O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Cho’kishda birinchi tibbiy yordam



Download 4,93 Mb.
bet78/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Cho’kishda birinchi tibbiy yordam.


Cho’kishda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish har bir fuqaroning va ayniqsa tibbiy xodimning vazifasi hisoblanadi.

Suvdan olib chiqilgan odamga yordam ko’rsatishni boshlashdan oldin cho’kkanning es-hushi joyidami, yo’qmi, yurak va nafas faoliyati bormi, yoki yo’qmi aniqlab olish kerak. Cho’kkan odamning transportirovka qilish uni batamom terminal holatdan chiqargach qilinadi.

Agar cho’kkan odamning es-hushi joyida bo’lsa, uni tinchlantirib, isitiladi, ho’l kiyimlari echilib, issiq choy, kofe, tomchilab kordiamin beriladi. Kasalxonaga yuboriladi.

Agar cho’kkan odam behush bo’lsa, lekin yurak va nafas faoliyati saqlanib qolgan bo’lsa, nashatir spirti hidlatiladi, isitiladi, tanasi ishqalanadi. Kerak bo’lsa, kordiamin, lobelin, efedrin infektsiya qilina-di. Kasalxonaga transportirovka qilinadi, tez davo choralari boshlanadi-kislorod ingalyatsiya qildiriladi, vena orasiga yuqori molekulali deks-tranlar, bikarbonat natriy yuboriladi.

Agar cho’kkan odamda hayot belgilari bo’lmasa, nafas yo’llarini suvdan, yot narsalardan tozalab, iloji boricha tez sun’iy nafas oldirib, yurakni yopiq massaj qilishni boshlash kerak.

Og’iz bo’shlig’idan yot narsalarni barmoqlar yordamida olib tashlanadi. Ko’rsatkich barmoqni hiqildoq qapqog’igacha tiqib tekshirib ko’rish kerak. Agar jag’lar yumilib qolgan bo’lsa, og’izdan burunga sun’iy nafas oldirish kerak.

Nafas yo’llaridan suvni chiqarib tashlash uchun qutqaruvchi cho’kkan odamni tizzasi bukilgan oyog’iga qorni bilan yotqizib, orqasidan bosadi. Ko’pincha bu yaxshi natija bermaydi.

Traxeyani laringoskop yordamida intubatsiya qilish va rezina naycha yordamida yuqori nafas yo’llaridagi suvni so’rib olib tashlash mumkin.

Sun’iy nafas oldirishning og’izdan-og’izga va og’izdan burunga usul-lari keng qo’llaniladi.

Qon aylanishini tiklash, yurakni yopiq massaj qilishdan boshlanadi. Cho’kishda o’z vaqtida malakali ko’rsatilgan birinchi tibbiy yordam MNS, nafas va yurak faoliyatini tiklashida muhim rol o’ynaydi.

Cho’kishni oldini olish uchun: suv havzalari yaqinida bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, ko’priklar va boshqa suv qurilmalari bor joylarda, mast holda, ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o’tmasdan, jismoniy va ruhiy charchoq holatida, uzoq vaqt quyosh nuri ta’sirida bo’lganda cho’milmaslik, sayoz suv havzalariga kalla tashlamaslik kerak.


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish