Manba: ma’ruza. “Iqtisodiyotda axborot kompleslari va texnologiyalari” fanining predmeti va vazifasilari mavzudan berilgan taqdimot
1-topshiriq. O’zbekistonda axborotlashtirilgan jamiyatning shakllanib borish tendentsiyalari tahlil qilining
2-topshiriq. AQSHda axborotlashtirilgan jamiyatning shakllanib borish tendentsiyalari tahlil qilining
3-topshiriq. Garbiy Evropa davlatlarida axborotlashtirilgan jamiyatning shakllanib borish tendentsiyalari tahlil qilining
4-topshiriq. Sharq davlatlarida axborotlashtirilgan jamiyatning shakllanib borish tendentsiyalari tahlil qilining
5-KEYS. Axborot komplekslari va texnologiyalarining infratuzilmasi
Xar bir smartfon egasi uni ishxonaga olib kelib, undan foydalanishni hohlaydi. Nima uchun ha va nima uchun yo’q?. O’zining hususiy smartfonlaridan foydalanadigan xodimlar, kompaniyaga bu qurilmalarni sotib olish uchun o’z mablag’larini ketgazmasdan, odatdagi afzallik bilan mobil ish kuchidan foydalanadi. Uncha katta bo’lmagan kompaniyalar shahsiy mobil qurilmalardan, qurilma va mobil xizmatlarga katta investitsiya kiritmasdan foydalanadilar. IBMtomonidan homiylik qilingan Forrester Consulting izlanishlari, IBM korxonasi mobil xizmatlari dasturi BYOD bir oy mobaynida investitsiyani qaytarish va qoplama xarajat 108 foizni tashkil etganini ko’rsatdi. “Har erda/ har vaqt” deb nomlangan hisoblash uskunalari dasturiga kirish ish o’rinlarida samaradorlik darajasini oshirdi va xodimning ish samaradorligini haftasiga 45-60 daqiqagacha ko’tardi. Gartner kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra 2017 yilga kelib 50 foiz ish beruvchilar, xodimlardan ish joyi uchun o’zlarini mobil qurilmalarini keltirishlarini so’raydilar. BYOD “yangi aqli raso” bo’lib qolmoqda.
Dell Inc korporatsiyasi nomidan Osterman Research so’rovnomalarida ishtirok etgan 162 korxonaning ma’lumotlariga qaraganda, beshta korxoning uchtasi BYODni o’z korxonalari uchun o’sib kelayotgan muammo deb hisoblaydilar.
BYOD xodimlarni ishlari davomida huzur halovat berib ularni qoniqtirsa va ishlab chiqarishga ijobiy ta’sir qilsa ham, uni kerakli ravishda qo’llab quvatlab turilmasa bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi:hususiy shahs qo’lidagi shahsiy qurilmani qo’llabquvvatlash kompaniya qurilmalari uchun etkazib beriladigan texnologiyaga nisbatanmurakkab bo’ladi, mobil qurilmalarni boshqarish narxi ortadi, korporativ ma’lumotlar va tarmoq himoyasi qiyinlasha boradi.
Aberdeen Group tomonidan olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, agar korxona BYOD ga ruxsat bersa. Unda u har 1000 mobil qurilmaga yiliga qo’shimcha 170000$ sarf qiladi. Shunday qilib bu vazifani echimi uncha oson emas balki, BYOD boshqarish va tashkilot doirasida ko’p sonli qurilmani qo’llab quvvatlash uchun qaratilgan korporativ IT-resurslarning talay qismini talab qiladi. O’tgan vaqtda kompaniyalar bir platformada biznes smartfonlardan foydalanishni chegaralab qo’yishga xarakat qildilar. Bu ishlar har bir mobil qurilmani kuzatishni engillashtirdi va dasturiy ta’minotni yoyib yangilash yoki tuzatishni osonlashtiradi, chunki barcha xodimlar bir xil qurilmalardan, juda bo’lmaganda bir xil jarayon tizimidan foydalanadilar.
Ishberuvchining izlanishlari, oldin ishlab chiqarilgan eng mashhur smartfon Black Berry Motion ekanligini ko’rsatdi. chunki u “eng xavfsiz” deb nom chiqargan ommabop mobil platformadir(BlackBerry Motion mobil qurilmalari korporativ elektron pochta va ma’lumotlarga, nazorat ostida bo’lgan va begona shahslardan himoyalangan, o’zining shahsiy dasturiy ta’minoti va tarmoq platformasidan foydalangan).
Texnologiyalar bozorida administratsiyalash va xavfsizlik vositalariga ega bo’lmagan turli uskunalar va jarayon tizimlari paydo bo’lishi bilan, bugungi kunda raqamli mobil landshafti murakkablashgan. Dunyo bozorida Android smartfonlari 79 foizni tashkil etmoqda, lekin bu smartfonlarni Apple qurilmasiga nisbatan korporativ ishlar uchun ishlatish qiyinroqdir, Apple qurilmasi IOS jarayon tizimidan foydalanadi. IOS yopiq tizim deb hisoblanadi va faqat Apple turli mobil qurilmalarining chegaralangan sonida ishlaydi.
Bundan farqli ravishda, Android fragmentatsiyasi uni korporativ IT- boshqaruvi uchun qiyin va qimmatga aylantiradi. 2013 yil iyul oyi holatida, simsiz tarmoq va qurilmalarnitekshiradigan OpenSignal hisobotiga asosan, tahminan 11,868 turli Android-qurilmasi bazasida 1700 dan ortiq qulay turli tuman markasi bor edi. Yirik iste’mol bozorida Android ko’plab xakerlarni diqqatini jalb qiladi. Android ning ham zaif tarafi bor, chunki OpenSource architectureand ga ega va u bir necha versiyada beriladi.
Agar xodimlar thanone tipdagi mobil qurilma va jarayon tizimlari bilan ishlashlari mumkin, unda kompaniya bu tipdagi qurilmalar bilan ishlayotgan xodimlar qurilmalarini barchasini kuzatish uchun samarali usul topishlari kerak. Kompaniya haqidagi axborotga kirishga ruxsat olish uchun kompaniya tarmog’i bu qurilmasiga bog’lanishni hohlashi kerak. Xodimlar o’zlarining hususiy telefonlariga, uyali aloqa operatorlarni biridan boshqasiga va telefon raqamini o’zgartirsa yoki umuman yangi mobil qurilmasini sotib olsa, kompaniya tez va epchillik bilanxodimlari unumli ish holatida qolishlariga kafolat berishi zarur. Firmaga zahirani boshqarish, xodimlar qanday qurilmalardan foydalanishlari va u qanday dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan va boshqa kuzatishlarni amalga oshirish uchun samarali tizim kerak. Telefon va jarayon tizimini har turli bo’lishi, har bir xodim uchun adekvat (mos) texnikaviy qo’llab quvvatlashni amalga oshirish qiyin bo’lishi mumkin. Xodimlar o’z mobil qurilmalari yordamida muhim ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo’la olmasalar yoki boshqa muammolarga duch kelsalar axborot tizimi bo’limi tomonidan yordamga muhtoj bo’ladilar. Stol kompyuterlariga ishongan kompaniyalar, odatda shunday spetsifikatsiya va jarayon tizimidagi ko’pgina kompyuterlarni texnikaviy qo’llab quvvatlanishi osonroq bo’ladi.mobillik texnikaviy qo’llaab quvvatlash uchun murakkablik tug’diradi va turli tumanlikka yangi qatlam kiritadi, buning uchun kompaniyalar qayta ishlashga tayyor bo’lishlari kerak.
Mobil qurilmalar orqali kompaniya haqidagi axborot ta’minotiga kirish bilan talaygina muammolar mavjud. Agar qurilma o’g’irlangan yoki obro’sizlangan bo’lsa, kompaniya uchun hamma erkin kira olmaydigan, axborotga konfidentsial yoki sezgir yondashadigan usul topishi kerak. Mobillik aktiv va ma’lumotlarni xavf- xatarga solib qo’yadi, bular kompaniyaning to’rt devori yoki kompaniya mashinasi ichida bo’lsa bu muammoga aylanmas edi. Kompaniyalar ko’pincha ma’lumotlarni masofadan turib o’chirib yuboradigan yoki ularni shunday shifrlab qo’yadiki, qurilma o’g’irlansa ham, bu ma’lumotlardan foydalana olmaydigan texnologiyalarni qo’llaydilar. Siz mobil qurilmalarda xavfsizlik masalasini muxokamasini 8-bobda ko’rib chiqasiz.
BYOD ko’p muammo keltirib chiqaradi va uni echimi qanday deb CIO Janet Xoran IBMmulohaza yuritadi.IBM da BYOD hech qanday pulni tejamadi va aslida AT-bilim uchun yangi muammolarni keltirib chiqardilar, chunki xodimlar qurilmalarida IBM nazoratida bo’lmagan dasturlar juda ko’pdir. IBM xavfsizligini BlackBerry ta’minlaydi va o’zining 40 mingga yaqin ishchilariga 400000, 80000.dan ortiq xodimlariga uz shaxsiy smartfonlari eki planshetlaridan IBM tarmoklariga ulanishga, ShKdan foydalanishga ruxsat beradilar
Xodimlar o’zlarini shahsiy qurilmalarida xavfsizlik xatarini o’ylamasdan, “xushbaxt g’aflat” bilan mashhur ilovalardan foydalanar edilar, bu ilova va dasturlar qandayligini tushunish qiyin bo’lib, IBM axborot texnologiyalari bo’limi buni yo’lini topdi. Bunday mashhur bulutli Dropbox kabi cyberlocker tayanchli xizmatlariga xodimlar IBMsensitive axborotiinio’zlarining hususiy Dropbox schetlarini qo’yishlarini, ichki elektron pochtaning xukumat veb-pochta xizmatini yoki o’z smartfonlaring mobil nuqtalariniWi-Fi ga kirish sifatida foydalanishidan havotirlanib, IBM bunday xizmatlarni taqiqladi. Xalqaro ma’lumotlar kompaniyasi (XMK) ishlanishlari, kompaniyaning 20 foiz xodimlari korporativ ma’lumotlarni hususiy bulutli xizmat tizimida saqlashda foydalanishlarini bo’yniga olishini ko’rsatdi, bu esa juda jiddiy muammodir.
Xodimning qurilmasi himoya bilan ta’minlanmagan bo’lsa, IBM uni shahsiy qurilmasidan, o’zining korporativ tarmog’iga kirishga ruxsat bermaydi. IT-bo’lim ham ICloud ot Apple kabi davlat fayllarni uzatish dasturini o’chiradi, buning o’rniga xodimlar IBM ijozat beradigan MyMobileHub nomli versiyasidan foydalanadilar. IBM xattoki, xodimlarning ayfonda hususiy yordamchi tomonidan faollashgan ovozi Siri ni ham o’chiradi, chunki aytilgan Apple serveriga yuklanadi.
Har bir xodimning qurilmasi, undan foydalanadigan shahsning modeli va vazifasiga qarab turlicha talqin qilinadi. Ba’zi bir kishilar faqat IBM dan elektron pochta, kalendar, va o’zlarining portativ qurilmalariga aloqa uchun ijozat oladilar, boshqalar esa faqat ichki ilova va fayllargakira oladilar (8-bobga qarang)
IBM xodimlarning oxirgi toifadagi mobil qurilmalarini qo’shimcha dasturiy ta’minot bilan jihozlaydi, bu dasturlar korporativ tarmoqda u qanday sayohat qilayotganini xaqidagi axborotni shifrlaydi.
BYOD ni muvaffaqiyatli tadbiq etgan kompaniyalardan biriIntel yarimo’tkazkichlarni ishlab chiqaruvchi (gigant) juda yirik korporatsiyadir. 39000rasmiylashtirilgan qurilmaning 70 foizga yaqin o’z tarmoqlarida hususiy qurilmalardir. Intel b qolgan ijobiy kalitda BYOD ga yaqinlashib qoldi, endi esa, engish uchun emas, ishlashga majbur qilish usulini topishga xarakat qiladi. Dayn Brayt yo Intel, axborot texnologiyalar direktori bir mobil qurilmasi yoki bir ta’minotchiga tobe bo’lishni hohlamaydi.
Intel, kelishuv darajasi haqida xizmat ko’rsatish oxirgi nuqta iste’molchisi uchun BYOD strategiyasini ishlab chiqardi va yaratishdi, oxirgi nuqta iste’molchilari Intel mandati bilan emas balki, BYOD bilan o’z hohishlari bilan foydalanishlarini tushintirishdi.Kompaniya, har bir smartfon qurilmalari tipiga, planshet yoki laptop bir necha boshqaruv darajasi bilan birga turli siyosat, qonun qoidalar va kirishni chegaralashni ishlab chiqardi. Intel ma’qullangan qurilmalarni qo’lab quvvatlaydi .Agar qurilma uni talabiga javob bermasa, u tarmoqdan to’sib qo’yiladi. BYOD dasturida bugun Intel 40ta firmaga oid ilovalarni taklif qilmoqda, jumladan uchish, konferentsiya zalini qidirish kabi ishlarni rejalashtirish uchun yo’l instrumentlarini ham. Kompaniya o’zining ichki "App Store" ega va turli dastur va instrumentlar xavfsizligidan foydalanadi, jumladan dasturiy ta’minotning mobil qurilmalarini boshqarish (MDM) va dasturiy ta’minotni boshqarishning mobil ilovalari (MAM).
Intel kompaniyasining maqsadi BYOD uchun pulni tejash emas, balki xodimlarni baxtiyor va ishlarini unumdor qilishdir. Xodimlar, Intel ning mahsus ilovalari bilan bir qatorda o’zlarini shahsiy qurilmalari va ilovalaridan foydalanish imkoniyatini istaydilar.Intel da ishlaydigan xodimlar agar o’z shahsiy qurilmalari va ilovalaridan foydalanishsa, natijada bir kunda 57 daqiqani tejaydilar, bu esa bir yilda kompaniya miqyosida 5 million daqiqani tashkil etadi.
Canadian Tire kompaniyasi BYOD barchaga cheklab, yangiBlackBarry Q10 va Z10 smartfonlarni 3.000 xodimga berdi. ( Canadian Tire Kanadaning eng yirik kompaniyalaridan biridir, unda elektron tijorat internet-magazini va 1200 chakana savdo nuqtasi, avtomobil savdosi, sport, dam olish, ro’zg’or mahsulotlari, kiyim bosh, neft savdo nuqtalari va moliyaviy xizmat kabilar mavjud). Kompaniya o’z maqsadi uchun bringyour shahsiy qurilma modeli uncha ishonchlik emas degan qarorga keldi. v (CTO) texnik direktori (STO) Evgeniy Roman elektron pochta orqali kompaniyaning bazaviy infrastrukturasiga virus yuborilishi mumkin degan tashvishda. Xozirgi vaqtda Canadian Tire boshqarmasini BYOD qiziqtirib qo’ygan,lekin company'smainstream biznes–ilovaga tayyor emas.
Mobil qurilmalarini kengaytirish uchun, kompaniya o’zining biznes –jarayonlarinisinchiklab o’rganishi kerak va mobillashtirish masalasi ularga to’g’ri keladimi yoki yo’q, shularni aniqlashtirib olishi kerak.hamma firmalar ham mobillashtirishda bir hil darajaga erishmaydilar. Mobil qurilmalar firmaning uzoq yillarga mo’ljallangan rejasiga qanday mos kelishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lmasa, kompaniya pirovarda mablag’ini kerak bo’lmagan qurilma va dasturlarga sarflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |