O‘quv qo‘llanma


-BOB. Temir yo‘l transporti faoliyatida tavakkalchilikni boshqarish



Download 1,03 Mb.
bet35/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

8-BOB. Temir yo‘l transporti faoliyatida tavakkalchilikni boshqarish

    1. Transport faoliyatida tavakkalchilik jarayoni

Tavakkalchilik – bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq jarayonda ko‘zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.


Ko‘rsatib o‘tilgan elementlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namoyon bo‘ladi.
SHu bilan bir qatorda tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Unga quyidagi xislatlar kiradi.
-qarama-qarshilik (zidlik)
-alternativlik (muqobillik)
-noaniqlik (mavhumlilik)
Qarama-qarshilik-tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo‘lib, u turli qarashlarda namoyon bo‘ladi.
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab bo‘ladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyuntarizm, sub’ektivizmga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to‘qnashuvida namoyon bo‘ladi. Masalan, u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo‘lni tanlagan kishi o‘zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo‘nalishlar harakatlar orasidan o‘ziga mos - keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo‘lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qaerdagi tanlov bo‘lmasa u erda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo‘lmaydi.
Tavakkalchilikning bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iborat-ki, u noaniqlikning ob’ektiv va sub’ektiv manbalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, kolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to‘liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo‘lmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.
Faoliyat yuritishda tavakkalchilik holatlari ko’p bo’lishiga qaramay, tavakkalchilik qarorlaridan uzoqroq yurishga harakat qiladigan boshqaruvchilar kompaniyani turg’unlikka va raqobatbordoshlikning yo’qotilishiga duchor qiladilar. Eng katta foydani aynan yuqori tavakkalchilikka bog’liq amallar keltiradi.
Tavakkalchilikning asosiy omillari quyidagilardan iboratdir:
1. Kutilmagan siyosiy va makroiqtisodiy omillar:
- iqtisodiyotdagi yuksalish va inqirozlar, inflatsiya;
-soliq va boj to’lovlarining oshishi, majburiy ajratmalarning kiritilishi;
- mulkchilik munosabatlaridagi o’zgarishlar, siyosiy sabablarga ko’ra mulk va pul mablag’larining begonalashtirilishi;
- valyuta almashish kursining o’zgarishi;
- qonunchilikning o’zgarishi.
2. Bozordagi vaziyat o’zgarishiga bog’liq omillar:
- talabning susayishi va narxlarning tushishi;
- moddiy, energetik resurslarga baho va ta’riflar hamda transport
tariflarining oshishi;
- mijozlar didining o’zgarishi, raqobatchilarning kutilmagan harakatlari, bir-birining o’rnini bosuvchi tovarlarning paydo bo’lishi;
- qimmatli qog’ozlar kursining o’zgarishi va boshqalar.
3. Tashqi iqtisodiy omillar:
- ayrim mamlakatlarga tovarlar eksportining man qilinishi yoki cheklashlar kiritilishi;
- ayrim mamlakatlarda tovarlarni eksport qilishga boj to’lovlarining oshishi yoki pasayishi;
- boshqa davlatlardagi siyosiy va iqtisodiy inqirozlar;
- jahon bozorlarida narxlarning o’zgarishi;
- boshqa davlatlardagi aktivlar yoki daromadning muzlatib qo’yilishi yoki musodara qilinishi;
- chet eldagi uzoq muddatli kontraktlarning o’zgarish ehtimoli.
4. Kompaniyaning ichki omillari:
- korxona strategiyasi va uning biznes-rejasini tuzadigan, foyda va zararlarning hisobini yuritadigan shaxslar qo’llovchi uslubiyotning takomillashmaganligi va savodlizligi;
- xo’jalik aloqalari bo’yicha hamkorlarning nopokligi va to’lovga noqobilligi;
- noto’g’ri boshqaruvchilik qarorlarining qabul qilinishi;
- ijro etuvchilarning xato tanlanishi, marketing prognozidagi xatolar, ijroiya organi muhim takliflarining aksiyadorlar umumiy yig’ilishi yoki kuzatuv kengashi tomonidan rad qilinishi.
Shuningdek, tavakkalchilik omillari sifatida tabiat ofatlari, ish tashlashlar, o’g’rilik va reket bo’lishi mumkin.
Tavakkalchilik darajasini pasaytirish yoki ularning salbiy oqibatlarini to’liq bartaraf qilish (imkoni bo’lsa) maqsadida yirik kompaniyalar tavakkalchilikni boshqarishlari zarur. Tavakkalchilikni boshqarish maqsadi har qanday yomon vaziyatlarda ham, gap aslo bankrotlikka tushish haqida emas, balki faqat foydaning birmuncha kamayishi haqida ketishiga erishishdir.
Tavakkalchilikni boshqarish o’ziga quyidagilarni oladi:
- tavakalchilik vaziyatlarini tahlil va prognoz qilish, xavfi kuchli sohalarni aniqlash;
- tavakkalchilik vaziyatlarida yo’qotishlarni kamaytirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kompaniya bo’limlari ishini muvofiqlashtirish, rag’batlantirish, nazorat
qilish va boshqalar, ya’ni boshqaruv funksiyalarining to’la kompleksini amalga oshirish.
Tavakkalchilik qarorlarini qabul qilishning asosiy tamoyillari:
- kompaniya o’zlik kapitalining imkoniyati darajasidan ko’proqqa tavakkal qilmasligi kerak;
- doimo tavakkalchilik oqibatlari haqida o’ylash kerak;
- ijobiy qaror faqat ikkilanish yo’q holatdagina qabul qilinishi lozim;
- oz narsaga erishish uchun ko’proq narsani xavf ostiga qo’yib bo’lmaydi;
- faqat yagona yechimi bor deb o’ylash kerak emas, boshqa yechimlarning ham bo’lishi ehtimoli bor;
- kapitalni tavakkalchilik bilan ishlatishdan oldin, ushbu tavakkalchilikdan olinishi mumkin bo’lgan maksimal zararni aniqlash, zarar miqdorini ishlatiladigan kapital hajmi bilan solishtirish, barcha o’zlik moliyaviy imkoniyatlarga taqqoslash va ushbu kapitalning yo’qotilishi iqtisodiy nochorlikka olib keladimi yo’qmi aniqlash lozim.
Tavakkalchilikni prognoz qilish va korxonaga uning ta’sirini kamaytirish bo’yicha qaror qabul qilishning muhim vositalari:
- buning uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarning mavjudligi;
- limitlash, ya’ni xarajat, sotish, kredit va boshqalarning cheklangan miqdorini o’rnatish. Tovarlarni kreditga sotishda, qarz berishda, joylashtiriladigan kapital qiymatini aniqlashda va boshqalarda qo’llaniladi;
- o’z-o’zini sug’urtalash – kompaniyada, ayniqsa doimo tavakkalchilik
qilinganida, moddiy va moliyaviy sug’urta fondlarini tashkil qilish;
- sug’urtalash – muayan voqealar (tavakkalchilik vaziyatlari) yuz berganda moddiy manfaatlarni himoya qilish.


    1. Download 1,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish