7.4. Raxbarning mehnat to‘g‘risidagi bilimlari
Korxonalarda tashkilotchi va tarbiyachi bo‘lish xar kimning qo‘lidan kelavermaydi. CHunki buyurtma ishlar o‘ta murakkab va mas’uliyatli ish bo‘lib, kishining alopida xulq-atvorga ega bo‘lishini, so‘ngra uni doimiy ravishda takomillashtirish va rivojlantirishni talab kiladi.
Ishlab chiqarishda rahbarning asosiy ishi odamlar bilan ishlashdan iboratdir. Rahbar jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadni, rejani, topshiriqni, buyurtmani son va sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarishi uchun ishlovchilarning bilimidan kasbidan maqsadga muvofiq foydalanishi va ularni bir okimga yo‘naltira olish kobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, uyushtirishni yaxshi bilmagan rahbar xodimdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay, ishlab chiqarish uchun zararlidir. Ishlab chiqarish jamoasining rahbari amalda o‘zining tashkilotchilik qobiliyatini ko‘rsata olgandagina rahbarlik rolini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Buning uchun rahbar xodim o‘z ishini oldindan tuzilgan shaxsiy rejaga asosan olib borishi zarur. SHaxsiy rejasiz ishlagan rahbar xodim jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajara olmasligi amaliyotda isbotlangan. Masalan, shaxsiy rejasiz ishlagan rahbar ertalab ishga kelganda korxona, sex, uchastkadagi ishchilarning ishini qanday darajada uyushtirilganligini tekshirib chiqish u yoqda tursin, o‘z ishini nimadan boshlashni ham bilmaydi. Agar ishni boshlagan taqdirda ham, u birinchi navbatda, echilishi zarur bo‘lmagan mayda ishlar bilan shugullanadi. Zarur va tezda xal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar chetda qoladi. Bunday usulda ishlash mas’uliyatsizlikka olib keladi, natijada berilgan topshiriq vaqtida bajarilmaydi.
Tajribali rahbar xodimlar o‘z ishini doimiy ravishda shaxsiy rejaga asosan olib boradilar. CHunki ular shaxsiy rejani ishlab chiqarishni yuqori darajada uyushtirish manbai deb qaraydilar. "YOmon korxona yoki zavod yo‘q, lekin yomon rahbarlar bor", bu ibora shuni bildiradiki, past rentabelli korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yukori, mexnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar tayinlansa, u korxona tezda yaxshi korxonalar safiga qo‘shiladi. Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa aksincha, ular asta-sekin uning faoliyatida pasayish kuzatiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish kerakki, ishlab chiqarishda raxbarning tashkilotchilik qobiliyati korxonaning rejalari va boshka masalalarini o‘z vaqtida bajarilishida katta ahamiyatga ega. Tajribali rahbar xodimlar afsuski kam, ba’zi hollarda topilmaydi. SHu sababli ishlab chiqarishga yangi raxbar xodimlar taklif qilinadi. Ular uchun rahbarlik ishini mukammal o‘rganish juda qiyin kechadi. Bunday rahbarlar yosh bo‘lishiga qaramasdan yaxshi mutaxassis, tashkilotchi bo‘lishi va o‘z ishini mukammal bilishi kerak.
YAngi raxbar ikki tomonlama tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bir tomondan, rahbar sifatida uning ishini, tartibini, intizomini, ishchilar bilan ishlash uslubini, muomalasini yuqori raxbar xodimlar tekshirib, nazorat qilib boradi. Zarur bo‘lganda unga ishdagi kamchiliklarni tuzatish uchun ko‘rsatmalar beradi.
Ikkinchi tomondan, qo‘li ostida ishlaydigan ishchilar va ish bo‘yicha qabuliga keluvchilar, xamkorlikda ishlaydigan korxonalarning
xodimlari masalalarni hal qilish vaqtida uning raxbarlik qobiliyatini tekshiradi va unga o‘zlaricha baqo beradilar. Bunda anglashilmovchilik o‘ollari ham ro‘y berishi mumkin. Masalan, yangi rahbarlarning qabuliga kelgan xar bir xodim o‘zining muammosini ijobiy echish uchun butun vujudini, bilimini va tajribasini namoyon qiladi. Agar yangi rahbar uning talabini echishga qarshilik ko‘rsatsa yoki ijobiy hal qilmasa uning tajribasi yo‘qligi sababli kamsitilishi mumkin. Bunday hollarda rahbar xodim o‘zini yo‘qotmasdan berilgan savollarga javob berishga tayyor turishi va asabiylashmasdan ish tutishi lozim. SHunga o‘xshash hollar rahbarlarning ish jarayonida, korxona, sex, uchastkalarda tez-tez uchrab turadi. SHuning uchun yangi raxbarlarni doimiy ravishda o‘qitish va o‘rgatish, ish tajribasini oshirish kerak. Buyurtma ishlar bilan birlashma boshkaruv direktorining xodimlar buyicha muovini va unga buysunuvich xodimlar bo‘limi shug‘ullanadi.
Raxbar avvalo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi va mehnat sohasidagi bilimlari sababli boshqalarga namuna ko‘rsatishi lozim. Agar raxbarning o‘zi berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmasa, unda o‘z qo‘l ostidagi ishchilardan o‘zi bergan topshiriqlarni bajarishni talab kilishi juda qiyin buladi. SHunday rahbarlar xam borki, ular boshqa xodimlarning vazifalarini bajarishga o‘zlarini qo‘shaveradilar, natijada o‘zlarining vazifasini bajarishga vaqtlari etmay koladi. SHuning uchun xamma vazifalarni teng, chukur o‘ylab, normativlarga asosan taqsimlash zarur.
Quyidagilar rahbarning tashkilochilik sifatini namoyon qiladi:
- mehnatni to‘g‘ri taqsimlash;
- kun tartibini maqsadga muvofiq belgilash va unga rioya kilish;
- nonushta vaqtini ishchilarga qulay qilib belgilash;
- dam olish vaqtini aniqlash;
- o‘z bilimini va malakasini oshirish va xokazo.
Boshkarishning yangi usullarini joriy etish, ya’ni qayta qurish korxona ishchilarining xolatiga ta’sir ko‘rsatadi, ularni ish sifatini oshirishga undaydi. Ba’zi hollarda boshqaruv tizimining o‘zgarishiga ayrim ishchilar faol karshilik ko‘rsatmasa ham, sust salbiy qarama-qarshiliklarni vujudga keltiradi. Bunday holda rahbar xodim bor bilimini ish tajribasini ishga solib, qarama-qarshilikni bartaraf etishi zarur. Demak, ishlab chiqarishni boshqarish zaminida ishchilarni boshqarish yotganligi namoyon bo‘lib turibdi. Korxonada ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijalari uchun rahbarning ta’siri juda kattadir. SHuning bilan birga o‘zi boshqaradigan mehnat jamoasi a’zolarini tarbiyalash rahbarning diqqat markazida bo‘lishi kerak. Xar bir rahbar doimiy ravishda xo‘jalik, tashkilotchilik, tarbiyaviy ishlarni birga qo‘shib olib borishi zarur. SHundagina u oldiga qo‘ygan rejani o‘z vaqtida sifatli bajarishi mumkin.
Rahbar jamoa a’zolarini tarbiyalashda, birinchi navbatda, tartib intizomni yo‘lga qo‘yishi zarur. Jamoa a’zolarini tarbiyalash ishlari barcha turdagi rahbarlar faoliyatida muhim o‘rinni egallaydi.
Ishlovchini kamsitish, uning xuquqini cheklash, tartib-qoidadan chetga chiqish, ya’ni uni qo‘pol ravishda buzish jamoa a’zolari va raxbar uchun xam chidab bo‘lmaydigan hol hisoblanadi. Bunday hollar yuz berganda rahbar zudlik bilan aybdorlarni topib ularni xuzuriga chaqirishi va noxush holni bartaraf etish uchun kerakli chora- tadbirlarni ko‘rishi kerak.
Jamoadagi xar bir qoidabuzarni, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar (ishchi, usta, muxandis va xokazo), tarbiyalash jarayonida rahbarning shaxsan o‘zi shug‘ullanmasdan, balki jamoa faollari bilan birgalikda tarbiyalashi kerak bo‘ladi. CHunki ba’zi bir raxbarlar: "hayotdagi xamma narsaning sirlarini bilaman, tajribam ulkan, menga etadigan kishi yuk", - deb, suhbatlashayotgan xodimiga qo‘pol gapirib, kamsitib, ko‘nglini ranjitib qo‘yishi mumkin. Agar shu jarayonda jamoa a’zolarining faollari qatnashsa, rahbar o‘zida mas’uliyat sezib, o‘zini madaniyatli ko‘rsatishga, suhbatdoshi bilan muloyim gapirishga xarakat qiladi. Jamoaning a’zolari rahbarga jamoada tarbiya ishlarini yaxshilashda yordam ko‘rsatishga xarakat qiladi, tartibbuzar esa o‘zini boshkacha xis etadi. Chunki rahbarning xonasidan chiqqanidan so‘ng sexda, uchastkada shu ishchilar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Xar kanday korxona ishining muvaffaqiyati ishlab chikarish jamoalarining ma’naviy xolatiga uzviy bog‘liqdir. Ishlab chiqarishda oshkoralikni rivojlantirishda mehnat jamoalari muhim o‘rinni egallaydi. Mexnat jamoalari ishlab chikarish bo‘linmalarining asosiy negizi hisoblanadi. Raxbarning tarbiyaviy ishlariga mexnat jamoalari yordam beradi. Chunki mexnat jamoalarida bir-birini o‘rtoklarcha xurmat qilish, yordam qo‘lini cho‘zish, og‘ir paytlarda hamdam bo‘lish kabi qadriyatlar mavjud.
Tarbiyalash ishlari alohida ahamiyatga ega, buyurtma ishlar jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik hissining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Raxbar mexnat jamoalarida tarbiyaviy ishlarni muvaffakiyatli amalga oshirishi uchun kasaba uyushmasi, o‘rtoklik sudi va boshka jamoat tashkilotlari birgalikda ishlashi zarur. Aks xolda, raxbar yakkaboshchilik boshqaruv usulini qo‘llab, jamoada nizolarni vujudga keltirishi mumkin.
Jamoa a’zolarini tarbiyalashda rahbar o‘z og‘zidan chiqqan so‘zni to‘g‘ri bajara bilishi muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi bir raxbarlar ishchilarga mukofot beraman, oylik maoshingni oshiraman deb va’da berib, muddati kelganda uddasidan chiqa olmay uyalib qoladi. Bunday raxbarlarning subutsizligi oqibatida jamoadagi tarbiyaviy ishlar susayib, rahbarning obrusi pasayib ketadi. O‘z va’dasini vaqtida bajaradigan raxbarlar jamoa a’zolari ichida doimo hurmat va extiborga sazovor bo‘ladilar.
Raxbar xodimlar shuni unutmasliklari zarurki xar qanday kishidan ishni noto‘g‘ri talab kilib, uni xafa qilsa, xafa bo‘lgan xodim uni ko‘p vaqtgacha eslab yuradi, bu esa ishni yaxshi olib borishga ancha xalaqit beradi. Rahbarning talabi adolatli, muntazam ravishda bajarilishi mumkin bo‘lsa, mehnat jamoalari uni qo‘llab-quvvatlasa, talabchanlik xar doim ishdan yaxshi natijalarni kulga kiritishga imkon beradi. Raxbar tartib buzuvchilarni jamoa ta’siri asosida tarbiyalashi kerak. Agar buyruq usulda xam tarbiyalash natija bermasa, unda raxbar ularga nibatan turli ma’muriy choralarni ko‘rishi kerak. Bo‘ysunuvchi xakikatda aybdor bo‘lishiga rahbarning ishonchi komil bo‘lmasa, uni jazolash fikridan qaytishi kerak. Xech qachon rahbar o‘ziga qarashli xodimlarini ruhiy asabiylashgan xolatda ja’zolashi maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Raxbar jazo berish buyrug‘iga imzo chekishdan oldin uni tugriligini sinchiklab tekshirib chiqishi kerak. Rahbar shuni esdan chiqarmaslimgi kerakki, ma’muriy jazo berish asosiy maksad bo‘lmay, balki jamoa a’zolarining intizomini ta’minlash qurolidir.
Raxbarning xodimlarga nibatan xar doim ma’muriy jazo qo‘llashi uning kadrlar ishlashi etarli bo‘lmaganligini, ularning o‘z o‘rnida emasligini va ishchilar orasida tarbiyaviy ishlarning yaxshi olib borilmaganligini bildiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |