O’quv-uslubiy majmua 5140300-Kimyo va ekologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Tuzuvchi – kimyo fanlari nomzodi



Download 3,65 Mb.
bet207/271
Sana29.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#591850
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   271
Bog'liq
Analitik kimишланма харитаси

Temirni cho’ktirish. Temir (III) xlorid eritmasini 400 ml hajmli stakanga quyiladi (0,15 ga eritmada 0,2 temir hisobida), 3-5 tomchi azot yoki xlorid kislotasi qo’shiladi, 200 ml suv aralashtiriladi.
Eritmani qaynaguncha qizdiriladi va aralashtirilayotganda unga stakan ustida ammiakni borligini ko’rsatuvchi hid bilinguncha (qo’l bilan silkitib turish kerak) kichkina stakanda suyultirilgan (1:1) ammiak eritmasini sekinlik bilan quyilib boriladi. Stakanni bir necha minut tinib, cho’kmasi stakan tagida bir joyga yig’ilguncha quyiladi.
4. Cho’kmani filtrlash va yuvish
Kulsiz qog’oz filtr orqali filtrlash (suzish) dan oldin filtrning katta-kichikligini, qanday qalinlikda bo’lishini tanlash lozim. Filtrning o’lchami cho’kmaning katta-kichikligiga qarab aniqlanadi: u filtrning uchdan bir qismini ishg’ol qilishi, ammo yarmidan oshishi kerak emas. Vorankaning shunday o’lchami tanlanadiki filtrning chetlari vorankaning chetlaridan 0,5-1 sm pastda bo’lishini ko’zda tutish zarur. Filtrni buklab, vorankaga quyiladi, suvga botirilib olinadi va uning yuqori qismini shishaga mahkam qilib berkitiladi. Agar filtrlashda oldin voranka naychasining hammasi suv bilan to’ldirilgan bo’lsa, u vaqtda filtrlash shuncha tez bo’ladi. Vorankani shtativ halqasiga o’rnatiladi va uning tagiga toza stakan quyiladi. Vorankaning naychasi stakanning ichki sathiga tegib turishi kerak. Suyuqlikni filtrga shisha tayoqcha orqali qo’yib, stakan tagidagi cho’kmani loyqatib yubormaslikka harakat qilish kerak. Suyuqlikning filtrdagi hajmi qog’ozning chetiga 2-3 sm yetmasligi kerak. Qolgan suyuqlikning ko’p qismi cho’kmasdan filtrga qo’yilgach, stakan tagida ozgina miqdordagi suyuqlik, bilan qolgan cho’kmani dekantasiya bilan yuvishga kirishiladi.
Buning uchun yuvgichdan suyuqlik, qo’yilib, stakan devoridan unga yopishib qolgan cho’kma yuvib ketiladi. Cho’kma chayqaltiriladi va stakan tagida yig’ilishi uchun quyib qoldiriladi. Tingan suyuqlik filtrga quyiladi. Bunda operasi-yani 3-4 marta takrorlanadi. Keyin cho’kmani to’liq ravishda filtrga olish kerak. Buning uchun cho’kmani yuvadigan suyuqlikning keyingi porsiyasi bilan qo’shib chayqaltiriladi va filtrga quyiladi. Stakan tagida va uning chetlarida qolgan cho’kma qismlari yuvg’ichda quyiladigan suyuqlik bilan tozalaniladi. Shundan keyin ham stakanda uning devorlariga mahkam yopishgan cho’kma bo’lakchalari qolishi mumkin. Ularni chetlashtirish uchunbir bo’lak qirmiz filtrni olib suvga botirib olinadi va rezinka uchli shisha tayoqcha bilan stakan devorlari va tagini artiriladi. Filtrning bo’lagini yuvib suvi cho’kmali filtrga qo’yiladi va yana 2-3 marta stakan yuviladi. Cho’kmaning hammasi filtrga o’tkazilgach uni yuvgich orqali yuviladi. Yuvish paytida yuvadigan suyuqlikning oqimi voranka devoriga va filtr chetlariga to’g’rilanadi, ammo o’rtasiga to’shayotgan tomchi qattiq, kuch bilan tushmasligi lozim. Filtr 8-10 marta yuviladi, har bir yuvishda yuvadigan suyuqlik oqib tushib ketishi kerak. Shundan keyin yaxshi yuvilganligi tekshiriladi.
Temirni aniqlashda aritma ancha zich bo’lmagan, deametri 9 sm li filtr orqali (qizil yoki qora lenta) filtrlanadi. Cho’kmani dekantasiya va issiq, suv bilan yuviladi, har safar stakanga 75-100 ml eritma qo’yiladi. Yuqorida aytib o’tilganday cho’kma filtrga olinadi. Azot kislotasi bilan nordonlashtirilgan yuvindi suv kumush nitrati eritmasi bilan reaksiya berishi to’xtatguncha (kuchsiz opalessensiyaga yo’l qo’yiladi) filtrdagi cho’kma issiq, suv bilan yuvilaveradi. Cho’kmasi yaxshilab yuvilgach filtrni ba’zi vaqtgacha suv to’liqroq oqib tushushi uchun tintib qo’yiladi. Keyin filtrning chetlarini markazga qaytarib, cho’kma joylashgan filtrni vorankadan ehtiyotlik bilan tortib olinadi va tigelga solinadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish