Sovuq oldirish.
Past harorat ta’sirida to’qimalarning chegaralanagan shikastlanishi sovuq oldirish deyiladi. Sovuq qoldirishning asosiy sababi past haroratni tana to’qimalariga uzoq vaqt ta’sir etishidir. Lekin sovuq oldirishning rivojlanishiga va sovuqning ta’sirini kuchayishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Meterologik faktorlardan bo’lgan namlik sovuq oldirishning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Hatto Q2O S va Q5O S haroratda, yuqori darajadagi namlik bo’lgan holatda oyoq barmoqlarini sovuq oldirish mumkin. Boshqa iqlim omillaridan shamol kuchli sovuq oldirishni rivojlanishiga ta’sir qiladi. Sovuq oldirishda organizmning shaxsiy moslashishi – adaptatsiya imkoniyatini ahamiyati katta, shu sabab shimolda yashovchi aholi ichida sovuq oldirish ka uchraydi. Ushbu jarayonda organizmning umumiy qarshilik ko’rsata olish kuchi ham ahamiyatli. Bemorning harakatsizligi, es-hushini xiralashishi, turli ekstremal holatlar (og’ir shikastlanish, jarohatlanish), yurak va tomirlarning surunkali kasalliklari sovuq oldirishni hosil bo’lishida va uning kechishini og’irlashtirishga sabab bo’ladi.
Past harorat va yuqori namlik sharoitida xismoniy charchash (uzoq vaqt piyoda yoki chang’ida yurish), organizm energetik sarfini kuchayishi ham sovuq oldirish yoki muzlashga olib keladi. Ko’pincha sovuq oldirishni sabablari ichida mastlikni alohida o’rni bor. Alkogol teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi, natijada issiqlik yo’qotish ortib, sovuq oldirishga imkoniyat yaratiladi. Mushaklarning bo’shashi yoki oyoq-qo’llarning maksimal darajada bukilib turishi ham sovuq oldirishga olib kelishi mumkin.
Sovuq oldirishning sabablari turli-tuman. Ortiqcha namlik, uzoq vaqt sovuq ta’sir etishi, tor va ho’l poyabzal kiyish, uzoq vaqt harakatsiz turish kabi sharoitlarda organizmning tegishli qismini sovuq oladi. Ko’pincha badanning ochiq joyini, qo’l va oyoqlarni, quloq va burunni sovuq oladi. Sovuq olganda bemor oldin sovqotadi, keyin og’riq sezmaydigan bo’lib qoladi, sovuq urgan er hech narsani sezmaydi.
Sovuq oldirish 4 ta darajada kechadi:
darajada sovuqni qisqa vaqt ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. To’qimalar gipotermiyasi sezilarli darajada bo’lmaydi. Terining almashinadi. Ba’zan teri ko’kimtir yoki marmar rangda bo’ladi, isitilgach, sezuvchanlik tiklanadi. Barmoqlardagi harakat faol bo’ladi. Ko’pincha sovuq olgan badan qismi harorati tananing boshqa sohalariga qaraganda yuqoriroq bo’ladi.
– darajada tiniq suyuqlik bilan to’lgan pufaklarning hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Agar dastlabki sutkalarda pufaklar paydo bo’lmasa, sovuq olgan teri rangsizlanib, isitilgach qizaradi, ko’kimtir tusga kiradi. Bunday teri og’riq va harorat ta’siriga sezuvchan bo’ladi. Terining o’suvchi qavati shikastlanmagani uchun teri 1-2 haftada to’liq tiklanadi. Tirnoqlar uzilib tushadi, lekin qaytadan o’sib chiqadi.
1 va 2- darajali sovuq oldirish yuzaki jarohat hisoblanadi.
– darajada sovuq oldirish past haroratning davomli ta’sir etishi natijasida ro’y beradi. Bunda pufaklar erta paydo bo’lib, qon aralash suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Agar pufaklar paydo bo’lmasa, terining sovuq olgan qismi to’q qizil – ko’kimtir tusga kirib, ushlab ko’rilganda sovuq bo’ladi. To’qimlarni o’lish sohasi teri osti klechatkasidan boshlanadi. Teri mustaqil ravishda tiklanishi mumkin emas. Tirnoqlar regeneratsiyasi Terining shikastlangan qismlarida mexanik va termik ta’sirlarga nisbatan sezuvchanlik yo’qoladi.
– darajada sovuq oldirish – sovuqni uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Jarohat chuqurligi suyak va bo’g’imlargacha etib boradi. Sovuq olgan joy ko’kimtir, ushlab ko’rilganda sovuq bo’ladi. Shish 1-2 soatlardan keyin boshlanadi. Shish odatda yuqoriga qarab ko’tarilib boradi, nam gangrena vujudga keladi.
3- va 4- darajali sovuq oldirishlar chuqur jarohat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |