O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi: 3



Download 2 Mb.
bet7/78
Sana23.04.2022
Hajmi2 Mb.
#576376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
2 5341633044870599389

2. Menejmentning ilmiy maktablari

Boshqaruv fikri g’oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo’lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo’lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko’proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog’liq bo’lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo’yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.


Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o’z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko’rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo’lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy kontseptsiyasining asosiy nazariy maktabi bo’lgan. Bu maktabning ko’zga ko’ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “TSex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor o’z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo’shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho’’baiqish uyg’otgan.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o’rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o’ylagan.
SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:

  • ma’muriyat hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilash;

  • sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;

  • boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;

  • mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo’naltirish;

  • faoliyatni qat’ian tartibga solish;

  • vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to’g’ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o’qitish;

  • xo’jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish;

  • ishlarni rejalashtirish;

  • xodimlarni rag’batlantirish.

Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga frantsuz olimi A.Fayolь va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo’shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilot-larning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo’lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo’lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo’linmalarga bo’lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va Menejmentni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo’lib xizmat qilgan, unga ko’ra odam faqat bitta boshliqdan bo’yruqlar olishi va fakat bitta unga bo’ysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obro’li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o’z xodimlari haqidagi g’amxo’rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko’payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o’z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ko’ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko’llashni ko’zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompьyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko’llashga kuchli turtki bo’lgan bo’lsa kerak. Ular o’sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko’proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo’ladilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish