3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
O’zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo’llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o’z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo’lganki, ularni o’rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo’llanma bo’ladigan ko’rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg’i bilik”, “Temur tuziklari” va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o’tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O’zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o’tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda “O’zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
4. Menejmentning xorijiy modellari
Menejmentni mavjud bo’lishi davrida ko’pgina xorijiy mamlakatlar, o’zlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko’pgina ma’lumotlarni to’plaganlar.
Bu to’plangan tajribani o’rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. SHuning bilan birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval Yaponiya tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan boshqasiga ko’shirishning amalda iloji yo’q. Menejmentning xususiy modelini yaryatishda mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining pishib yetilishi kabi omillarning ta’sirini hisobga olish zarur.
Menejmentning amerikacha modelini o’rganish ma’lum qiziiqish uyg’otadi. Amerikacha menejment AQSHga g’arbiy mamlakatlar orasida yetakchi o’rinni egallashga imkon bergan.
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi.
Amerikacha mejentment yana o’ziga asoschisi Anri Fayolь bo’lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo’nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko’rsatgan.
20-30 yillarda xo’jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o’tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan.
Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o’zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o’rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi kontseptsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog’liqdir.
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:
bozorning mavjudligi;
ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;
tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.
Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to’rtta asosiy shakllari keng tarqalgan:
Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.
Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo’shma qo’mitalari)ni tashkil qilinishi.
Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.
Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.
Menejmentning yapon modeli ham katta qiziqish uyg’otadi. Yaponiya jahon bozorida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan qo’llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy xarakterning o’ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan.
Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari bo’ladi. Iqtisod va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’langan.
Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga o’xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o’rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo’yicha kattaroq kishiga bo’ysunish an’anasi vujudga kelgan.
Menejmentning G’arbiy Yevropa modelini shakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari katta ta’sir ko’rsatgan. Masalan, bixeviorizim ta’siri ostida boshqaruvni psixologiyalashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Faraz qilinadiki, pulli mukofatlash barcha harakatlarni belgilab beruvchi yagona omil bo’lmaydi. Ular ko’proq yakka shaxsning hulqiga bog’liq bo’lgan psixiologik motivatsiyani belgilab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |