Asosiy adabiyotlar:
1. Ne’matovH.,G’ulomov A. Maktabda til sathlarini o’zaro bog’lab o’rganish, -T.: 1992.
2. G’oziev E. O’quvchilarni umumlashtirish usullariga o’rgatish va ularning
aqliy taraqqiyoti, -T.: "O’qituvchi", 1983.
3. G’ulomov A.Q. Ona tili o’rganish printsiplari va metodlari., -T.: "O’qituvchi",
1992, 5-41 -betlar.
4 Ne’matov H., Rasulov R.O’zbek tili leksikologiyasi asoslari, -T.: O’qituvchi, 1995.
5. Ne’matov H., G’ulomov A.,Ziyodova T. O’quvchilar so’z boyligini oshirish. -T.: 1996
6. A. G’ulomov., H. Ne’matov Ona tili ta’limi mazmuni. –T.: 'O’qituvchi", 1995.
7. G’ulomov A., Qobilova B. Nutq o’stirish mashg’ulotlari.-T.: O’qituvchi", 1995.
8. Qosimova N. O’rta maktablarning 5 - sinflarida "Lesikologiya" bo’limini
o’rganishda sinonim so’zlar ustida ishlash. Toshkent, 1996.
9. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi. Fan.-T.: 2008
10.Ziyodova T .To’xliev B.Shamsieva M O’zbek tili o’rganish metodikasi. .-T.: 2010
5-mavzu . Ona tili ta’limida o’qituvchi faoliyati
Asosiy savollar
1. O’qituvchining darsga tayyorlanishi
2. O’qituvchi faoliyati modeli
3. Dars bayonnomasini yozish
4. Darsni tashkil qilish
Fanni o’rganish texnologiyasi
Ona tili ta’limida o’qituvchi faoliyati mavzusidagi ma’ruza
mashg’ulotiningtexnologik xaritasi
TG’R
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs,vaqt
|
1
|
1.Tayyorlov bosqichi:
Dars maqsadi: Ona tili ta’limida o’qituvchi faoliyati haqida ma’lumot beradi 1.2.Identiv o`quv maqsadlari:
1.2.1. Ona tili ta’limida o’qituvchi faoliyati tushunchasining mazmunini ochib beradi. 1.2.1. Ona tili ta’limida o’qituvchi faoliyatini kengaytirish nima ekanligini aytib beradi. 1.2.3. Ona tili ta’limida o’qituvchi faoliyati haqida umumlashti ruvchi xulosa chiqaradi . 1.2.4. O’quvchi tarbiyasida o’qituvchi faoliyatining tutgan o’rni va roliga baho beradi..Asosiy tushuncha va iboralar: o’qituvchi faoliyati, ta’lim, dars, innovatsion texnologiyalar, o’rganish,usul.Tilni tizimli o’rganish - til sathlarini o’zaro uzviylik va uzluksizlikda o’rganish demakdir.1.3.Dars shakli : Guruh va mikroguruhlarda. multimedia, suhbat, hikoya 1.4. Asosiy metod va usullar: AKT,ZPT, , baxs-munozara.1.5.Kerakli jihoz va vositalar: videoproektor, tarqatma mater-lar
|
O`qituvchi
|
2
|
O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi:
2.1.Mavzu e’lon qilinadi.
2.2.Ma’ruzaning asosiy qismlari bayon qilinadi
|
O`qituvchi
15 minut
|
3
|
Guruhda ishlash bosqichi: 3.1.Talaba savolariga javob beriladi.
3.2. Ma’ruza bo’yicha nazorat test savollari tuzish.
3.3. Test savollarini guruh oldida himoya qilish.(nutq madaniyati shakllantiriladi, egallangan BKMlar darajasi aniqlanadi)
|
O`qituvchi
Talaba
40 minut
|
4
|
BKMlarni mustahkamlash va baholash bosqichi.4.1. Og’zaki so’rov.
-Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
-MYaKSh. “Til o’rganish metodikasi” nomli matn yarating.
Eng faol talabalar baholanadi.
|
O`qituvchi
15 minut
|
5
|
O’quv mashg’ulotlarini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi sinaladi,
5.2.mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O’qituvchi darsda erishilgan natijalarni tahlil qiladi, kerakli xulosa chiqariladi
|
O`qituvchi
10 minut
|
O’qituvchi faoliyati til materiallarini tanlash va uni o’quvchiga berish usullaridan tortib, ularning o’quv mehnatini tashkil etish, egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni baholashga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni o’z ichiga oladi.
O’quvchi faoliyati deyilganda egallangan bilimlarni ularga tanish va notanish sharoitlarda qo’llash, shu asosda malaka va ko’nikmalar hosil qilishga karatilgan harakatlar yig’indisi tushuniladi.
Ona tili ta’limi jarayonida bilim oluvchi (o’quvchi) va bilim beruvchi (o’qituvchi) faoliyatlari o’zaro qo’shilib, bir butunlik, ijodiy hamkorlikni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |