Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar: ishchilarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni ventilyatsion tizimlarini o’rnatish, eskilarini takomillashtirish, havo xolatini kuzatadigan asboblar o’rnatish va b.
Sanoat korxonalarining bosh rejasida mazkur korxona joylashgan maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko’rinishi va unga tutashuvchi yo’l va yo’lkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish zonalarini ko’kalamzorlashtirish masalalari kiradi, unga ma’lum mablag’ ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |