O’QISH PIRAMIDASI
5% ma’ruza
10 % o’zicha o’qish
20 % audio- video orqali o’
30 % ko’rgazma- namoyishlar orqali
50 % bahs- munozara (kichik guruhlar) orqali o’qish
75 % o’quv jarayonini amaliyot bilan bog’lash
90 % bir- birini, bola- bolani o’qitish
Bilib qo’ygan yaxshi!
1. Kimyo fani predmeti nima?
Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak - atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqatda bo’lib, unga kimyoviy vositalar ta’sirida o’zlari uchun zarur material va mahsulotlar yaratganlar. Masalan: metall eritish, shisha va sopol, gazlamalar uchun bo’yoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va h.k. lar. Shu nuqtai - nazardan qarasak kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U hali fan emas, balki faoliyat sohasi edi. Kimyo hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo’ldi. Kimyoviy bilimlar ko’lami juda keng. Kimyo fani - atrofimizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma - xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli tuman hodisalarni tekshiruvchi tabiat fanlaridan biridir. Tabiat, butun olam inson ongidan tashqarida va inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, mavjud narsalarning hammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir. Moddani chuqur bilish va undan inson farovonligi yo’lida foydalanish kimyoning hozirgi asosiy masalasidir.
Kimyo fani jonli va jonsiz tabiatni tashkil qilgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ro’y beradigan o’zgarishlarni va bu o’zgarishlar orasidagi bog’lanishlarni tekshiradi. Butun koinot, jonli va jonsiz olam, koinotda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar doimo o’zgarishda va rivojlanishda.
“Tarix - hayot muallimi” deyishadi. Bu fikr asosida Ostvald haqiqatdan ham, insoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixini o’rganib ularni umumlashtirish natijasida yaratish mumkin degan fikrni olg’a surdi. Demak, fanlar tarixida insoniyatning rivojlanish yo’lini ko’rish mumkin. Tarixni o’rganishda albatta jamiyat qanday va qachon boshlangan, qachon tugaydi degan savol tug’iladi.
1970 yilda Yaponiyaning “Omron”-firmasi SINIG (sret - don, Innovation -innovasiya, need-ehtiyoj, impetus -yugurish, cycle -sikl. «Innovasiyadan - ehtiyojga tomon») nazariyasini yaratib, unda jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini, alohida texnologiyasini sistemali o’rganishni talab qilishini ko’rsatdi. Bu nazariya tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish - kimyo faniga ham bevosita taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |