Birinchi tibbiy yordam o’z-o’ziga va o’zaro yordam ko’rinishida ko’rsatiladi:
Xonaga olib kirish, poyafzal, paypoq va qo’lpaypoqlar echiladi.
Bemorning oyoq va qo’li 17-180 S li suv to’ldirilgan vannaga solinib, 1 soat davomida suvning haroratini asta-sekin 360 S gacha ko’tariladi va uqalanadi.
Issiq ichimlik ichirilib, o’rab yotqizib qo’yiladi.
Organizmning umumiy muzlashi butun tanaga past haroratni uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Umumiy muzlash yurak va nafas, hayotiy zarur organlarning faoliyatini keskin buzilishi, tana haroratini 30-320 S dan pasayishi bilan xarakterlanadi. Sovuq ta’sirida organizmni boshqarish buziladi, gipoksiya holati ro’y beradi, natijada bosh miyaning funktsiyasi pasayib, hushdan ketish ro’y beradi, arterial qon bosimi tushib ketadi, nafas keskin buziladi, soxta o’lim (mnimaya smert) belgilari vujudga keladi. Tana haroratining pasayib borishi yana ham og’ir qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |