O‘quv qo‘llanma


-BOB. Temir yo‘l transporti faoliyatini boshqarishning axborot ta’minoti



Download 1,03 Mb.
bet38/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

9-BOB. Temir yo‘l transporti faoliyatini boshqarishning axborot ta’minoti
9.1. Temir yo‘l transporti faoliyatida axborotlar tizimi

Barcha axborotlarni o’ziga xos belgilarga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya'ni klassifikatsiya qilish yoki tasniflash, bu qiyinchilikni barataraf etish yoki bir oz engillashtirishga ma'lum darajada yordam beradi. Turkumlanganda axborot tizimi har tomonlama soddalashadi, shuningdek, uni to’plash, uzatish va turlarga ajratish osonlashadi, buning natijasida transport jarayoni qatnashchilari axborot bilan to’liqroq ta'min etiladi.


Transport korxonasi faoliyatidagi barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar har bir boshqarish ob'ektining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.

-rasm. Axborotlar tizimi


Axborotlar yig‘indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi — murakkab axborot tuzilmasi bo‘lib, xujjatlar, axborot oqimlari, aloka kanallari va boshqaruv ob’ektining texnik vositalarini o‘z ichiga oladi. Axborot tizimlari murakkab va oddiy bo‘lishi mumkin.


Oddiy axborot tizimi chuqur qayta ishlanishni talab etmaydi, uning paydo bo‘lish joyidan foydalanish, joyiga etkazilishi o‘zgarishsiz amalga oshiriladi. Bunday axborot telefon yoki turli vositalar orqali bir martalik xabar sifatida keladi.
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashishi va avtomatlashishi darajasiga ko‘ra tavsiflanadi. Birinchi guruhga shunday axborot tizimlari kiritiladiki, ularda axborotni qayta ishlash qo‘lda yoki oddiy mexanizatsiyalashgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi guruh axborotni qabul kilish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash vositalarini keng qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin. Uchinchi guruxga aralash tizimlar mansubdir. Ularda ma’lumotlarni qayta ishlashning kompleks mexanizatsiyasi axborotni to‘plash va qayta ishlash unsurlari bilan bir qatorda qo‘llaniladi.
Axborot tizimi o‘zining moddiy-texnik bazasiga ega bo‘lishi lozim.

-rasm. Axborot tizimining moddiy-texnik bazasi
Axborot tizimining moddiy-texnik bazasining tashkil etilishi, boshqarishda zarur bo‘lgan strategik va taktik vazifalarni hal qilishda axborotlarni yig‘ish va ularni ajratib olishda muhim hisoblanadi. Axborotlarning xarakteri va sifatli ajratilishi qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Axborot tizimning funksiyalari:

  • tashkiliy boshqaruv jarayoni samarali kechishi uchun xar bir aniq menejerga qanday mazmundagi va qancha miqdordagi axborot lozimligini aniklash;

  • tashkilotning faoliyati unumli bo‘lishi uchun umumiy va xususiy jixatdan olganda, qanday va qancha texnik vositalar kerakligini aniklash;

  • tashkiliy tuzilma faoliyatining uzluksiz davomiyligini ta’min­lash uchun zarur bo‘ladigan jamiki texnik vositalarga sarflanadigan xarajatlarni markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish;

  • tashkilot miqyosida tegishli axborotlarni to‘plash, saqlash va taqdim etish jarayonlarining yuksak ijrochilik darajasini ta’minlash;

  • amaliy jihatdan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli faoliyat dasturlarini yaratish.

Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq. Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro‘yxatta olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va h.k.) kompleks amalga oshirish bilan bog‘liq boshqaruv japayonlarining biri sifatida ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro‘y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo‘naltirilgan. Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog‘liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko‘rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro‘yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida asosiy faoliyatida qanday rol o‘ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‘linma faoliyatining yo‘nalishi aks etadi. Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob’ekti sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish