“Pinbord” metodi
B.B.B texnikasini qo’llash
Talaba-o’quvchilar o’zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan jadval to’ldiriladi. Ro’yxatga kirmagan, biroq dars jarayonida yangidan paydo
bo’lgan talaba uchun notanish tushuncha va iboralar ham jadvalning ikkinchi ustuniga qo’shimcha ravishda qayd etilib boriladi.
№
|
Mavzu savoli
|
Bilaman (Q -)
|
Bilishni hohlayman
|
Bildim (Q)
|
1.
|
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasidagi qaysi
moddalarida fuqarolar mehnatini muhofaza qilish ko’rsatilgan?
|
|
|
|
2.
|
Mehnat muhofazasi bo’yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi tashkilotlarni
ayting.
|
|
|
|
3.
|
Mehnat kodeksi necha bob va
moddadan iborat?
|
|
|
|
4.
|
“Xotin-qizlarning fiziologiyasi, onalikni himoya qilish, ularning
mehnatini muhofaza qilish” qaysi moddalarda ko’rsatilgan?
|
|
|
|
5.
|
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me’yor va
yo’riqnomalarni buzganlik uchun javobgarlik turlarini ayting
|
|
|
|
Keys stadi
Mehnat muhofazasi – ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog’ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yo’naltirilgan qonunlar majmuasi bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik va profilaktik tadbirlarni o’z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari bo’lishi zarur. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini tasdiqladi. Kodeksning 224-238–moddalarida xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilish o’z aksini topgan.
1-vaziyat: O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi 3 yillik tug’ruq ta’tilidan so’ng mehnat faoliyatini davom ettirish uchun kafedraga murojaat qildi. Kafedra mudiri ayni vaqtda uning ish o’rni band ekanligini, keyinroq bo’sh o’rin bo’lsa xabar berishni aytib, rad javobini berdi.
Muammo: O’qituvchi bu vaziyatda qanday yo’l tutishi kerak? Ish o’rni bo’shagunicha kutishi kerakmi yoki belgilangan mehnat qonunlari asosida o’z huquqini talab qilishi kerakmi? Agar huquqini talab qiladigan bo’lsa qaysi qonun va qaysi moddalarga asosan bu ishni amalga oshirish mumkin?
variant: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-38-moddalari 2-variant: “Mehnat muhofazasi to’g’risida” gi Qonunning 20-22-moddalari 3-variant: Mehnat kodeksining 224-238-moddalari
vaziyat: Kimyoviy xavfli ob’ektda sodir bo’lgan baxtsiz hodisa tufayli bir nechta ishchilarning turli darajada zaharlanishi va bir ishchining o’limi kuzatildi. Maxsus komissiya tomonidan vaziyat o’rganilib chiqilganidan so’ng, belgilangan tartibda aybdorlar javobgarlikka tortilishi aytildi.
Muammo: Sizningcha bu vaziyatda kimlar mehnat muhofazasini qoida, me’yor va yo’riqnomalarini buzganlik uchun qanday javobgarlikka tortiladi?
variant: ishchilar, ma’muriy javobgarlik
variant: rahbariyat va ishchilar, moddiy javobgarlik
variant: korxona rahbari va mehnat muhofazasi muhandisi, jinoiy javobgarlik
Do'stlaringiz bilan baham: |