Akkumulyatorda to‘lib ketish. QVli jarayonlarda qo‘shish, ayirish, MAS-amallar, akku mulyator tarkibini chapga surish amallari bajarilayotganda to‘lib ketish ro‘y berishi mumkin. Uning ikki xil turi mavjud: akkumulyatorning to‘lib ketishi va jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish.
Akkumulyatorning to‘lib ketishi arifmetik amal natijasi akkumulyatorda taqdim etili shi mumkin emasligini anglatadi, chunki u sonlarni akkumulyator so‘zi formatida taqdim etish diapazoni chegaralaridan chiqib ketadi. Akkumulyatorning to‘lib ketishi holat registrida to‘lib ketish bayrog‘ini o‘rnatish bilan kuzatiladi. Akkumulyatorning to‘lib ketish oldini boshlang‘ich ma’lumotlar va arifmetik amallar natijalarini masshtablash yordamida amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda modul bo‘yicha kichik qiymatlarni masshtablashga alohida etiborli bo‘lish kerak, chunki masshtablash natijasida ushbu qiymatlar minimal kattalikdan kichik bo‘lishi mumkin.
Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish quyidagi shartlarni bir vaqtda bajarishda paydo bo‘ladi:
– akkumulyator so‘zi “kengaytirilgan so‘z” formatiga ega bo‘lsa; – akkumulyator tarkibi aralash son bo‘lsa;
– akkumulyatorning bu tarkibi ma’lumotlar xotirasida saqlansa.
120
Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish katta bitga akkumulyator so‘zi qismini
o‘tkazishda ro‘y beradi. Bu natija turining o‘zgarishiga - kasr sondan aralash songa o‘tish belgisidir. Akkumulyatorda natija turi holat registrida tegishli bit (bayroq) holati bilan aks ettiriladi. Bunday bit kengayish biti (Motorola firmasi protsessorlarida), jo‘natishlar vaqtida to‘lib toshish biti (Texas Instruments firmasi protsessorlarida) deb atalishi mumkin. Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketishni masshtablash yordamida bartaraf etish mumkin. O‘ng tarafga surish amalini bajarayotib, aralash son va kasr songa aylantiriladi va ma’lumotlar xotirasida saqlanadi.
Natijalarni yaxlitlash. Xatto akkumulyatorlarda jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish bo‘lmasa ham ma’lumotlar xotirasida saqlash akkumulyatorning kichik LSP so‘zining “akkumulyator so‘zi” formatining protsessor so‘zi formatiga o‘zgarishida qirqish (qisqartirish) natijasida aniqlikning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu natijaviy ma’lumotlarda (masalan, chiquvchi signalda) buzilishi paydo bo‘lishini anglatadi, bu ko‘pincha natijaning o‘zgarishi deb ataladi. Natijani ma’lumotlar xotirasida saqlash paytida yaxlitlash protsedurasi bunday o‘zgarishning oldini oladi. Ayrim protsessorlarda yaxlitlash natijani xotirani saqlash paytida avtomatik ravishda ro‘y beradi. Boshqa protsessorlarda yaxlitlash maxsus buyruq yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |