6-jadval O’quvchidagi nutqiy ko’nikmalar va ijodiy tafakkur integratsiyasining MYaBT-4 moduli sathlarida moddiylashuvi jarayoni
-Mustaqil yaratilgan matn - o’quvchining bir mavzu doirasidagi ijodiy tafakkuri, nutqiy bilim, ko’nikma va malakalari integratsiyasi mahsulidir.
-Mustaqil yaratilgan matn – o’quvchidagi nutqiy qobiliyat, yozma fikr ifodalash malakasining muayyan shakl, mavzu, zamon va makonda yaxlitlanishidir. -
-Mustaqil yaratilgan matn - o’quvchining nutqiy qobiliyati, tafakkur va tasavvur ko’lami, yozma fikrlash malakasi haqidagi haqiqiy daliliy ashyo.
-Mustaqil yaratilgan matn – o’quvchi (abiturient)ning kommunikativ savodxonlik, nutqiy salohiyati darajasini aniqlashning ishonchli vositasi.MYaBT-4 modulining tajriba-sinov jarayonida aniqlangan yana bir ta’limiy - rivojlantiruvchi xususiyati shundaki, uning har bir bosqichi mustaqil me’yoriy ko’rsatkichga ega bo’lib, o’qituvchi ulardan dars maqsadiga ko’ra yaxlit yoki alohida holda foydalanishi, yozma nazorat ishlari o’tkazishi mumkin. Aslida ham, MYaBT-4 imkoniyatlaridan o’quvchi bilimi, nutqiy qobiliyatiga qarab foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, o’qituvchi modulning 1-bosqichidan fonetika (leksika, morfologiya, sintaksis) bo’limida o’rganilgan mavzuni mustahkamlash vositasi sifatida alohida foydalanish:
5-9-sinflar, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun EGS vositasida nutq o’stirish uchun mustaqil ishlar.
5-9-sinf o’quvchilari uchun mustaqil ishlar:
1. EGSlar tasnifini o’qituvchi yoki o’quvchi ijrosida tinglang va takrorlang.
2. EGSni o’qituvchi ovoziga taqlid qilib, og’zaki tasniflang.
3. Berilgan EGSdan foydalanib, tasnifiy-grammatik matn yarating.
4. Berilgan EGS asosida savol va topshiriqlar, nazorat testlari, SBlari, gaplar tuzing.
5. Rangli grammatik slaydlarni kodoskop, monitor, videooko, proektor ek-ranida namoyish qilish orqali yangi mavzuni tushuntiring.
6. O’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lib, EGS ishtirokida o’yin - musobaqalar, bahs - munozaralar, quvnoqlar va zukkolar tanlovi o’tkazing.
7. Nutqiy birliklar (so’z birikmasi, ibora, hikmatli so’z, gap, matn) topish, hosil qilish bo’yicha “Kim tezroq?” o’yinlari tashkil qiling.
8. Mavzuga oid EGS dan foyda-lanib, «Aqliy hujum», «Debat», bahs-muhokama va musobaqa darslarini tashkil qiling.
9. O’rganilgan EGSlar asosida «Zakovat» intellektual o’yinlarini tashkil qiling.
10. O’rganilgan EGS asosida nutq o’stirishga yo’naltirilgan «Konferentsiya darslari» tashkil qiling.
11. O’rganilgan EGS asosida «Eng yaxshi grammatik matnlar» tanlovini o’tkazing;
12. EGS dan foydalanib «Eng yaxshi test topshiriqlari» musobaqasini, EGSni og’zaki tasnif qilish bo’yicha “Eng yaxshi suxandon” tanlovini o’tkazing;
13. EGSni yozma tasnif qilish bo’yicha “Eng yaxshi sharhlovchi” tanlovini o’tkazing, g’oliblarini rag’batlantiring;
14. EGSni badiiylashtirib, yumoristik matn tuzish bo’yicha “Eng yaxshi yumorist” tanlovini o’tkazing, g’oliblarni rag’batlantiring;
15. EGSdan foydalanib, MYaBT-4 moduli tizimida matn yarating.
16. EGSdan foydalanib savol va topshiriqlar tuzing.
17. EGSdan foydalanib nazorat testlari tuzing va h.k.
Matn yaratishga tayyorlovchi mustaqil ishlar (7-9-sinflar uchun):
18. Berilgan EGS asosida muammoli savol tuzing.
19. Berilgan EGS yordamida nazorat testlari tuzing va uni himoya qiling.
20. Berilgan EGSdan foydalanib, shu mavzuga oid nazorat testlarini eching.
21. EGSdan foydalanib, 4 bosqichli modul tizimida matn yarating.
22. Avval o’rganilgan mavzularni takrorlashga xizmat qiluvchi nazorat va ijodiy testlar tuzing. 23. O’rganilgan EGS ni yozma tasniflang, fikringiz isboti uchun misol, izoh va dalillar keltiring 24. O’rganilgan EGS yuzasidan taklif, tanqidiy fikr bildiring, fikringiz isboti uchun dalillar keltiring.
Demak, yuqorida ko’rib o’tilgan o’quvchilarda kommunikativ savodxonlikni ta’minlash, og’zaki va yozma fikr ifodalash ko’nik-masini shakllantirishning tajribada sinalgan, ishonchli usuli - m a t n u s t i d a i sh l a sh va m u s t a q i l m a t n ya r a t i sh dir. Bunday faoliyatning o’quvchi uchun kundalik, oddiy ehtiyojga aylanishi esa ta’lim sifatining yuqoriligi, darsda o’quvchi shaxsining ustuvor mavqeda ekanligidir.
Matnlar nafaqat mazmuni, shakli, balki, uslubiy jihatidan ham rang-barangdir. Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limida so’zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy - idoraviy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslublar o’zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |