Quyidagi printsiplarga rioya qilinganda, uning samaradorligi ta’minlanadi:
mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni va aholining ijtimoiy guruhlarini daromadlariga ko’ra proportsional (mutanosib) soliqqa tortish tengligi;
soliqlarning ishlab chiqarishni kengaytirish asosida byudjet daromadlari daromad bazasini shakllantirishni ta’minlaydigan xazinani (byudjetni) ta’minlash va rag’batlantiruvchilik vazifalarini oqilona birlashtirish;
byudjetga tushumlar manbalarini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadigan soliq turlarini ko’paytirish, yuqori bo’lmagan soliqqa tortish stavkalarini joriy qilish.
1991-2002 yillardagi O’zbekiston davlat byudjetining daromadlari dinamikasini ko’rib o’taylik. Shu davr mobaynida byudjet daromadlari tuzilmasi jiddiy o’zgarishlarga uchradi (1-jadval va 1- sxemaga qarang). Agar 1991 yilda soliqlar va boshqa tushumlarning solishtirma hissasi tegishlicha 19,2% va 80,2% bo’lsa, 1992 yilda iqtisodiyotni isloh qilishning boshlanishi va soliq tizimining rivojlanishi munosabati bilan soliq tushumlarining byudjetdagi solishtirma hissasi 84%ga etdi, boshqa tushumlar hissasi 16%gacha qisqardi. Bu nisbatlar 1999 yilda 95,2% va 4,8%ni, 2002 yilda esa 95,5 va 4,5% tashkil qildi.
Byudjetga bilvosita to’g’ri (bevosita) soliqlarning tushumlari nisbatidagi o’zgarishlar ham soliq tushumlaridagi rivojlanish dinamikasini ko’rsatadi.
Agar 1991 yilda byudjet daromadlarida to’g’ri soliqlar hissasi 18,5%, bilvosita soliqlardan tushumlar hissasi 0,7%ni tashkil etgan bo’lsa, 1992 yilda esa ularning solishtirma hissalari keskin ortdi, byudjet daromadlarida bilvosita soliqlar hissasi 55,2%ga qadar, to’g’ri soliqlar 25,8%ga qadar ko’tarildi.
Resurs to’lovlari joriy qilindi, ularning solishtirma hissasi soliq daromadlarining umumiy summasida tushumlarning 3,7%ni tashkil qildi.
Bilvosita soliqlar hissasining ko’payishi yangi bilvosita soliqlar - qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’ining joriy qilinish hisobiga yuz berdi. Bu vaziyat ushbu qo’llanmaning 3 punktida batafsil ko’rib o’tilgan.
Keyingi yillarda to’g’ri soliqlardan tushumlarning solishtirma hissasining ortib borishi kuzatilmoqda, uning eng yuqori nuqtasi 1995 yilda yuz berdi va 38,5%ni tashkil qildi. Bu yuridik shaxslardan undiriladigan daromad solig’ini 38%li stavka bilan undiriladigan foyda solig’iga almashtirish bilan bevosita bog’liq.
Bilvosita soliqlardan tushumlarning solishtirma hissasi pasayib, 1996 yilda 39,4% bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |