2. Biznes va menejment.
Biznesni menejmentdan, biznesmenni menejerdan farqlash lozim. Menejer - bu biron-bir tashkilotda faoliyat ko’rsatayotgan boshqaruv sub’ektidir.
Menejer - bu boshqaruv bilan shug’ullanayotgan kasb egasidir, malakali boshqaruvchidir. Menejmentni biznes tushunchasi bilan aralashtirib yuborish mumkin emas. Biznes - ma’lum mahsulot yaratib yoki xizmat turi ko’rsatish yo’li bilan foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Biznesmen - bu mulk, kapital egasi bo’lib, kapitaldan foydalanib daromad oluvchidir, menejer esa boshqaruv bilan shug’ullanayotgan kasb egasidir.
Menejer bu boshqaruv ishlarini amalga oshirayotgan ijtimoiy qatlamdir. 1930 yildan boshlab, bunday faoliyat muhim kasblar qatoridan o’rin oldi, bilimlar majmuasi mustaqil fanga aylandi, ijtimoiy qatlam esa jamiyatdagi ta’sirchan kuchga aylandi. Menejerlarning qabul qilgan qarorlari, davlat arboblari qarorlari singari mamlakatlar va kishilar taqdirini hal qiluvchi kuchga aylandi. Menejerlar bu biror-bir tashkilotda faoliyat ko’rsatadigan boshqaruv sub’ektidir.
Tadbirkorlar korxona yoki tashkilot maqsadlarini shakllanishida tashkilotni boshqarishda, ayniqsa faoliyatni boshlayotgan vaqtda katnashadi. SHuning uchun ularni barchalarini menedjer deb hisoblasa bo’ladi. Ularning ba’zilarni nafaqat ish boshlashda balki korxonaning butun faoliyati davrida samarali boshqaruv faoliyatini olib bordilar. XX-asrda Mao TSzedun mamlakatni yuqori darajaga boshqardi va jaxondagi yirik mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. “AyBiEm” (IBM) kompaniyasi asoschisi Tomas Iotson boshqarish amaliyotida ko’plab usullarni to’zdi va joriy etdi. SHu sababli IBM kompyuter sanoatida birinchilar safiga chiqib oldi. Rey Krok yangi firma tashkil etmagan bo’lsa ham, u “Makdonals” nomini sotib olib, o’zining tadbirkorlik qobiliyati bilan xizmat ko’rsatish sohasida xaqiqiy revolyutsiya qildi. Frederik Smit ham boshqaruv sohasida o’z qobiliyatini namoyish etdi va shu sababli “Federal ekspress” katta muvafakkiyatga erishdi.
Tadbirkorlar ko’pincha tavakkal qilsalar, moliyaviy imkoniyatlarini yaxshi bilsalar ham, dam olmasdan o’zok vaqt ishlasalar ham, ba’zida ular tashkilotni samarali boshqara olmasliklari ham mumkin, ayniqsa tashkilot kengayib borgani sari ular qiynalib qoladilar. Ba’zi tadbirkorlar umuman boshqaruv fuktsiyalarini bajarishga layoatsiz bo’ladilar. Ayniqsa tashkil etish, rejalashtirish va nazorat sohalarida.
3. Menejment turlari va tiplari.
Menejment fani boshqaruvda band bo’lgan odamlar va ular faoliyatini o’rganuvchi fandir. Menejmentning uch turga bo’lish mumkin:
1. Bisiness management - xo’jalik, tijorat tashkilotlarini boshqarishdir, ya’ni biznesni boshqarishdir.
2. Bisiness administration - ma’muriyatni idora etish.
3. Public administration - davlatni boshqaruvchisidir.
Menejmentni yana quyidagi turlarga ham bo’lish mumkin:
Strategik menejment
Ishlab chiqarish menejmenti
Innovatsion menejment
Ma’muriy menejment
Operatsion menejment
Moliyaviy menejment
Xalqaro menejment
Munitsipial menejment.
Ekologik menejment.
Bank menejmenti.
4. Fanning asosiy maqsadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |