BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
REFERAT
FAN: Mikro iqtisodiyot
Bajardi: Shodiyev Akmal
Tekshirdi:
Mavzu: Tavakkal moxiyati va unga bo`lgan munosabat.
Reja:
Kirsh.
Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish.
Asosiy qism.
Tavakkalchilikni baholash usullari.
2.1. Tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy tavakkalchilikni hisobga olish va baholash boshqaruv nazariyasi va amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida mustaqil nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aksariyat boshqaruv qarorlarining tavakkalchilik sharoitida qabul qilinishi to`liq axborotlarning mavjud emasligi, o`zaro qarama-qarshi g`oyalar, ehtimollik elementlari va boshqa shu kabi ko`plab omillarga bog`liq bo`ladi.
Ma’lumki, tadbirkorlik olamidagi yutuqlar ko`p hollarda tadbirkorlik faoliyatining tanlangan strategiyasini qanchalik darajada to`g`ri va asosli ekanligiga bog`liqdir. Bunda jiddiy vaziyatlar hisobga olinishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini esa tavakkalchiliksiz tasavvur etish iqtisodiy savodsizlikning bir ko`rinishi bo`ladi deb o`ylaymiz. Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to`g`risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas’uliyat va o`zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo`naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta`rif beriladi.
Ko`p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo`shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo`lib, to`liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta`minlash uchun o`z xatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o`zgartirishga, narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko`plab omillarga bog`liq bo`ladi. Muammolar yechimining turli yo`llarini topish, tanlash va o`zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo`ladi. Shu sababtadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo`ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi – bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining aksi bo`lib, buning uchun o`ziga xos to`lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo`shqin harakatga tayaniladi, bu esa o`z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi.
Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Tadbirkorlikning bosh xislati tavakkalchilikdan qochmaslikda, balki uni oldindan ko`ra bilishda va uni eng past darajagacha pasaytira olishda namoyon bo`ladi.
1. Tavakkalchilik tushunchasi va uni boshqarish
Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini tashqil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoo‘da. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik o‘obiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi.
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la bo‘ladi.
Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar o‘atoriga kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |