Nazorat uchun savollar:
Oila - mustaqillik yillarida davlat siyosatidagi ustuvor masala sifatida.
Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.
Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik hamkorligi.
Asosiy adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T., 2012-y.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. -T., 2008-y.
O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. -T., 1998-y.
Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g`urur. -T., 1999-y.
Hasanboeva . O. va boshqalar. Oila pedagogikasi . -T., 2007-y.
Hoshimov K., Ochilv S.. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. –T., 1995-y.
Oila va uning vazifalari.
REJA:
Oila tushunchasi.
Oilaning vazifalari.
Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
Odamlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
Tayanch tushunchalar: oila, jamiyat, oila vazifalari, jamiyatga munosabat, odamlarga munosabat.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila - bu nikoh va qon-qaridoshchilikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu-ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolaning boshlang‘ich ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila - nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 ming yij ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola
tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz. Reproduktiv vazifasi - (“produktio” lotincha so‘z – qayta ishlab chiqarish,
ko‘payish) oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan biri (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish). Reproduktiv vazifasi inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. Hozirgi kunda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha, bolalar ota-onalarining erkinliklarini cheklaydialr: ta’lim olish, ishlash, malaka oshirish, o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishda.
Afsusuki, bolaga ega bo‘lmaslik mavjud bo‘libgina qolmay, farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lsalar-da, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib bormoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari o‘sib borishi sababli bir ota yoki onali oilalar soni ortib bormoqda, aholining sog‘lig‘i sifati mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirish, yomon ovqatlanish, kasalligi va boshqa turli xil sababli yoshi katta aholining 10-15 %i sog‘ligining holati sababli bolaga ega bo‘lish imkoniyati mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |