O.Mamatkarimov
2021 yil “______”_____________
MENEJMENT
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
Ta’lim sohasi: 310000 – Ijtimoiy va hulq atvorga mansub fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo’yicha)
Namangan-2021
Fan/modulь kodi
COMMAN7,5
|
O’quv yili
2021-2022
|
Semestr
2
|
Kreditlar
7,5
|
Fan/modulь turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami yuklama (soat)
|
Menejment
|
60
|
80
|
140
|
2
3
4
5
6
7
8
9
|
Fanning mazmuni
Bugungi kunda malakali iqtisodchilar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda. Iqtisodiyot – iqtisodiyot soxasidagi yo’nalish bo’lib, u davlat va xususiy kompaniyalar, ishlab chigarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo’yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar echimlarini menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy kontceptciyalari asosida ishlab chiqish va amalgam oshirishni o’z ichiga oladi. Shu bois “Menejment” fanini chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlari sharoitida muhim o’rin tutadi. Bu o’zgarishlar jarayonida milliy iqtisodiyotning asosi bo’lgan menejmentining ahamiyati yanada oshib bormoqda. “Menejment” fani Respublika iqtisodiyotida boshqaruvning o’rnini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu fan bo’lg’usi mutaxassisga oqilona ishlab chiqarishni boshqaruv strategiyasini topish, boshqarishdagi ziddiyatlarni chetlab o’tish, sheriklar bilan hamkorlikka erishish masalalarida ham nazariy, ham amaliy bilim beradi.
Fanni o’qitishdan maqsad - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta`minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi - bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganish, menejmentning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish, menejer kadrlarni o’qitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish, menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baxolash usullarini o’rganishdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |