Elektr tokining inson organizmiga ta’siri:
Biologik ta’sir – inson organizmi to’qimalaring qo’zg’alishi va ta’sirlanishi. Natijada skelet mushaklarini qattiq siqilishi, ba’zi hollarda nafas olishning to’xtab qolishini kuzatish mumkin.
Elektrolitik ta’sir – inson organizmidagi suyuqliklarning elektr toki ta’siridagi elektroliz (qondagi fiz va kim xususiyatlarining o’zgarishi)
hodisalarining yuz berishi, qon to’qimalari va molekulalari xususiyatlarining o’zgarishi.
Issiqlik ta’sir – inson tanasi ayrim a’zolarining kuyishi va qon hamda qon tomirlarining tok ta’sirida qizib ketishi.
Mehanik ta’sir – inson tanasi a’zolari va to’qimalarining qatlamlarga ajralib ketishi va to’qimalarning yorilishi.
Elektr tokidan engil shikastlangan vaqtda skelet mushaklarining kuchli titrab qisqarishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi, ko’krakda og’riq, umumiy darmonsizlik, halloslash kuzatiladi. Og’ir hollarda yuqoridagi simptomlardan tashqari hushdan ketish ro’y beradi. Bir vaqtning o’zida kuchli hayajonlanish, retrograd amneziya, sezuvchanlik, ko’rish, eshitish, hid bilish qobiliyatlarining buzilishi, turli patologik reflekslarning paydo bo’lishi, kalla suyagi ichki bosimning ko’tarilishi kuzatiladi. Puls sekinlashadi, yurak tovushlari sust eshitiladi, titratuvchi aritmiya vujudga keladi.
Organizmning barcha organ to’qimalari elektr tokidan shikastlanishi mumkin. Lekin tok ko’proq tokning kirish va chiqish yo’li o’rtasidagi sohalarni zararlaydi – «tok belgilari». To’qimalardagi bu o’zgarishlar oddiy kuyishlardan farq qiladi - to’qimalarning zararlanishi chuqurroq, yiringli protsesslarning vujudga kelishi kamroq, kuyish sohalarida chandiqlarning bo’lmasligi, ko’zga ko’ringan mahalliy o’zgarishlar bilan organ va to’qimlarning elektrda shikastlanish alomatlarining mutanosib-ligini yo’qligi, nerv retseptorlarining zararlanishi tufayli og’riqning sezilarli bo’lishidir.
Elektr tokidan engil shikastlangan vaqtda skelet mushaklarining kuchli titrab qisqarishi, bosh og’rishi, bosh aylanishi, ko’krakda og’riq, umumiy darmonsizlik, halloslash kuzatiladi. Og’ir hollarda yuqoridagi simptomlardan tashqari hushdan ketish ro’y beradi. Bir vaqtning o’zida kuchli hayajonlanish, retrograd amneziya, sezuvchanlik, ko’rish, eshitish, hid bilish qobiliyatlarining buzilishi, turli patologik reflekslarning paydo bo’lishi, kalla suyagi ichki bosimning ko’tarilishi kuzatiladi. Puls sekinlashadi, yurak tovushlari sust eshitiladi, titratuvchi aritmiya vujudga keladi.
Yurakning to’xtashi elektr tokining adashgan nervga va markaziga to’g’-ridan- to’g’ri ta’sir etishi natijasida, hamda nafas to’xtab, kislorod etish-movchiligi natijasida ro’y beradi. Elektr tokining to’g’ridan-to’g’ri nafas markaziga va nafas mushaklariga ta’sir etishi natijasida bo’g’ilish ro’y berib, nafas to’xtaydi.
Qon tomirlarida ham xavfli o’zgarishlar ro’y beradi : qon tomir devoriga qon quyiladi, devorning muskul tolalari buralib, uziladi. Qon to-mirlarda tromboz vujudga keladi, bu esa nafaqat to’qimalarning zararlanish hududini kengaytiradi, balki keyinroq bo’ladigan qon ketishlarni vujudga keltiradi. Shunday qilib, elektr tokida shikastlanganda bo’ladigan og’ir, ba’zan o’limga olib keladigan holatlar quyidagi sabablar natijasida bo’ladi: yurakning birinchi falajlanishi (oq asfiksiya), nafasning birlamchi falajlanishi (ko’k asfiksiya), miya shishi,
«soxta o’lim» belgilarini rivojlanishi, ya’ni funktsiyalarni keskin buzilishi yoki susayishi, hayot belgilarini yo’qolishi.
Yurakning to’xtashi elektr tokining adashgan nervga va markaziga to’g’ridan- to’g’ri ta’sir etishi natijasida, hamda nafas to’xtab, kislorod etish-movchiligi natijasida ro’y beradi. Elektr tokining to’g’ridan-to’g’ri nafas markaziga va nafas mushaklariga ta’sir etishi natijasida bo’g’ilish ro’y berib, nafas to’xtaydi.
Qon tomirlarida ham xavfli o’zgarishlar ro’y beradi : qon tomir devoriga qon quyiladi, devorning muskul tolalari buralib, uziladi. Qon tomirlarda tromboz vujudga keladi, bu esa nafaqat to’qimalarning zararlanish hududini kengaytiradi, balki keyinroq bo’ladigan qon ketishlarni vujudga keltiradi. Shunday qilib, elektr tokida shikastlanganda bo’ladigan og’ir, ba’zan o’limga olib keladigan holatlar quyidagi sabablar natijasida bo’ladi: yurakning birinchi falajlanishi (oq asfiksiya), nafasning birlamchi falajlanishi (ko’k asfiksiya), miya shishi, «soxta o’lim» belgilarini rivojlanishi, ya’ni funktsiyalarni keskin buzilishi yoki susayishi, hayot belgilarini yo’qolishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |