O‘quv qo‘llanma


Korxonani boshqarishda axborotning ahamiyati



Download 1,03 Mb.
bet40/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

9.3. Korxonani boshqarishda axborotning ahamiyati
Axborot iqtisodiyotning barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma’lumotlari bilimlarining yig‘indisidir. Axborot resurslari - alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami,  axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir.
Axborotlarning boshqaruv faoliyatida o‘ziga xosligi quyidagicha:

  • zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshkaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko‘p jixatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog‘lik bo‘lib qolmoqda.

  • korxonaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati xaqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli raxbarlariga etkazish, tashkiliy tuzilmaning turli bo‘linmalari o‘rtasida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

  • uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshkaruv tuzilmalarining extiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining moxiyatiga qarab belgilanadi.

Korxona boshqaruvi xizmatida axborot texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining “ Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni hisoblanadi. Temir yo‘l transportida foydalaniladigan axborot texnologiyalari korxonaning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Korxona boshqaruvida foydalaniladigan axborotlar sifati personal faoliyatini boshqarish axborot tizimini ko‘rib chiqamiz.
Temir yo‘l transporti korxonasi boshqaruvida personalni boshqarishni axborotlashtirishga tizimli yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuv quyidagi bosqichlardan iboratdir:

  • personalni boshqarish jarayonlarini axborotlashtirishni loyihalashdan avval tadqiq etish;

  • personalni boshqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlash tizimini loyihalash;

  • tizimni yaratishni tegishli texnik vositalari bilan ta’minlash;

  • tizimni sinab ko‘rish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish, personalni boshqarishni ta’minalsh, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish;

  • personalni boshqarish xizmati xodimlarini avtomatlashtirilgan tizimda ishlashga o‘rgatish, ularni tegishli yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar bilan ta’minlash.

Ana shu bosqichlarning dastlabkisi - loyihalashdan avval tadqiqotlash o‘tkazishda quyidagi masalalarni chuqur tahlil etib chiqish talab etidai.

  • personalni boshqarish xizmati funksiyali tarkibi va uning axborot faoliyati;

  • mavjud axborot resurslari;

  • axborot ehtiyojiga ega axborot oqimlari;

  • axborot oqimlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari va buning maqsadga muvofiqligi.

Ma’lumki, personalni boshqarishni avtomatlashtirish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks avtomatlashtirish va kompyuterlash tizimi quyidagicha bo‘lishi mumkin. Mazkur tizimga ko‘ra avtomatlashtirilgan ish joylari shaxsiy kompyuterlardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Server esa quvvati ancha kuchliroq bo‘lgan kompyuterga ega bo‘ladi. Avtomatlashtirilgan ish joylari bilan server o‘rtasida axborot oqimlari muttasil almashib turiladi: kompyuterlarga axborotlar kiritiladi, ko‘zda tutilgan tartib va shakllarda axborot olinadi, ular bilan ish olib boriladi, so‘rov yoki mavjud axborotni ishlash orqali hujjatlar chiqariladi va hokazolar.
Bugungi kunda temir yo‘l transportida personalni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi 3 ta: “SHtatlar jadvali”, “Xodimlarni hisobga olish”, “Ish haqini hisoblab chiqish” modullaridan iboratdir. So‘nggi vaqtda esa ular nomzodlarni tanlash va xodimlarni attestatsiya qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, personalni boshqarishni axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlash tizimlari va boshqalar bilan to‘ldirilmoqda.
Mazkur tizimlardan foydalanilgan holda quyidagi natijalarga erishish mumkin;

  • buyruqlar hamda personalga oid hujjatlar aylanmasini qo‘llab-quvvatlash asosida oqilona kadrlar siyosatini o‘tkazish;

  • har qanday korxona va tashkilot tarkibini modellashtirish, shu jumladan balans birliklarini ajratib hisoblash;

  • xodimlarni tezkor hisobga olish, barcha funksiyalari ijrosini ta’minlash;

  • kadrlar resurslarini rejalashtirish va belgilangan rejalarni (kadrlar zaxirasi bilan ishlashdan tortib, personol malakasini oshirishgacha ) izchil amalga oshirish;

  • ish haqini hisoblab chiqish bo‘yicha barcha operatsiyalarni bajarish;

  • barcha standart hisobot formalarini to‘ldirish hamda har qanday boshqa hisobotlarni tayyorlash;

  • korxona va tashkilotdagi boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalash imkoniyati;

  • yuqori tashkilotlar davlat organlari uchun hisobotlarni shakllantirish.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish