Kasb kasalliklari tasnifi.
Kimyoviy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: dermatitlar, toksik gepatit, toksik kamqonlik, o’tkir va surunkali zaxarlanish.
Chang omili ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: karbokonioz, pnevmokonioz, silikoz, metallokonioz, changdan surunkali bronxit.
Fizikaviy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: qo’l angionevrozi, dekompression kasallik, o’tkir gipoksiya, nur kasalligi, eshitishning pasayishi, teri kuyishi, katarakta, elektrooftalmiya.
O’ta zo’riqish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar: nevralgiya, nevritlar, bo’yin- ko’krak radikuliti, bo’yin-elka pleksiti, qo’l barmoqlari spazmi, miofastsitlar, deformatsiyalanuvchi artrozlar, radikulonevrit.
Biologik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: brutsellyoz, sibir yarasi, tuberkulyoz, kandidomikoz.
Allergik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasalliklar: laringit, rinosinusit, konyuktivit, rinit, faringit, dermatit, ekzema, bronxial astma.
Kantserogen moddalar ta’siri ostida yuzaga keladigan, yomon sifatli o’sma, onkologik kasalliklar: leykoz, teri o’smasi, oshqozon o’smasi, og’iz bo’shlig’i, nafas a’zolari, jigar va suyak o’smalari.
Ishlab chiqarishda chang eng ko’p tarqalgan noqulay omil hisoblanadi. Sanoat, transport, qishloq xo’jaligidagi ko’plab texnologik jarayonlar chang hosil qilishga sabab bo’ladi. Kelib chiqishiga ko’ra organik (o’simlik va hayvonot), noorganik (metall, mineral) va aralash changlar mavjud.
Ayniqsa, changda azot kremniy ikki oksidning bo’lishi pnevmokonioz kasalligining paydo bo’lishida o’ziga xos rol o’ynaydi. Changning kremniy erkin birikmasida mavjud bo’lgan, ayniqsa miqdori 10 % dan ortadigan kvartsli chang ta’sirida silikoz kasalligiga chalinish mumkin. Bu kasalliklar kon, shaxta, mashinasozlik, shisha, chinni va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlaydigan kishilarda ko’proq uchraydi. Chang organizmga nafas yo’llari, teri va ovqat hazm qilish yo’llari orqali kirib, ishchi xodimlarning zaxarlanishiga sabab bo’ladi hamda o’tkir va surunkali kasb kasalliklarini qo’zg’ashi mumkin.
Ishlab chiqarishda chang eng ko’p tarqalgan noqulay omil hisoblanadi. Sanoat, transport, qishloq xo’jaligidagi ko’plab texnologik jarayonlar chang hosil qilishga sabab bo’ladi. Kelib chiqishiga ko’ra organik (o’simlik va hayvonot), noorganik (metall, mineral) va aralash changlar mavjud. Ayniqsa, changda azot kremniy ikki oksidning bo’lishi pnevmokonioz kasalligining paydo bo’lishida o’ziga xos rol o’ynaydi. Changning kremniy erkin birikmasida mavjud bo’lgan, ayniqsa miqdori 10
% dan ortadigan kvartsli chang ta’sirida silikoz kasalligiga chalinish mumkin. Bu kasalliklar kon, shaxta, mashinasozlik, shisha, chinni va sanoatning boshqa
tarmoqlarida ishlaydigan kishilarda ko’proq uchraydi. Chang organizmga nafas yo’llari, teri va ovqat hazm qilish yo’llari orqali kirib, ishchi xodimlarning zaxarlanishiga sabab bo’ladi hamda o’tkir va surunkali kasb kasalliklarini qo’zg’ashi mumkin. Zaxarlar o’ziga xos ta’sirdan tashqari, organizmning yuqumli va boshqa kasalli
Do'stlaringiz bilan baham: |