37. M.V. Lomonosovning atom – molekulyar ta’limotnini ayting?
M.V. Lomonosov 1741 yilda atom – molekulyar ta’limotni quyidagicha ta’riflab berdi:
1. Moddalar korpuskulalardan (molekula) va elementlardan (atom) tashkil topgan.
2. Korpuskula va elementlar ma’lum hajm va og’irliklarga ega.
3. Korpuskula va element doimo harakatda bo’ladi, shuning uchun ularning issiqligi, temperaturasi har xil bo’ladi
4. Harakatning saqlanish prinsipi bo’ladi. Shuning uchun ular bir-biriga ta’sir qiladi.
5. Olov modda harakati natijasidir. R Boylning metallarning og’irliklari olovda qizdirilganda hosil bo’ladi degan fikrni noto’g’ri deb, u havo hisobiga oshadi deydi.
6. 1748 yilda M. V. Lomonosov “Moddalar massasining saqlanish qonunini"taklif qildi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni - reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalarning(d.m.) massasi yig’indisi reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning(r.m.) massalarining yig’indisiga teng deb ifodalanadi. Bu qonunni matematik ifodasi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
d.m = r.m.
Moddalar massasini saqlanish qonuni kimyoviy jarayonlarni borish xarakterini moddalarning tarkibi miqdoriy analizini ilmiy jihatdan asoslab beradi.
38. Kimyoviy metrologiyani tushuntiring?
Kimyo fanida miqdoriy usullarning keng tadqiqot qilinishi kimyoviy metrologiyani yaratishni talab qildi. Atom molekulyar ta’limot nazariyasi asosida kimyodagi asosiy o’lchov birliklari:
Mol - Moddaning asosiy o’lchov birligi qilib qabul qilingan.
1871 yilda Parijda o’tkazilgan bosh Assambleya anjumanida SI (xalqaro o’lchov birliklari sistemasida) mol - modda miqdori etib qabul qilingan.
Mol - bu moddaning 0,012 kg uglerod izotopi 12S da nechta atom bo’lsa, tarkibida shuncha strukturaviy birliklar ( molekula, atom, ion, elektron va boshqalar ) bo’ladigan miqdoridir. Bitta uglerod atomining massasini ( 1,993•10-26 kg) bilgan holda 0,012 kg ugleroddagi atomlar soni NA ni hisoblab topish mumkin:
0,012 kg/mol
NA = ----------------- = 6,02•1023 1 mol kelib chiqadi.
1,993•10-26
Bunga Avogadro soni deyiladi va istalgan moddaning bir molidagi struktura birliklari sonini ko’rsatadi.
Molyar massa - modda massasining modda miqdoriga nisbatiga teng kattalik. Uning o’lchov birligi kg/mol yoki g/mol; odatda u M harfi bilan belgilanadi.
Kimyoviy metrologiyada atom va molekuyar massalar juda katta ahamiyatlidir. Ularni aniqlashning juda ko’p usullari mavjud Mas: atom massani topish - Avogadro usulida, Kannisaro usulida, Mendeleyev usulida, Masspektrometrik usulda va h. k. larda aniqlanadi. Molekulyar massalarni topishda esa Avogadro qonuni, Mendeleyev - Klapeyron tenglamalaridan foydalaniladi. Moddalarning reaksiyaga kirishish qobiliyatining asosiy o’lchov birligi bo’lib ekvivalent birligi xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |