O’quv-uslubiy majmua 5140300-Kimyo va ekologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Tuzuvchi – kimyo fanlari nomzodi



Download 3,65 Mb.
bet173/271
Sana29.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#591850
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   271
Bog'liq
Analitik kimишланма харитаси

Savol va topshiriqlar
1. Fizik- kimyoviy analiz metodlarining mohiyati nimadan iborat?
2. Analizning fotometrik metodi nimaga asoslangan?
3. Lambert-Ber qonuni formulasini yozing.
4.Standart eritmaning konsentrsiyasi qanday ifodalanadi?
Mavzu: Kolorimetrik metodlar


Ma’ruza rejasi:

  1. Kolorimetrik metodlarning mohiyati

  2. Stantart qatorning mohiyati

  3. Rangni tenglashtirish metodi va uning reaksiyalari



O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kolorimetrik metodlarning mohiyati, stantart qatorning mohiyati, rangni tenglashtirish metodi va uning reaksiyalari.

Kolorimetrik metodlarni qo’llanib aniqlanayotgan moddaning biror bir reaktiv bilan o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan eritma rangining intensivligi bo’yicha modda miqdori aniqlanadi.


Kolorimetrik aniqlashlarda tekshirilayotgan va standart eritmalar oddiy ko’z bilan solishtiriladi. Olingan rangli birikma haqiqiy eritma hosil qilishi va yuqorida ko’rsatilgan hamma shartlarni qanoatlantirishi kerak.
Kolorimetrik metodlar noma’lum eritmaning rangini standart eritma rangi bilan solishtirish usullari bilan farq qiladi. Bu metodlar bir nechta: 1. Standart qator metodi; 2. Tenglashtirish metodi; 3. Suyultirish metodi; 4. Kolorimetrik titrlash metodi.
Standart qator metodi. Bu metod hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ishqama tiqinli qator kolorimetrik probirkalar olinib ularga turli ortib boruvchi miqdorda standart eritma quyiladi. Hamma kerakli reaktivlar qo’shiladi va bir xil hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Standart qator yoki kolorimetrik shkala deb ataluvchi qator hosil bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida shunday kolorimetrik probirkaga aniq o’lchangan miqdorda tekshirilayotgan eritma solinadi, standart qatordagi probirkalarga solingan reaktivlarni o’sha miqdorda solinadi va keyin o’sha hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Tekshirilayotgan eritmali probirkadagi rang bilan solishtiriladi. Bir xil rangga moddaning bir xil miqdori to’g’ri keladi. Ba’zi hollarda, agar hosil bo’ladigan moddalar rangi uzoq vaqt saqlanadigan bo’lsa, kavsharlangan probirkalarda doimiy standart qator tayyorlanadi.
Standart qator metodi bir qator afzalliklarga ega: analiz qilishning oddiyligi va yetarli tezligi, Lambert-Ber qonuniga to’la buysunmaydigan rangli reaksiyalarni qo’llash mumkinligi, bu metodda vaqt o’tishi bilan boradigan reaksiyalar qo’llanilishi mumkin.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish