4-MARUZA SHAHARSOZLIK FAOLIYATI TUG’RISIDAGI QONUN XUJJATLARI VA UNGA MUVOFIQ CHIQARILGAN NORMATIV-HUQUKQIY XUJJATLAR QUYIDAGI PRINSIPLARGA ASOSLANADI.
5-MARUZA SHAHARSOZLIK FAOLIYATINING ALOXIDA TARTIBGA SOLINISHI.
Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik soxasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ta’minlash mumkin bo’lmasa yoki qiyin bo’lsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadi.
Alohida tartibga solinishi lozim bo’lgan shaharsozlik faoliyati obyektlari (bundan buyon matnda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari deb yuritiladi) umumdavlat va maxalliy axamiyatga molik bo’lishi mumkin. Mazkur obyektlarni umumdavlat va maxalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim:
hududlar va aholi punktlari tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchraganda;
hududlar konsentrasiyasi yo’l qo’yiladigan darajadan ortik kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo’l qo’yiladigan darajadan ortik miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslanganda;
mazkur faoliyat alohida muxofaza etiladigan tabiiy xududlarda amalga oshirilayotganda.
Shaharsozlik faoliyatining aloxida tartibga solinadigan obyektlari jumlasiga quyidagi axoli punktlari kiritilishi ham mumkin:
O’zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent shahri;
Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxti - Nukus shahri;
viloyatlarning ma’muriy markazi bo’lgan shaharlar; hududida madaniy meros obyektlari bo’lgan shaharlar; kurort-shaharlar;
qo’riqxona-shaharlar;
yashash va faoliyat ko’rsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (xarbiy shaharchalar va o’zga rejimli hududlar, davlat qo’riqxonalaridagi, milliy bog’lar va boshqa aloxida muxofaza etiladigan tabiiy xududlardagi aholi punktlari).
Shaharsozlik faoliyatinnng alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari ma’muriy-xududiy tuzilmalar chegaralariga to’g’ri kelmasligi mumkin hamda ular qonun xujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini aloxida tartibga solish xududlardan foydalanishning quyidagilar qamrab olingan maxsus qoidalarini joriy etish yo’li bilan amalga oshiriladi:
maxsus shaharsozlik normalari va qoidalari;
shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashning aloxida tartibi;
obyektlar qurilishiga maxsus ruxsatnomalar berish.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan xududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:
hududlar va aholi punktlarini mazkur ta’sirdan ximoya qilishning maxsus tarxlari va loyihalarini ishlab chiqish;
shaharsozlik xujjatlarini kompleks muxandislik qidiruvlari natijalarini hisobga olmasdan turib ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlash orqali amalga oshiriladi.
Konsentrasiyasi yo’l qo’yiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo’l qo’yiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda axolining yashashi hamda xo’jalik va boshqa faoliyat olib borishi inson hayoti va sog’lig’iga xavf tug’dirayotgan bo’lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservasiya qilinishi va ularga maxsus ishlov berilishi lozim. Mazkur xududlarning ifloslanish
darajasiga hamda ularni sog’lomlashtirish usuliga qarab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.
Madaniy meros obyektlari, alohida muxofaza etiladigan tabiiy hududlari bo’lgan xududlarda va axoli punktlarida muxofaza zonalarining chegaralari belgilanib, ular doirasida madaniy meros obyektlariga, aloxida muxofaza etiladigan tabiiy xududlarga zarar yetkazadigan yoki ularning xolatini yomonlashtiradigan hamda ularning yaxlitligini va saqlanishini buzadigan xo’jalik hamda boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Madaniy meros obyektlarining, alohida muxofaza etiladigan tabiiy xududlarning muxofaza zonalari chegaralari shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadi hamda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |