O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi



Download 0,96 Mb.
bet49/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi Yangi davr (XVI-XVII asrlar) falsafasida materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Bazan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ).
YAngi davrning mexanistik materializmida materiya tarifi zamirida «material» tushunchasi emas, balki barcha moddiy narsalar uchun umumiy bo‘lgan asosiy va o‘zgarmas xossalar tushunchasi yotadi. Bu davr faylasuflari antik davrda amal qilgan metodologik qoidani yangi bosqichga ko‘tardilar. Ular materiyaga birinchi modda sifatida emas, balki birinchi belgi sifatida yondashdilar. Qadimgi faylasuflardan farqli o‘laroq, ular suv, olov yoki havoni butun borliqning birinchi asosi va birinchi sababi deb elon qilganlari yo‘q. Barcha fanlar tajriba asosida rivojlangan ushbu davrda hamma narsa zamirida ayrim mexanik xossalar: ko‘lamga egalik, o‘zidan hech narsani o‘tkazmaslik, og‘irlik, shakldorlik yotadi, degan qarash shakllandi.
Materiyani tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr oxirigacha dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‘lmagan. Buning negizida materializmning shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u fizikaning nazariy malumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy izlanishlarning dunyoqarashga doir metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Xullas, materiyaning antik va mexanistik talqiniga xos bo‘lgan bir qancha umumiy jihatlarni qayd etish mumkin. Birinchidan – materiya birinchi modda yoki birinchi belgini topish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan – materiyani aniqlash zamirida obektivlik mezoni, yani bizdan tashqarida va bizga bog‘liq bo‘lmagan holdagi mavjudlik qobiliyati yotadi.
Uchinchidan – materiya o‘zgarmas bo‘lib, o‘z navbatida, o‘zgaruvchi sifatidagi ayrim narsalarga qarshilik ko‘rsatadi. To‘rtinchidan – «materiya» tushunchasini tariflashda yakkalik va xususiylik haqidagi metodologik qoidaga amal qilinadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish