham bo‘lmagan. Keyinchalik bu ta’limotlar yaratilib, 13 ta kitobda, sharhi esa 40 jilddan iborat kitobda bayon qilingan. Bularning eng ahamiyatli qismi 9 ta kitobdan iborat. Bular: "SiShu" (To‘rt kitob) va "Utszin" (Besh kitob)dir. Bu qonunlar ham diniy "muqaddas", ham dunyoviy doniShmandlik manbai hisoblanadi.
Konfutsiychilik tarafdorlari diniy kitoblardagi ta’limotga qat’iy rioya qiladilar; bu ta’limot mavjud tuzumning engilmasligini targ‘ib qilganligi uchun Xitoy feodalizmining asosiy mafkurasi bo‘lib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |